NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
638 subscribers
10.6K photos
331 videos
6 files
1.68K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Xalqaro_olimpiada
#Fotoreportaj

🎉 20-XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASI ISHTIROKCHILARI KUTIB OLINDI

📆 Shu yilning 7-13-yanvar kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida tashkil etilgan 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida 2 ta oltin, 3 kumush va 9 ta bronza medali qo‘lga kiritildi!

⚡️Mazkur 14 ta medalning 8 tasiga (1 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza) Agentlik tizimidagi maktab o‘quvchilari ega chiqishdi.

Ushbu olimpiadada Informatikadan ilk marta qo‘lga kiritilgan oltin medal sohibi ham Agentligimiz tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o‘quvchisi Asilbek Sunnatov bo‘ldi.

📝Gʻoliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon
#Xalqaro_Olimpiada
#Matematika
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8.01-aniq sinf o'quvchisi Abdullayev Shuhratjon maktab o'quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan "IMAS-2023-2024" Xalqaro Matematika Olimpiadasining mintaqaviy bosqichida ishtirok etib, g'oliblikni qo‘lga kiritdi.

Endilikda Shuhratjon ushbu xalqaro olimpiadaning yakuniy bosqichiga ustozi Sherzodbek G‘aniyey nazorati ostida tayyorlanmoqda.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egasiga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Muvaffaqiyat
#Xalqaro_olimpiada
#Kosonsoy_TIM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 6.01-sinf o‘quvchisi Musayibxonov Muhammadayubxon Ahmadxon o‘g‘li IMAS Xalqaro matematika olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Muhammadayubxon va uning ustozi musobaqa tashkilotchilari tomonidan rag'batlantiruvchi mukofotlar bilan taqdirlandi.

Ustozi: Suhrob Rustamov

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egalariga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Xalqaro_olimpiada

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi To'raqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 6.01-sinf o‘quvchisi Qodiraliyev Begzodbek Rahmatali o'g'li IMAS Xalqaro matematika olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Ushbu olimpiadada ishtirok etishi hamda matematik bilimlarini oshirishda katta hissa qo'shgan ustozi Odiljon Abdusattaovga maktab jamoasi tomonidan minnatdorchilik bildiriladi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz👇

| Telegram | Facebook | YouTube
#Mingbuloq_IM
#Xalqaro_olimpiada

🌐Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalar agentligi tizimidagi Mingbuloq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o’quvchisi xalqaro olimpiada g’olibi bo’ldi.

🌐 11/01-sinf bitiruvchisi Turg’unov Azizbek xalqaro HIPPO olimpiadasining respublika bosqichida g’olib bo’ldi.

🌐 Hippo olimpiadasining keyingi bosqichi 27-28- iyun kunlari Turkiya davlatida bo’lib o’tadi va O’zbekiston nomidan Turg’unov Azizbek ishtirok etadi.

🌐 Donishmandlar bejizga “Til bilgan el biladi” demaganlar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegramm | Facebook
Forwarded from Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi (Jahongir Ergashev)
#Eʼtirof
#Xalqaro_olimpiada_saralash
🏢Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 11-01A o'quvchisi Qambaraliyev Sardorbek Assalomu alaykum, Gʻulamov Ilyosxon ustozni o‘quvchilari Qambaraliyev Sardorbek Xalqaro olimpiadaning saralash bosqichida g‘olib bo‘ldi, Namangandan faqat Sardorbek g‘olib bo‘lgan. Barcha viloyatlardan 25 nafar o‘quvchi keyingi bosqichga o‘tgan. O‘quvchimizga mart oyida bo‘ladigan keyingi bosqichda ham omad tilaymiz. Ilyosbek Gulamov ustoziga ham chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Shunday bilimdon o‘quvchilar va mehnatkash ustozlar safi ko‘payaversin!

♻️♻️♻️
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇👇
|Telegram|Facebook|YouTube|