NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
638 subscribers
10.6K photos
331 videos
6 files
1.68K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

Toʻraqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bir guruh oʻquvchilari 9-may - "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan targʻibotchi R.Voxidova rahbarligida tuman markazidagi "Xotira" maydoniga tashrif buyurishdi va Motamsaro ona haykali poyiga guldastalar qoʻyishdi.Ular Toʻraqoʻrgʻon tumanidan 2- jahon urushida ishtirok etgan, qahramonlarcha halok boʻlgan va bedarak yoʻqolgan hamyurtlarimiz haqida maʼlumotga ega boʻldilar.Oʻquvchilarimiz tinchlikning qadriga yetish kerakligini anglagan holda katta taassurotlar bilan qaytdilar.

🔎To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan  maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

Telegram | Facebook | YouTube
#ochiq_dars
#9_may_xotira_va_qadrlash_kuni

To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 9-01-A sinf rahbari X.Nazarova tomonidan 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan "Jasorat-millat g‘ururi va iftixori" mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

Ochiq darsda ichki ishlar idoralarida uzoq yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan S.Yo‘ldashaliyevlar ishtirok etdi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz👇

| Telegram | Facebook | YouTube
#9_May_Xotira_va_qadrlash_kuni
#_ Inson aziz- xotira muqaddas

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi  Yangi Namangan tuman  ixtisoslashtirilgan maktabida xotira turniri bo'lib o'tdi.

🎖9 may  Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan " Inson aziz, xotira muqaddas" shiori ostida o'quvchilar o'rtasida sportning SHAXMAT va MINI-FUTBO'L  turi bo'yicha "Xotira turniri" musobaqasi bo'lib o'tdi.

Shaxmat sportida barcha o'quvchilar ishtirok etishdi.

Futbo'l  musobaqasi esa 2 bosqichda bo'lib o'tdi ya'ni 5-6-7 sinflar va 8-9-10 lar o'rtasida o'tkazildi.

O'yin shiddatli va jangovor ruhda o'tdi hamda g'oliblar maxsus sovrin ya'ni 🏆🏆kuboglar bilan taqdirlandi.

Shaxmat bo'yicha 1-2-3 o'rinlar uchun g'oliblar 🥇🥈🥉 medallar bilan taqdirlandi.

Xotira turniri ko'tarinki ruhda o'tkazildi.

Bizni kuzatib boring ⬇️⬇️⬇️
@YangiNamanganTIM
#9_May_Xotira_va_qadrlash_kuni
#_Inson_aziz_xotira_muqaddas

“Nomingiz dillarda mangu yashaydi”

Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashishga xissa qo‘shgan, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xarbiy xizmatchilar va huquqni muxofaza qilish organlari xodimlarining xotirasini abadiylashtirish, barcha faxriylarga hurmat ko‘rsatish, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida mexr-oqibat, hamjixatlik, insoniylik, bag‘rikenglik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy anʼanalarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruxida kamol toptirish maqsadida Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9 may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.

Suhbat davomida Ikkinchi jahon urushida O‘zbekistonning g‘alabaga qo’shgan hissasi, General Sobir Rahimov va rishtonlik Mamadali Topvoldiyev faoliyati hamda “Sen yetim emassan” o‘zbek filmi namoyish etildi.

Shuningdek, “Xotira”, “Qadr” degan tushunchalar azal-azaldan el-yurtimizning tafakkuri, maʼnaviy hayotimizning ajralmas qismi bo‘lib ketganligini, o‘zini, o‘z el-yurtini o‘tmishini, tarixini eslamaydigan, bilmaydigan, xotirlamaydigan insonni tasavvur qilish qiyin ekanligini taʼkidlanib, o‘quvchi yoshlar ongiga ajdodlar ruhiga hurmat va ehtirom tuyg‘usi bilan yashashlari haqida tushunchalar berib o‘tildi.

🔖 @YangiNamanganTIM
Forwarded from Hilola Umarova
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

Hurmatli vatandoshlar,
Qadrli pedagoglar!

Shonli tariximiz zarvaraqlariga nazar tashlar ekanmiz, bugungi tinch va faravon hayotimiz uchun necha o‘n yillar oldin zahmat chekkan ota-bobolarimizning buyuk xizmatlari yodimizga keladi.

Millat ravnaqi hamda o‘zbek yoshlarining bilimli va ma’rifatli bo‘lib kamol topishi yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan jadid hamyurtlarimizning buyuk jasorati, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan bobolarimizning mardlik va fidoyiligi bugungi yoshlar uchun katta o‘rnak bo‘lishi tabiiy. O‘tmishimizning bu lavhalari buyuk tariximizning ajralmas bir bo‘lagi, desam ayni haqiqat bo‘ladi.

Xotira — aziz, qadr — muqaddas. Bugungi xotirjam hayotimiz va Jonajon O‘zbekistonimizning nurli kelajagi, ertangi istiqboli uchun o‘z vaqtida umrini baxshida etgan minglab vatandoshlarimiz xotirasi biz uchun doimo aziz va muqaddasdir!

Hilola Umarova,
Maktabgacha
va maktab ta’limi vaziri