NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
638 subscribers
10.6K photos
331 videos
6 files
1.68K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Mahorat_darsi
#Ma'naviyat_oyligi
#Navoiyga_ta'zim

⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida fevral oyi " Ma'naviyat oyligi" deb e'lon qilinib, " Bir asrning ikki dahosi" shiori ostida bir qator tanlovlar va mahorat darslari e'lon qiindi.

💥 Shu munosabat bilan bugun 6.02 kuni maktabning 6-aniq sinfida ingliz tili o‘qituvchisi Shahlo Salomova tomonidan " Alisher Navoi is a master of Uzbek language; Culture (speaking)" mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi.

💥 Darsda o‘quvchilar Alisher Navoiy hayoti va ijodi to‘g‘risida inglizcha ma'lumotlar beriishdi. Gʻazal mulkining sultonining ruboiy va g‘azallarini o‘zbek-ingliz tilida ravon yod aytishdi.

🇬🇧 Ustoz tomonidan berilgan Navoiy ijodi bilan bog‘liq savollarga o‘quvchilar guruhlarda javob berishdi.

Darsda ota-onalar vakillari ham ishtirok etishdi.

💥 Darsda asosiy eʼtibor ogʻzaki nutqni rivojlantirishga (speaking) qaratildi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
Forwarded from ITMA Mingbuloq ixtisoslashtirilgan maktabi (Shahlo Xo‘jaliyevna)
#Mingbuloq_IM
#Ma'naviyat_marafoni

🌱🌱🌱🌱
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida
"Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!" shiori ostida "Ma’naviyat marafoni"o‘tkazildi.

🌱🌱🌱🌱
Ushbu marafonda sport o'yinlari, kitobxonlik musobaqalari, ijodiy insholar tanlovi, Zakovat o'yinlari, rassomlik turnerlari keng miqyosda tashkil etildi.

🌱🌱🌱🌱
"Ma'naviyat marafoni" zamirida Vatanga muhabbat, uning barcha moddiy va ma'naviy boyliklaridan faxrlanish, yurt ravnaqi uchun daxldorlik, millat yuksalishiga hissasini qo'shish kabi yuksak tuyg'ular yotadi.

🌱🌱🌱🌱
Marafonda maktabimizdagi 200dan ziyod iqtidorli o'quvchilar ishtirok etishdi.
#Ma‘naviy_tadbir
#Amir_Temur_688
#Buyuk_Temur_avlodlarimiz
#Kosonsoy_TIM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida buyuk davlat arbobi, mahoratli sarkarda,  Sohibqiron Amir Temur tavalludining  688 yilligi munosabati bilan " Biz kim mulki Turon amiri Turkistonmiz! " mavzusida ma'naviy- ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir tarix fani o‘qituvchisi Shermatov G‘ofirjonning " Amir Temur va dunyo! " mavzusidagi ma'ruzasi bilan boshlandi. Shundan so‘ng o‘quvchilar o‘rtasida viktorinalar o‘tkazilib, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Tadbir so'nggida Amir Temur tavalludi haftaligida ijodiy ishlar va videoroliklar tanlovlari, shuningdek "Zakovat" intellektual musobaqasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bir guruh faol oʻquvchilar maktab ma'muriyati tomonidan taqdirlandi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu tadbirni tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatgan tarbiya fani o'qituvchisi Sayyora Po‘latovaga minnatdorchilik bildiradi.
#Konstitutsiya_kelajagim_mashʼali
#ma'naviyat_maʼrifat_soati

🏢 Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida  "8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun" ning 32 yilligi munosabati bilan
ma'naviyat -maʼrifat soatlari tashkil etildi.
📖 Sinf rahbarlar tomonidan tashkil etilgan mazkur 
ma'naviyat soatlari
"Konstitutsiya-kelajagim mashʼali" shiori ostida oʻtkazildi. Ochiq darslar davomida oʻquvchilar Konstitutsiyamiz yaratilish tarixi, undagi oʻzgarishlar, shuningdek yangi tahrirdagi konstitutsiyadan moddalardan aytishdi.