NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
639 subscribers
10.5K photos
329 videos
6 files
1.67K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Seminar_trening
#Ixtisoslashtirilgan_maktab
#Kosonsoy

🔴 Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchilari uchun "Darsda oʻquvchilarni baholashning zamonaviy metodik usullari" va "Yaponiya anʼanaviy taʼlim tizimining ilgʻor tajribasini Oʻzbekiston maktablariga tadbiq qilish " mavzusida seminar-trening mashgʻuloti bo'lib o'tdi.

❗️Trening mashgʻuloti maktabning oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Sherzodbek Ismoilov tomonidan olib borildi.

Seminar-treningda oʻqituvchilar taʼlim sifatini oshirish bilan bogʻliq savollariga javob olishdi.


📍Seminar-trening uzaytirilgan qishki taʼtil kunlarida Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻqituvchilari uchun moʻljallangan boʻlib, bunda ustozlarning metodik malakalarini yanada oshirishga qaratilgan tavsiyalar individual tarzda berildi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#liderlar_haftaligi
#seminar_trening
#munosabat
⚡️Xabaringiz bor, joriy yilning 28-29 yanvar kunlari Toshkent shahridagi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi rahbar xodimlar uchun tashkil qilingan "Liderlar haftaligi" seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

"Ushbu seminar-treningda Namangan viloyatidan ham hodim va rahbarlar ishtirok etdik.

👩‍💼Vazirimiz Umarova Hilola O‘ktamovnaning: "Sizlar mening elchilarimsiz", - degan so'zlari bizni yanada ko'proq ishlashimizga motivatsiya berdi.

♻️Biz bildirilgan ishonchni oqlashga albatta harakat qilamiz.

♻️Fursatdan foydalanib, treningni tashkil qilgan vazirimiz Hilola Umarova, Nargiza Kuchkarova, Sohiba Kazakova va boshqa trenirlarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz."
#Liderlar_haftaligi
#Seminar_trening

"LIDERLAR HAFTALIGI"DA 10104 NAFAR MAKTAB DIREKTORI ISHTIROK ETISHMOQDA

🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Zamonaviy maktab liderlar nigohida” mavzusida seminar-treninglari bo'lib o'tmoqda.

Bundan ko‘zlangan maqsad Agentlik tizimidagi maktablar direktorlari tajribasini umumta'lim maktablari rahbar kadrlari bilan bo‘lishishdir.

📍Treninglar butun Respublika bo‘ylab bo'lib o'tmoqda va yurtimizning barcha hududlaridan 10104 nafar maktab direktorlari ishtirok etishmoqda.
_________
📷Fotolavhalarda Qoraqalpog'iston, Farg'ona, Buxoro, Namangan va Navoiy viloyatlaridagi jarayonlar aks etgan.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Jarayon
#Seminar_trening

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Ixtisoslashtirilgan maktablarda ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish" mavzusida seminar trening tashkil etildi.

♻️ Unda viloyatdagi ixtisoslashtirilgan maktablarning ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari ishtirok etdilar.

❇️ Do'stona ruhda qiziqarli lahzalarga boy bo'lgan bu jarayonda fikr-mulohazalar almashildi.

✳️ Seminar treningda faol ishtirok etgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari kelgusidagi ishlarni hamkorlikda amalga oshirishga kelishib oldilar.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
https://t.iss.one/uchqorgon_im
@uchqorgon_imbot
#Jarayon
#Seminar_trening
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida faoliyat yuritayotgan sinf rahbarlari uchun seminar-trening mashgʻuloti bo'lib o'tdi. Mashgʻulotni maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Bahromjon Hasanov va 6-sinf rahbari Gʻofirjon Shermatov olib bordi.

Seminar -treningda oʻqituvchilar sinf rahbarlik faoliyati bilan bogʻliq meʼyoriy hujjatlar va sinf rahbarlik ishini muvaffaqiyatli amalga oshirishga doir eng soʻnggi maʼlumotlar bilan ishladilar.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Seminar_trening
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️ Agentligimiz tizimidagi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining maktab maslahatchilari uchun "Ixtisoslashtirilgan maktab maslahatchisi faoliyatini tashkil qilish va u tomonidan yuritiluvchi hujjatlar" mavzusida amaliy seminar-trening o'tkazildi.

▶️Seminar-trening mobaynida maslahatchilar faoliyat bo'yicha o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob topishdi.

🎯Mazkur treninglardan ko‘zlangan maqsad:
🔹ilgor tajribalar bilan bolishish,
🔹amaliyotlarni tashkil qilish tartibini tushuntirish,
🔹maslahatchi tomonidan yuritiluvchi hujjatlar va ularni yuritish haqida ma'lumot berishdan iborat.
#Ixtisoslashtirilgan_maktab
#seminar_trening

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan Agentligimiz tizimidagi barcha Ixtisoslashtirilgan maktablarning direktor va direktor o‘rinbosarlari uchun "Zamonaviy maktab liderining instrumenti" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Tajribali mutaxassislar tomonidan tanqidiy-tahliliy tarzda olib borilgan mazkur seminar ishtirokchilarga kelgusi o'quv yilida maktablarning rejalarini yangicha yondashuvlar bilan ishlab chiqishlarida asosiy omil sifatida xizmat qilishi shubhasiz.

🔷 Shu bilan birga, seminarda maktab direktorlari uch chorak davomida birinchi marta qo'llanilgan BSB va ChSB sinovlarining tahlilini ham birgalikda o'rgandilar va yangi o'quv yilida yangi strategik rejalarni amalga oshirishni asosiy vazifa qilib belgilab oldilar.

📸 Suratlarda joylarda bo'lib o'tgan seminar-trening jarayonlari.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Deleted Account
#Seminar_trening
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligimiz tizimidagi Yangiqo'rg'on  ixtisoslashtirilgan maktabida Namangan viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining maktab maslahatchilari uchun "Maslahatchilar ishini samaradorligini oshirish" mavzusida amaliy seminar-trening o'tkazildi.

▶️Seminar-trening mobaynida maslahatchilar  faoliyat bo'yicha o'zaro fikr almashdilar va qiziqtirgan barcha savollarga javob topdilar.

🎯Mazkur treningda har bir maslahatchi o'z mavzusi bilan ishtirok etdi va mavzu doirasida faoliyatda uchrashi mumkin bo'lgan barcha savollarga javob berishdi.
📚Trening jarayonida quyidagi mavzular o'rganib, birgalikda diskussiya qilindi:
🔹1.Maslahatchi tomonidan yuritiluvchi hujjatlar va yig'ma jildlar  
🔹2.Common App dasturidan foydalanish.
🔹3.School councellor lavozimi tarixi    
🔹4.Top 300 talikka kiruvchi xorijiy oliy ta'lim muassasalari haqida.
🔹5.Xozirgi kunda va kelajakda jamiyatda ehtiyoj baland kasblar.
#Hamkorlik
#seminar_trening
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi To'raqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va psixologik xizmatni samarali tashkil etish" mavzusida viloyat seminari tashkil etildi.

❇️ Unga viloyatimizdagi ixtisoslashtirilgan maktablarning ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, psixologlari hamda To'raqo'rg'on tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi mudiri A.Abdullayev, ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari sho'ba rahbari A.Nurmuhammadovlar tashrif buyurdilar.

✳️ Mehmonlar maktab faoliyati bilan tanishdilar. Trening mashg'ulotlarining ishtirokchisiga aylandilar.

♻️ O'quvchilar tomonidan namoyish etilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir seminar ishtirokchilarida katta qiziqish uyg'otdi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz👇

| Telegram | Facebook | YouTube
#direktorlar_kengashi
#seminar_trening

🗺Namangan viloyati “Direktorlar kengashi” tomonidan To'raqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Zamonaviy ta'lim - direktorlar nigohida" mavzusida seminar-trening o’tkazildi.

Zamonaviy lider kadrlarni shakllantirish va ular orqali ta’limda samarali boshqaruv tizimini joriy qilish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda To'raqo'rg'on tumanidagi umumta’lim maktablarining direktorlari, ma’naviy-ma’rifiy hamda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Seminar-trening avvalida Kengash raisi, Namangan shahridagi Prezident maktabi direktori Sh.Aziboyev ushbu tadbirning maqsadi va ahamiyati xususida so‘z yuritib, ushbu trening mashg'ulotlaridan asosiy maqsad, ta’lim va tarbiya sifatini yanada oshirish, jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, shuningdek, formativ va summativ baholash jarayonlarini tatbiq etish, liderlik qobiliyatlarini shakllantirishdan iborat.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz👇

| Telegram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening

🏢 Norin tuman Ixtisoslashtirilgan maktabida  Norin tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi bilan hamkorlikda joriy yilning umumta'lim maktablarining direktor o‘rinbosarlari,  matematika fani va boshlangich sinf o'qituvchilari uchun "Yangi baholash tizimini samarali yo'lga qo'yishda ustuvor yondashuv" mavzusida o‘quv amaliy seminar bolib o'tdi.

Seminar davomida ishtirokchilar maktab hayoti, o'quv jarayonining tashkil etilishi, dars jarayonlari bilan tanishdi.

📊So'ng ular yangi baholash tizimini samarali yo'lga qo'yish to'g'risidagi trening mashg'ulotida qatnashdilar.
Dastlab Ixtisoslashtirilgan maktabi direktori J.Nurmuxamadov ta'lim tizimidagi islohotlar va ulardan ko'zlangan maqsad haqida yig'ilganlarga ma'lumot berdi. So'ng mavzuga oid taqdimot, bitiruvchilar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

🎫 Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
MATBUOT XIZMATI, 2024.
Facebook|Telegram|You Tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Norin_IM
#seminar_trening

NORIN TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Yangi baholash tizimini samarali yo'lga qo'yishda ustuvor yondashuv" mavzusida oʻquv amaliy seminar trening oʻtkazildi.


⚡️Seminar treningdan asosiy maqsad, ta'lim va tarbiya sifatini yanada oshirish, jamoada sog'lom muhitni shakllantirish,  maktablarda yangi baholash tizimini tadbiq etishdan iborat.

🎫 Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
MATBUOT XIZMATI, 2024.
Facebook|Telegram|You Tube
#Seminar_trening
#Yangi_baholash_tizimi
#Hamkorlik

6-may kuni Uchqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tumandagi 1-va 8-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchilari uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

📌 Unda Uchqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quv ishlari bo'yicha direktor oʻrinbosari B. Urinboyev va maktab maslahatchisi J.Razzaqovlar o'z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.

☑️Seminarda yangi baholash tizimining mohiyati, afzalliklari, BSB va ChSB nazoratlarining o‘tkazilish tartibi to‘g‘risida tushunchalar berildi.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@uchqorgon_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
#Seminar_trening
#Yangi_baholash_tizimi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Mezonlarga asoslangan baholash tizimi" mavzusida seminar-trening mashg'uloti bo‘lib o‘tdi.

Seminar-treningda Kosonsoy tumanidagi 15,18,28,47,48-umumiy o‘rta ta’lim maktablarining direktorlari, o‘quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari hamda fan uslubiy birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi.

Seminar-treningda so‘z olgan Kosonsoy tuman hokimi o'rinbosari Alisher Sheraliyev mamlakatimiz ta‘lim tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, uning samarasi , ta‘lim tizimini muvaffaqiyatli isloh qilish davlat siyosati darajasida ekanligini ta'kidladi.

Seminar-treningda Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining o'quv ishlari bo'yicha direktor oʻrinbosari Sherzodbek Ismoilov yangi baholash tizimining afzalliklari, uni amalga oshirish bosqichlari haqida ma‘lumot berdi.

Seminarda ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
#seminar_trening
#yangicha_baholash_tizimi

NORIN TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

⚡️Joriy yilning 21-sentabr kuni Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabida «Me'zonlarga asoslangan baholash tizimi» mavzusida seminar-trening mashg'uloti o'tkazildi. 
⚡️Seminar-treningda tumandagi 16, 25, 34, 40, 42, 44-sonli umumiy oʼrta ta'lim maktablarining o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari hamda fan uslubiy birlashma rahbarlari ishtirok etdi. 
⚡️Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktori Nurmuxamadov Javlonbek Normaxamat o'g'li mamlakatimiz ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, uning samarasi, ta'lim tizimini muvaffaqiyatli isloh qilish davlat siyosati darajasida ekanligini ta'kidladi.  Ixtisoslashtirilgan maktabi direktor o'rinbosari D.Rasulova yangi baholash tizimining afzalliklari,  uni amalga oshirish bosqichlari haqida ma'lumot berdi.

🎫 Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
MATBUOT XIZMATI, 2024.
Facebook|Telegram|You Tube
#Seminar_trening
#Yangi_baholash_tizimi

        Uchqo'rg'on tumanida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 248-sonli buyrug'iga asosan "Yangi baholash tizimi"bo'yicha seminar-trening mashg'uloti bo‘lib o‘tdi.

        Seminar-treningda Uchqo'rg'on tumanidagi 1,2,8,28,38,43 - umumiy o‘rta ta’lim maktablarining direktorlari, o‘quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari hamda fan uslubiy birlashmalari rahbarlari , faol va tajribali fan o‘qituvchilarini hamda tuman bo‘limidan   biriktirilgan
ma’sul xodimlar ishtirok  etdilar.

         Seminar-treningda Uchqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi  direktori D.Mirzayeva, fizika fani o'qituvchisi B.Axmadjanov va informatika  fani o'qituvchi R.Abdullayev,8-maktab direktori M.Raxmatullayevalar yangi baholash tizimining afzalliklari, uni amalga oshirish bosqichlari haqida ma‘lumot berdi.

         Seminarda ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
#Mingbuloq_IM
#Seminar_trening
Mingbuloq tuman ixisoslashtirilgan maktabi yangi baholash tizimiga o'tayotgan maktablar uchun biriktirilgan trenerlar sifatli ta'limni ta'minlashda ijobiy natijalarga erishayotgan umumiy o'rta ta'lim maktablari rahbariyati hamda o'qituvchilariga ustama berish tartibi to'g'risidagi nizom bo'yicha asosiy tushunchalar yuzasidan o'quv-seminarlarini 2,6,7,15,16,17-maktablarda tashkil etishdi.

O'quv-seminarda yuqoridagi maktablarning metodik birlashma rahbarlari va direktor o'rinbosarlari qatnashishdi, yangi baholash tizimi, ChSB va BSB olishning onlayn va offlayn ko'rinishlari, yuritiladigan hujjatlarning holati, qaysi nizom yoki mezonlar asosida ishlansa yuqori darajadagi ustama uchun asos bo'lishini mukammal tarzda ko'rgazmaviy holatda tushuntirildi. Seminar ishtirokchilari yuqoridagilar yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇
💫💫💫💫💫💫💫💫💫💫💫💫💫

https://t.iss.one/Mingbuloq_IMA
https://facebook.com/groups/1164168227868961/
#Mingbuloq_IM
#Seminar_trening

📣Mingbuloq ixtisoslashtirilgan maktabida 1-noyabr kuni "Innovate and elevate" deb nomlangan viloyat seminari bo'lib o'tdi. Seminarga viloyatimizdagi barcha ixtisoslashtirilgan maktablardan maslahatchilar va ingliz tili o'qituvchilari taklif etildilar.

👩‍🏫Seminarda maktab maslahatchisi B.Ahmadaliyeva, yetakchi o'qituvchilardan F.Jo'rayeva, Sh.Oshiqova va S.Kuchkarovalar o'z taqdimotlari bilan mehmonlarga qiziqarli bo'lgan ma'lumotlar berishdi va mahorat darslari tashkillashdi.

💫 Seminar so'ngida fikr-mulohazalar bilan o'rtoqlashildi, feedbacklar tinglandi, bunday tajriba almashinuv seminarlarini ko'plab o'tkazishga kelishib olindi.

⚡️Barcha mehmonlarimizga tashriflari uchun tashakkur aytamiz!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting😊👇👇
https://t.iss.one/Mingbuloq_IMA
https://facebook.com/groups/1164168227868961/