NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
638 subscribers
10.6K photos
331 videos
6 files
1.68K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Muvaffaqiyat
#Kosonsoy_IM

▫️Bugun Kosonsoy tumanida «Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!» bosh g‘oya asosida shiori ostida milliy an’analarimiz, Navro‘z bayrami qadriyatlarimizni aks ettiruvchi sayl o‘tkazildi.

Saylda Kosonsoy tuman hokimining tashabbusi bilan IT-yo‘nalishiga oid 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida "Startap loyihalar 2024" tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida Namangan viloyati maslahatchisi Baxtiyor Axunbabayev ishtirok etib, Kosonsoy tumanida axborot texnologiyalarini rivojlantirish borasida ilgari surilayotgan tashabbuslar haqida iliq fikrlarni bildirdi .

Startap loyihalar tanlovi g‘oliblari orasida Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari Ahliyor Murodillayev va Firdavs Asqaraliyev ham bor. G‘oliblarga tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

Ma’lumot uchun, tanlov veb dasturlash, mobil dasturlash, animatsiya dizayn, yoshlarga IT ta’lim berish yo‘nalishlarida bo‘lib o‘tdi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Amir_Temur_tavalludi
#Harbiy_vatanparvarlik
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-aprel Amir Temur tavalludining 688 yilligiga bag‘ishlangan harbiy vatanparvarlik tadbiri bo'lib o'tdi.

Harbiy vatanparvarlik tadbiri tumandagi bir qator hamkor tashkilotlar, Milliy gvardiya bo‘limi, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbirda Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi "Vatan tayanchi" harakati a'zolariga ko'krak nishoni va guvohnomalari topshirildi.

Tadbirda o‘quvchilar sport kurashlari, kamon va pnevmatik quroldan foydalanish mashqlarini amalda sinab ko‘rishdi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu tadbirni tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatgan barcha hamkor tashkilotlarga, xususan maktab ChQBT rahbari G‘ulomjon Saidovga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Turnir_jadvali
#Zakovat
#Bahorgi_mavsum
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘tkazilayotgan "Zakovat" intellektual musobaqasi turnir jadvali,3-turdan keyingi holat

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Muvaffaqiyat
#Bizda_shunday_o‘quvchilar_bor
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11.01-sinf o‘quvchisi Usubjonov Sardorbek O‘tkirjon o‘g‘li xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi B2 sertifikatini qoʼlga kiritdi.

Sinf rahbari: Alimardon Abdurahmonov

Maktab jamoasi Sardorbekni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Muvaffaqiyat
#Bizda_shunday_o‘quvchilar_bor
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10.01-sinf o‘quvchisi Mavlonov Abduvohid Farhod o‘g‘li xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi B2  sertifikatini  qoʼlga kiritdi.

Sinf rahbari: Suhrob Rustamov

Maktab jamoasi Abduvohidni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Muvaffaqiyat
#Sertifikat
#Kosonsoy_IM
#Bizda_shunday_o‘qituvchilar_bor

💥 Biz sizlar bilan navbatdagi zahmatkash o‘qituvchimizning porloq natijasi bilan tanishtiramiz.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ingliz tili fani o'qituvchisi Mamajonov Rustamjon Isroil o‘g‘li chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat uchun imtihonda qatnashib quyidagi:

🎧 Listening: 73 ball
📚 Reading: 69 ball
📝 Writing: 64 ball
🗣 Speaking: 64 ball natijalari bilan C1 sertifikatini qo‘lga kiritdi.


O'qituvchimizning yutuqlari kelajakda bardavom bo'lishini tilab qolamiz.

🇺🇿 Natija muborak,  Rustamjon!

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Davra_suxbati
#Kosonsoy_IM


Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida maktabning bitiruvchi sinf oʻquvchilari hamda Namangan Toʻqimachilik Texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida oʻquvchilarga To‘qimachilik Texnologiyalari universiteti haqida toʻliq maʼlumotlar berildi. Suhbat ajoyib tarzda oʻtdi, oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.


Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Ichki_turizm
#Dukortepa_Yodgorligi
#Kosonsoy_IM

Kosonsoy shahri- qadim Farg'ona davlatining shimoliy poytaxtidir

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining "Moziy" to‘garagi o‘quvchilari Kosonsoy tumanida joylashgan qadimiy Dukortepa tarixiy yodgorligiga sayohat uyushtirdilar.

2000 yillik tarixga ega Dukortepa tarixiy-arxeologik yodgorligi ko‘hna tariximizdan so‘zlovchi muhim obyekt hisoblanadi. Ushbu qadimiy qadamjoni oʻz koʻzi bilan koʻrgan oʻquvchilar koʻz oldida shavkatli boy tariximiz gavdalandi, sayohatdan katta taassurot bilan qaytdilar.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#OCHIQ_ESHIKLAR_KUNI
#Kosonsoy_IM

❇️ 2024-yil 18-21-may kunlari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tumandagi 4-6-sinflarni tamomlayotgan oʻquvchilar, ularning ota-onalari hamda ustozlari ishtirokida "Ochiq eshiklar kuni" oʻtkazildi.

Ochiq eshiklar kunida:

2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumot berildi;
Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilindi;
O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtirildi;
Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar) oʻtkazildi;
Maktab hududi bo‘ylab sayohat uyushtirildi.

📚Oʻquvchilarda bunday qulay imkoniyatlarga ega boʻlgan taʼlim muassasasida oʻqish istagi va hohishi ortganligi yuzlarida aks etdi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#OCHIQ_ESHIKLAR_KUNI
#Kosonsoy_IM

❇️ 2024-yil 18-21-may kunlari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tumandagi 4-6-sinflarni tamomlayotgan oʻquvchilar, ularning ota-onalari hamda ustozlari ishtirokida "Ochiq eshiklar kuni" oʻtkazildi.

Ochiq eshiklar kunida:

2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumot berildi;
Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilindi;
O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtirildi;
Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar) oʻtkazildi;
Maktab hududi bo‘ylab sayohat uyushtirildi.

📚Oʻquvchilarda bunday qulay imkoniyatlarga ega boʻlgan taʼlim muassasasida oʻqish istagi va hohishi ortganligi yuzlarida aks etdi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab