NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
638 subscribers
10.6K photos
331 videos
6 files
1.68K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Bizning_shunday_oquvchilarimiz_bor
#Ibrat_maktabi

⚡️Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining o'quvchisi AQSHning nufuzli oliygohida o'qish uchun 88 000 dollar grant yutdi!

Prezident ta'lim muassalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 11-sinf o'quvchisi Shermatov Dostonbek 🇺🇸 AQSHning The University of Arizona universitetining muddatdan oldin talabasi bo'ldi.

🔹 Dostonbekning qo'lga kiritgan grandlari miqdori 88 ming AQSH dollarini tashkil etadi.

📊 Ma'lumot uchun, University of Arizona AQSHning TOP-100 talik va dunyoning TOP-150 talik reytingidan joy olgan. Bundan tashqari 1-oy oldin The University at Buffalo (New York) universitetiga ham qabul qilingan.

🇬🇧 Dostonbek Shermatov, the 11th grade pupil of Iskhakhan Ibrat Creativity school, is accepted to The University Of Arizona winning $88 000 scholarship.

| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook |
#ibrat_maktabi
#maqola

🎓 Is‘hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi ingliz tili fani o‘qituvchisi Negmatova Barnoxonning "Planning project lessons in teaching foreign languages" mavzusidagi maqolasi AQSHning "International journal of pedagogics" xalqaro jurnalida chop etildi.

✍️ Maqolada chet tili o‘qitishda loyiha darslarining o‘rni, ahamiyati va rejalashtirish borasida ma‘lumotlar berilgan.

* * *

🎓 The article of Negmatova Barnokhon, an English language teacher at the Iskhakhan Ibrat Creativity School, was published in the "International journal of pedagogics" of the USA on "Planning project lessons in teaching foreign languages".

✍️ The article provides information on the role, importance and planning of project lessons in foreign language teaching.

——————————
| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook
#Ibrat_maktabi
#Davr_gazetasi
#OAV_biz_haqimizda

✍️ Namangan viloyati, "Davr" nomli To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy gazetasining 2024-yil 10- yanvardagi №1 (4141) - sonida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 10- sinf oʻquvchisi Bahodirova Dinarabonuni 2023-yilning noyabr oyida Koreya Respublikasidagi bo‘lib o‘tgan seminar-treningdan taassurotlari yuzasidan muxbir Nazokat Bahodirova bilan o‘rtoqlashdi.

📖
Suhbat “Izlanuvchan o‘quvchining xorij taassurotlari” rukni ostida o‘tkazildi .

👋 O‘quvchilarimizning kelgusi o‘qishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Faxrimiz

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi Maxmudov Shohjahon SAT imtihonini topshirib, 1400 (super score 1410) ballni qo'lga kiritdi.

📝 Imtihonda o'qish (reading) va yozish (writing) bo'limidan 800 balldan 670, Matematikadan 800 balldan 730 ball yig'ishga erishdi.

📌 Ma'lumot o'rnida, SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash testi hisoblanadi va AQSh va boshqa xorijiy manlakatlarda tan olingan. Baholash 400-1600 ball shkalasida bo’ladi.
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni
#Ibrat_maktabi
#tadbir

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida O’zbekiston Resbublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan ma'naviy va ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

🇺🇿 Tadbir Vatanimiz madhiyasining ijrosi bilan boshlandi.
Maktab CHQBT rahbari 14-yanvar — "Vatan himoyachilari kuni" qanday muhim sanalardan ekanligini o'quvchilarga tushuntirdi.

👨‍🎓👩‍🎓 O'quvchilar esa vatanimiz, armiyamizni madh etuvchi qo'shiq-raqs va she'rlar bilan chiqishlar qilishdi. Qiziqarli sahna ko'rinishlari bilan tadbir ishtirokchilarini xushnid qilishdi.
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Oquvchilar_ijodidan

🇰🇪 Keniya davlatining mashhur bosma nashri hisoblangan "The MT. KENYA TIMES" gazetasining 2024-yil 22-yanvar № 00961- sonida maktabimizning 9-A sinf oʻquvchisi Tursunboyeva Nigoraxonning "Family" nomli maqolasi ingliz tilida nashrdan chiqdi.

📰 The MT. KENYA TIMES-Afrika va dunyoning yagona ko`rinishini ta`minlovchi bosma gazeta hisoblanadi.

👏 Ijodkor o'quvchimizning o'qish va ijodiga yangi marralar tilaymiz!
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_maktabi
#Namangan_MTRK
#Alisher_Navoiy_ijodi

GULDASTA
✍️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi oʻquvchisi Namangan milliy teleradio kanalida ishtirok etdi.

Namangan viloyati milliy teleradio kanalning jonli efirga uzatiladigan "GULDASTA" koʻrsatuvining yangi “Alisher Navoiy” ijodiga bag‘ishlangan bo‘lib o‘tgan sonida ijod maktabimizning 9- sinf oʻquvchisi Shahzoda Abdullayeva qatnashdi.

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_maktabi
#Suhbat

✍️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari 2023yil „Schulen: Partner der Zukunft“ (PASCH) tomonidan o‘tkazilgan tanlovda ishtirok etib 🇩🇪 Germaniyaga sayohat uchun yozgi yoshlar oromgohiga (Jugendkurse in Deutschland) grand yutib olishgan edi.

🗓 Ushbu loyiha asosida Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o'quvchilari turli mavzudagi yozgi kurslarda qatnashib kelishgan edi.

👯‍♂️ Ular o'z taasurotlarini maktab jurnalisti Minavarova Shodiyona bilan suhbat orqali o'z tengdoshlariga ulashishdilar.
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi #madaniyat_maktabi
#Bobobur_541_yilligi #Hamkorlik

"NAZM VA NAVO"

✍️ 14-fevral — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida Namangan viloyati ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi bilan hamkorlikda shoh va shoir, buyuk sarkarda tavalludining 541 yilligi munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

💫 Tadbir davomida shoir hayot yo‘li, ijodiy faoliyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Madaniy-ma'rifiy tadbirda sahna ko‘rinishlari, Bobur g‘azallaridan kuy, qo‘shiq va raqslar ijro etildi.
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Zakovat
#5tashabbus

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida 5 tashabbus doirasida "Zakovat" intellektual o‘yinining qishki mavsum o‘yining navbatdagi turi bo‘lib o‘tdi.

🏆 Intellektual o‘yinda maktab o‘quvchilaridan iborat 10 ta jamoa ishtirok etdilar:

👋 "Zakovat" intellektual o'yinlari mavsumiy hamda navbatdan tashqari tashkiliy o'tkazilishi rejalashtirilgan. Jamoalarga omad tilaymiz!

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ibrat_maktabi #ekologiya #uquvchilar #ijodiy_ish #media

Ekologiyani asrash insoniylik burchimizdir (ijtimoiy so‘rovnoma)!

Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan ijtimoiy so‘rovnoma.

✍️ G'oya muallifi: Farxod Tojibayev;
🎬 Muallif va rejissyor: Shodiyona Minavarova va Botirali Boybobayev;
🎤 Boshlovchi: Shodiyona Minavarova;
🎥 Tasvirchi: Timur Yunusov;
🧑‍💻 Montaj ustasi: Farxod Tojibayev;

▶️ Youtube FullHD »

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Xon_atlas

✍️Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida “Xon atlas” festivalini o‘tkazish an’anaga aylangan.

Ushbu an’anaga ko‘ra joriy yil 8-14-aprel kunlari respublikamizning barcha hududlarida, mahallalarda, vazirlik, idoralar, tashkilotlar va maktablari qatori Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida ham “Xon atlas” haftaligi o‘tkazilmoqda. Festivalda maktabimiz o‘quvchi qizlari, ayol ustozlari hamda tarbiyachi pedagoglar maktabning xotin-qizlar raisi R. Vohidova boshchiligida xon atlas va adras liboslari kiyib milliy liboslarimizni keng yoritilishida o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.

👉🏼Tadbirlarda faol ishtirok eting!
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_maktabi
#Qabul_2024

OILAMIZGA MARHAMAT!
Welcome to our family!


🏢 Manzil joylashishi:
Namangan viloyati, To’raqo’rg’on tumani, Yangiobod MFY, To’raqo’rg’on ko’chasi, 21-uy.

☎️ Call-markaz - 1206

☎️ Telefon raqamlar:
Qabul bo'yicha mas'ul:
+998 (69) 442 22 21
Maktab maslahatchisi:
+998 (93) 913 76 16
Maktab axborot kotibi:
+998 (97) 255 28 22
ITMA Ishonch telefoni:
+998 (71) 207 40 48

👈 Tegishli havolalar:
| ITMA qabul 2024 | Onliayn ariza |
| ITMA Telegram sahifasi | veb sahifasi|
| Ariza to'lidirish bo'yicha video yo'riqnoma |

📍 Marshrut / Joylashuv geolokatsiya:
| Maktab geolokatsiyasi (google) |
| Maktab geolokatsiyasi (yandex) |