NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
640 subscribers
10.6K photos
329 videos
6 files
1.67K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Seminar_trening
#Yangi_baholash_tizimi
#Hamkorlik

6-may kuni Uchqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tumandagi 1-va 8-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchilari uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

📌 Unda Uchqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quv ishlari bo'yicha direktor oʻrinbosari B. Urinboyev va maktab maslahatchisi J.Razzaqovlar o'z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.

☑️Seminarda yangi baholash tizimining mohiyati, afzalliklari, BSB va ChSB nazoratlarining o‘tkazilish tartibi to‘g‘risida tushunchalar berildi.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@uchqorgon_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
#Seminar_trening
#Yangi_baholash_tizimi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Mezonlarga asoslangan baholash tizimi" mavzusida seminar-trening mashg'uloti bo‘lib o‘tdi.

Seminar-treningda Kosonsoy tumanidagi 15,18,28,47,48-umumiy o‘rta ta’lim maktablarining direktorlari, o‘quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari hamda fan uslubiy birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi.

Seminar-treningda so‘z olgan Kosonsoy tuman hokimi o'rinbosari Alisher Sheraliyev mamlakatimiz ta‘lim tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, uning samarasi , ta‘lim tizimini muvaffaqiyatli isloh qilish davlat siyosati darajasida ekanligini ta'kidladi.

Seminar-treningda Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining o'quv ishlari bo'yicha direktor oʻrinbosari Sherzodbek Ismoilov yangi baholash tizimining afzalliklari, uni amalga oshirish bosqichlari haqida ma‘lumot berdi.

Seminarda ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
#Seminar_trening
#Yangi_baholash_tizimi

        Uchqo'rg'on tumanida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 248-sonli buyrug'iga asosan "Yangi baholash tizimi"bo'yicha seminar-trening mashg'uloti bo‘lib o‘tdi.

        Seminar-treningda Uchqo'rg'on tumanidagi 1,2,8,28,38,43 - umumiy o‘rta ta’lim maktablarining direktorlari, o‘quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari hamda fan uslubiy birlashmalari rahbarlari , faol va tajribali fan o‘qituvchilarini hamda tuman bo‘limidan   biriktirilgan
ma’sul xodimlar ishtirok  etdilar.

         Seminar-treningda Uchqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi  direktori D.Mirzayeva, fizika fani o'qituvchisi B.Axmadjanov va informatika  fani o'qituvchi R.Abdullayev,8-maktab direktori M.Raxmatullayevalar yangi baholash tizimining afzalliklari, uni amalga oshirish bosqichlari haqida ma‘lumot berdi.

         Seminarda ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
#yangi_baholash_tizimi

Chust tuman ixtisoslashtirigan maktabiga biriktirilgan Pop tuman 1,11,40,67 IDUM direktorlari, OIBDO' hamda oqituvchilar uchun yangi baholash tizimi bòyicha òquv seminari tashkil qilindi.

Malakali pedagoglar tomonidan ishtirokchilar zamonaviy interfaol metodlarga tayangan, amaliy mashĝulotlar asosida dars òtish va baholashning yangicha tizimi haqida ma'lumotlarga ega bòldilar

Telegram Instagram Facebook
#yangi_baholash_tizimi

NORIN TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

Joriy yilning 16-noyabr kuni Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi trener o'qituvchilari yangi baholash tizimida ishtirok etayotgan tumandagi 16, 25, 34, 40, 42, 44-sonli maktablarda 1-chorak yakuni, BSB, ChSB olinishi, tahlil qilish jarayoni bo'yicha amaliy ko'maklashib, uslubiy yordam berdilar.

🎫 Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
MATBUOT XIZMATI, 2024.
Facebook | Telegram |You Tube