NAMANGAN | PREZIDENT, IJOD, IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
631 subscribers
15.3K photos
438 videos
6 files
2.32K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Muvaffaqiyat
#Sertifikat
#Kosonsoy_IM
#Bizda_shunday_o‘qituvchilar_bor

💥 Biz sizlar bilan navbatdagi zahmatkash o‘qituvchimizning porloq natijasi bilan tanishtiramiz.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ingliz tili fani o'qituvchisi Mamajonov Rustamjon Isroil o‘g‘li chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat uchun imtihonda qatnashib quyidagi:

🎧 Listening: 73 ball
📚 Reading: 69 ball
📝 Writing: 64 ball
🗣 Speaking: 64 ball natijalari bilan C1 sertifikatini qo‘lga kiritdi.


O'qituvchimizning yutuqlari kelajakda bardavom bo'lishini tilab qolamiz.

🇺🇿 Natija muborak,  Rustamjon!

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Davra_suxbati
#Kosonsoy_IM


Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida maktabning bitiruvchi sinf oʻquvchilari hamda Namangan Toʻqimachilik Texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida oʻquvchilarga To‘qimachilik Texnologiyalari universiteti haqida toʻliq maʼlumotlar berildi. Suhbat ajoyib tarzda oʻtdi, oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.


Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Ichki_turizm
#Dukortepa_Yodgorligi
#Kosonsoy_IM

Kosonsoy shahri- qadim Farg'ona davlatining shimoliy poytaxtidir

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining "Moziy" to‘garagi o‘quvchilari Kosonsoy tumanida joylashgan qadimiy Dukortepa tarixiy yodgorligiga sayohat uyushtirdilar.

2000 yillik tarixga ega Dukortepa tarixiy-arxeologik yodgorligi ko‘hna tariximizdan so‘zlovchi muhim obyekt hisoblanadi. Ushbu qadimiy qadamjoni oʻz koʻzi bilan koʻrgan oʻquvchilar koʻz oldida shavkatli boy tariximiz gavdalandi, sayohatdan katta taassurot bilan qaytdilar.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#OCHIQ_ESHIKLAR_KUNI
#Kosonsoy_IM

❇️ 2024-yil 18-21-may kunlari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tumandagi 4-6-sinflarni tamomlayotgan oʻquvchilar, ularning ota-onalari hamda ustozlari ishtirokida "Ochiq eshiklar kuni" oʻtkazildi.

Ochiq eshiklar kunida:

2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumot berildi;
Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilindi;
O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtirildi;
Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar) oʻtkazildi;
Maktab hududi bo‘ylab sayohat uyushtirildi.

📚Oʻquvchilarda bunday qulay imkoniyatlarga ega boʻlgan taʼlim muassasasida oʻqish istagi va hohishi ortganligi yuzlarida aks etdi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#OCHIQ_ESHIKLAR_KUNI
#Kosonsoy_IM

❇️ 2024-yil 18-21-may kunlari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tumandagi 4-6-sinflarni tamomlayotgan oʻquvchilar, ularning ota-onalari hamda ustozlari ishtirokida "Ochiq eshiklar kuni" oʻtkazildi.

Ochiq eshiklar kunida:

2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumot berildi;
Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilindi;
O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtirildi;
Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar) oʻtkazildi;
Maktab hududi bo‘ylab sayohat uyushtirildi.

📚Oʻquvchilarda bunday qulay imkoniyatlarga ega boʻlgan taʼlim muassasasida oʻqish istagi va hohishi ortganligi yuzlarida aks etdi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Muvaffaqiyat
#Bizda_shunday_o‘quvchilar_bor
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11.01-sinf o‘quvchisi Sayfidinova Sarvinoz xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi B2 (IELTS) sertifikatini  qoʼlga kiritdi.

Maktab jamoasi Sarvinozni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi.

Sinf rahbari: Alimardon Abdurahmonov

Ota-onasi va ustozlariga rahmat.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Muvaffaqiyat
#Sogʻ_tanda_sogʻlom_aql
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11.01-aniq sinfi oʻquvchisi Sobirjonova Gulmira Qozog'iston Respublikasi Chimkent shahrida sportning jiu-jitsu turi boʻyicha oʻtkazilgan mintaqaviy Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Gulmira Oʻzbekiston musobaqa tashkilotlarchilari tomonidan III darajali diplom va bronza medali bilan taqdirlandi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egasiga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Fan_olimpiadasi
#1_bosqich
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida asosiy fan olimpiadasining 1-bosqichi boʻlib oʻtdi.

Olimpiadada maktabning 219 nafar iqtidorli oʻquvchisi tegishli fan doirasidagi test topshiriqlarini nazoratchilar kuzatuvi ostida bajarishdi.

1-bosqich fan olimpiadasida g‘olib, deb topilgan o‘quvchilar viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadilar.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Kosonsoy_IM
#Halollik

❇️Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Oʻquvchi yoshlar halollik tarafdori" 10 kunlik tadbirlari davom etmoqda.

❇️Bugun maktabning tasviriy san'at o'qituvchisi Davron Boymirzayev rahbarligida korrupsiya va uning salbiy oqibatlariga bagʻishlangan rasmlar tanlovi oʻtkazildi.

❇️Tanlov jarayonida oʻquvchilarga "Korrupsiyaga qarshi qonuniy choralar" mavzusida tushunchalar berilib, ular chizgan rasmlarda mavzu aks ettirildi, oʻquvchilar savollariga tajribadagi misollar bilan maʼlumotlar berildi.

❇️Bu kabi tadbirlar oʻquvchilar tarbiyasida oʻz natijasini beradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Yong‘in_havfsizligi
#Kosonsoy_IM

Xabaringiz bor, yurtimizda 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar "Yong‘in havfsizligi oyligi " tadbirlari o‘tkazilmoqda. Yong‘in havfsizligi oyligi doirasida Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham o‘quv-profilaktik tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbir Favqulodda vaziyatlar vazirligiga qarashli Kosonsoy tuman Yong‘inga qarshi kurash bo‘limi, Kosonsoy tuman "Elektr tarmoqlari" unitar korxonasi, tuman tibbiyot birlashmasi mutaxassis-xodimlari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Mutaxassislar tomonidan o‘quvchilarga yong'inni oldini olish, is gazidan zaharlanish holatlarini erta aniqlab, bartaraf etish ko'nikmalari o‘rgatildi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab