NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
637 subscribers
10.6K photos
332 videos
6 files
1.68K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Uch_avlod_uchrashuvi
#Besh_muhim_tashabbus

❇️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 13-aprel kuni  yoshlarning bo'sh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida Besh muhim tashabbus doirasida "Maktab ma'naviyat o'chog'i - mahalla uchun" shiori ostida "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi.

✳️ Bu ma'naviy-ma'rifiy tadbirda sport musobaqalari, Zakovat intellektual o'yini, kuy-qo'shiqlar va Uchqoʻrgʻon tuman Nuroniylar jamg'armasi a'zolari bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi

♻️Maktab jamoasi, o'quvchilar va mehmonlar uchun iftorlik dasturxoni tashkil etilgani mehr-oqibat tuygʻularini mustahkamlashga xizmat qildi deya olamiz.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
https://t.iss.one/uchqorgon_im
@uchqorgon_imbot
#Mingbuloq_IM
#Uch_avlod_uchrashuvi

🌱🌱🌱🌱🌱🌱
Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabda 9-10-11-sinf o'quvchilari o'rtasida "Uch avlod uchrashuvi " bo'lib o'tdi.

🍃🍃🍃🍃🍃🍃
Mingbuloq tuman Birlashgan mahallasi raisi, profilaktika inspektori, Nuroniylar komissiyasi raisi va a'zolari Gulnora Usmonova, Otabek Ubaydullayev, Saboxon To'xtayeva, Salohiddin Doliyev hamda Zulfiya Mirzaliyevalar ishtirokida "Erkin va farovon yashaylik" shiori ostidagi "Uch avlod uchrashuvi" bo'lib o'tdi.

🌾🌾🌾🌾🌾🌾🌾🌾
Kechada nuroniylar o'z hayot tajribalari asosida ilm olish sirlari va yurtga sadoqat, oilaviy mehr-oqibat tushunchalari haqida so'zlab berishdi.

🪸🪸🪸🪸🪸🪸🪸🪸
Uchrashuv o'quvchilarda yaxshi taassurot qoldirdi va o'zlariga kerakli xulosalar chiqardilar.
#Kosonsoy_tuman_IM
#Uch_avlod_uchrashuvi

🇺🇿Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tuman hokimligi, tuman nuroniylari jamiyati, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, RMMM tuman bo‘linmasi bilan hamkorlikda "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi.

🏫Ular maktabda o‘quvchilarga yaratib berilgan qulay sharoitlar va imkoniyatlar hamda maktab hayoti bilan yaqindan tanishib, o‘quvchilarning erishayotgan natijalari o‘ilan qiziqdilar.

🕰Uchrashuvda "Do‘stlik" ordeni sohibi, mehnat faxriysi Ahmadxon Eshonxonov hayoti, faoliyati o‘quvchi yoshlarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, halollik ruhida tarbiyalashda ibrat maktabi ekanligi ta'kidlandi.

📒Tadbirga shuningdek, tuman IIB vakillari va Kosonsoy tumanidagi Afg‘onchi jangchi faxriylar ham taklif etilib, ularning hayoti va faoliyatidan kelib chiqib, bugungi tinch, osuda hayotimizning qadriga yetish, uni avaylab asrash zarurligi tushuntirildi.

🖋Uchrashuv so‘ngida faol o‘quvchi yoshlar va tadbir ishtirokchilari esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
#uch_avlod_uchrashuvi

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo'nalishida Chortoq tumanida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayni kunlarda ta’lim muassasalari, mahallalarda ushbu maqsadga qaratilgan turkum tadbirlar tashkil etilyapti. Bu boradagi ishlarning davomi sifatida Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tuman hokimligi, viloyat "Nuroniylar" jamg'armasi, mudofaa ishlari boshqarmasi, "Vatanparvar" tashkiloti, ma’naviyat va ma’rifat markazi, maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi, FVB, milliy gvardiya, harbiy faxriylar kengashi hamkorligida "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi.

Tadbir doirasida maktab hovlisiga ezgulik ramzi sifatida yaxshi niyatlar bilan manzarali daraxt ko'chatlari ekildi.

Bizni kuzatishda davom eting.
✈️@ChortoqTIM
🧠🧠Birgalikda yuksalamiz!
#uch_avlod_uchrashuvi

Ayni kunlarda “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari faxriylari, ofiserlari, muddatli harbiy xizmatchilar hamda umum ta'lim maktablari o'quvchi yoshlari o'rtasida “Uch avloduchrashuvi tadbirlari o'tkazilmoqda.

Bundan ko'zlangan maqsad yosh avlod ongida Vatanga va xalqimizga sadoqat va fidoiylikni shakllantirish. Qurolli Kuchlar tarixi va an’analariga chuqur hurmat ko'rsatishdan iborat.

Ana shunday tadbir Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tuman hokimligi, viloyat "Nuroniylar" jamgarmasi, mudofaa ishlari boshqarmasi, "Vatanparvar" tashkiloti, ma’naviyat va ma’rifat markazi, maktabgacha va maktab ta’limi bolimi, FVB, milliy gvardiya, harbiy faxriylar kengashi hamkorligida tashkil etildi.

Bizni kuzatishda davom eting.
✈️@ChortoqTIM
🧠🧠Birgalikda yuksalamiz!
#uch_avlod_uchrashuvi

Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tashkil etilgan "Uch avlod uchrashuvi" qizg'in muloqot shaklida davom etdi.

Qurolli Kuchlari faxriylari, ofiserlari, viloyat "Nuroniylar" jamgarmasi, mudofaa ishlari boshqarmasi vakillari taklif etilgan tadbirda tuman hokimi Ilhomjon Sattarov qatnashdi. "Vatanparvar" tashkiloti, ma’naviyat va ma’rifat markazi, maktabgacha va maktab ta’limi bolimi, FVB, milliy gvardiya, harbiy faxriylar kengashi vakillari ishtirokidagi tadbirda so'zga chiqqanlar yosh avlod kamoloti, ta’lim-tarbiyasi yolida jamoatchilik hamkorligini kuchaytirish, insoniylik fazilatlari, mehr-oqibat, vatanparvarlik tuyg'ularini yanada mustahkamlash haqida atroflicha so'z yuritdilar. Yigit-qizlarga muddatli xizmatni o'tash, oliy harbiy bilim yurtlarida ta’limni davom ettirish bo`yicha ham keng tushuntirish berildi.

Bizni kuzatishda davom eting.
✈️@ChortoqTIM
🧠🧠Birgalikda yuksalamiz!
#uch_avlod_uchrashuvi

Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tuman hokimligi, viloyat "Nuroniylar" jamg'armasi, mudofaa ishlari boshqarmasi, "Vatanparvar" tashkiloti, ma’naviyat va ma’rifat markazi, maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi, FVB, milliy gvardiya, harbiy faxriylar kengashi hamkorligida "Uch avlod uchrashuvi" tadbirlari davom etdi.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda harbiy xizmatga bo'lgan ishtiyoqni oshirish, xalq va armiya yakdilligini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda ko'rgazma namoyishlari, qo'l jangi chiqishlari yig'ilganlarga o'zgacha ruh bag'ishladi.

Bizni kuzatishda davom eting.
✈️@ChortoqTIM
🧠🧠Birgalikda yuksalamiz!
#Mingbuloq_IM
#Uch_avlod_uchrashuvi
#Nuroniylar_hamkorligi
❇️Namangan viloyati Mingbuloq tuman ixtisoslashgan maktabida "Nuroniy" jamg'armasi tuman bo'limi hamkorligida "Oila - muqaddas qo'rg'on" mavzusida UCH AVLOD UCHRASHUVI o'tkazildi.
❇️Tadbirda tuman hokimining o'rinbosari J.Rahimov, "Nuroniy" jamg'armasi raisi M.Saidmurodova,  Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mudiri A.Vaxabayev,  "Mingbuloq" gazetasi muharriri Q.Akbarov va turli sohalarda bir necha yillab fidoyilik bilan mehnat qilgan, ayni damda qarilik gashtini surayotgan nuroniylar hamda maktabning xalqaro va fan olimpiadalarida faxrli o'rinlarni qo'ldan bermayotgan iqtidorli o'quvchilari ishtirok etishdi.
❇️"Qimmat va zumrad", "Qorako'z majnun" spektakllari, milliy va chet el qo'shiqlariga ijro etilgan raqslar, o'quvchilarning ona tili, rus, ingliz tilida taʼlim muassasada olib borilayotgan ishlar borasida maʼlumotlari katta taassurot qoldirdi.

➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
🌐Telegramm | 👍Facebook
Forwarded from ITMA Chust IM Yangiliklar kanali (Xalima Abdurasulovna Gaffarova)
#INSON_AZIZ_XOTIRA_MUQADDAS_🇺🇿
#UCH_AVLOD_UCHRASHUVI_🇺🇿

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Chust ixtisoslashtirilgan maktabida
"Xotira va qadrlash kuni"ga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.
🇺🇿 Maktabga mehmonlar: afg'on urushi qatnashchisi Isroiljon Lutfillayev, veteran faxriylar uyushmasi raisi Komiljon Qodirov, faxriylar kengashi raisi Muhammadali Qo'chqorov, katta leytenant Qo'chqorov Zuxriddin, kichik serjant Hoshimov Mahmudjonlar tashrif buyurdilar va o'quvchilarga tinchlik, hayot qadri haqida ko'plab o'gitlar va maslahatlar berishdi.
🇺🇿 Mehmonlarimiz maorif sohasidagi yuksak xizmati uchun maktab direktori Akramjon Yuldashevga, fizika fani òqituvchisi Sidiqajon Mamadjonovaga, harbiy ta'lim rahbari Abdulla Xamidovlarga faxriy yorliqlarini taqdim etdi.
🇺🇿 Maktab teatr jamoasining "Turkiston bolalari" spektakli namoyish etildi.
🇺🇿 Harbiycha taomlar asosida tushlik tashkil etildi.

Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati👇

Telegram | Facebook | Instagram