NAMANGAN | PREZIDENT, IJOD, IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
633 subscribers
15.1K photos
434 videos
6 files
2.27K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Mingbuloq_IM
#ZAKOVAT

❇️ Mingbuloq tuman adliya boʻlimi tomonidan Davlat taʼlim muassasalarida yuridik taʼlimni uzluksiz tizimini joriy etish hamda voyaga yetmagan yoshlarni xuquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish maqsadida umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan "XUQUQIY ZAKOVAT" intellektual oʻyinida Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi "Iqro" oʻquvchilar jamoasi fahrli 1-oʻrinni egalladi.

❇️ Keyingi bosqichlarda jamoaga omad va gʻalaba hamroh boʻlsin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
🌐Telegramm | 👍Facebook
#Xushxabar
#Zakovat

Uchqoʻrgʻon tumani adliya bo'limi tomonidan Davlat ta'lim muassasalarida yuridik taʼlimning uzluksiz tizimini joriy etish hamda voyaga yetmagan yoshlarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish maqsadida umumtaʼlim maktab oʻquvchilari oʻrtasida "HUQUQIY ZAKOVAT" intelektual o'yini o'tkazildi.

⚡️Unda Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining "Kamelot" jamoasi faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa, maktabning "Westeros" jamoasi 1-o'rinni egallab keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdilar.

Bilimdon o'quvchilarimizga keyingi bosqichda omad tilaymiz.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
#zakovat_

Chust tuman adliya bòlimi tomonidan voyaga yetmagan yoshlarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish maqsadida umumta'lim maktab òquvchilari òrtasida 'Huquqiy zakovat" intelektual òyini òtkazildi.

Ushbu òyinda 9 ta jamoa ishtirok etdilar.
Chust tuman istisoslashtirilgan maktabning Dynamite jamoasi ĝolib bòldi.

Òquvchilarimizga keyingi bosqichda omad tilaymiz.

Telegram Instagram Facebook
#zakovat_

Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabining Dynamite jamoasi adliya bòlimi tomonidan tashkil qilingan "Huquqiy zakovat" intelektual òyinining viloyat bosqichida qatnashib 1-òrinni qòlga kiritdi.

Òquvchilarimizni va maktabimiz zakovat koordinatori M.Nurdinova ustozni, jamoani qollab quvatlab turgan maktabimiz direktori A. Yuldashev va ustozlarni ĝalaba bilan tabriklaymiz.

Telegram Instagram Facebook
#Jarayon
#Zakovat

Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tafakkur mashqi bo'lgan Zakovat intellektual o'yinining navbatdagi turi bo'lib o'tdi.

⚡️Qizg'in bahslarga boy bo'layotgan jarayonda o'quvchilar faollik bilan ishtirok etmoqdalar.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
#Zakovat
#O‘quvchilar_ligasi
#Kuzgi_mavsum_g‘oliblari
#Kosonsoy_TIM

Xabaringiz bor, yurtimiz bo'ylab "Zakovat" intellektual o‘yini umummilliy harakatga aylanib ulgurgan.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 100 nafardan ziyod o'quvchilari "Zakovat " ning o‘quvchilar ligasi bahslarida Ahadjon Ahmadjonov rahbarligi ostida ishtirok etib kelmoqdalar.

Maktabning 8.01-aniq sinf o'quvchilaridan tashkil topgan "Vektor" jamoasi kuzgi mavsum bahslarida maktab chempioniga aylanishdi.

Maktabda o‘tkazilgan tadbirda g‘olib jamoa a‘zolari maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Zakovat

Taʼtil kunlarini sermazmun oʻtkazish maqsadida Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'qituvchilari o'rtasida tafakkur mashqi bo'lgan Zakovat intellektual o'yini o'tkazildi.

⚡️Qizg'in bahslarga boy bo'lgan jarayonda "BILIMDONLAR" jamoasi g'olib bo'lib Zakovat kubogi sohibiga aylandilar.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
#zakovat

🏢Bugun Chortoq  tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Zakovat"  intellektual o'yinining maktab jamoalari bilan 3-CHORAK BIRINCHILIGIning II tur o'yinlari bo'lib o'tdi.  

🟢 Mazkur bilimdonlar bellshuvida jami 14 ta jamoa ishtirok etishdi. 

📚Maqsadimiz: akademik salohiyatli, mustaqil fikrlaydigan, vatanparvar,  ijodkor, ma'naviyatli, bag'rikeng va halol shaxslarni tarbiyalash.
#Mingbuloq
#zakovat

Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida navbatdagi "Zakovat" intellektual o'yinida maktabimizning 10 ta ajoyib, bir biridan bilimdon jamoalari qatnashishdi.
Ular orasidan:

🥇1-o'rin Iqro jamoasiga 20balli natija
🥈2-o'rin Knyaz jamoasiga 16 balli natija
🥉3-o'rin Alfa jamoasiga 12 balli natijalar bilan nasib etdi.

🎓 bilimdonlarimizga yana ham katta yutuqlar tilab qolamiz👏👏👏

Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇👇👇
https://t.iss.one/Mingbuloq_IMA
https://facebook.com/groups/1164168227868961/
#Zakovat_maktablar_kubogi
#Kosonsoy

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi Yoshlar ishlari agentligi Kosonsoy tuman bo‘limi hamda 49-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi tomonidan tashkil etilgan "Zakovat"  intellektual musobaqasida qatnashdi.

Kosonsoy tumanidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan ushbu bellashuvda Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G‘olib jamoalarga Yoshlar ishlari agentligining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ma‘lumot o‘rnida aytib oʻtish joizki, "Zakovat" intellektual o‘yini maktabimizda allaqachon umummilliy harakatga aylanib ulgurgan. Ahadjon Ahmadjonov rahbarligida maktab o‘quvchilaridan tashkil topgan "Pifagor" va "Vektor" jamoalari o‘quvchilar ligasida muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqda.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egalariga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Zakovat
#Oʻquvchilar_ligasi

2025-yil 13-fevral kuni Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "ZAKOVAT" klubi koordinatori  A.Yusupov   tomonidan 5-10- sinf oʻquvchilari o'rtasida  "Zakovat" intellektual o'yinining navbatdagi tur o'yini tashkil etildi.

@YangiNamanganTIM
#zakovat_

Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavvalludiga bagʻishlab zakovat intelektual oʻyini tashkil etildi.

Telegram Instagram Facebook
#zakovat


Respublikamizning barcha hududlarida Xotin-qizlar o‘rtasidagi “Zakovat” musobaqasining hududiy bosqich o‘yinlari o‘tkazildi.
Namangan shahrida boʻlib oʻtgan musobaqada Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, sovrindorlar qatorida respublika bosqichiga yoʻllanma oldi.
🎉Ushbu yutuq bilan maktabimiz jamoasini tabriklaymiz hamda respublika bosqichida omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Telegram Instagram Facebook
#Zakovat
#O‘quvchilar_ligasi


Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "ZAKOVAT" intellektual o‘yini o‘quvchilar ligasining yangi mavsumiga start berildi.

Namangan "Zakovat" klubi koordinatorlari tomonidan tashkil etilgan o'yin murosasiz va bahslarga boy tarzda o'tkazildi.

Yakuniy natijalarga ko'ra "Monopoliya" jamoasi bugungi tur o'yinlarining mutlaq g'olibiga aylanishdi. "Zakovat" o'yinlariga bo'lgan qiziqish ko'plab yoshlarni birlashishi uchun muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda.

@YangiNamanganTIM
#Jarayon
#Zakovat_Quiz
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida faoliyat olib borayotgan ustozlar o‘rtasida "Zakovat_Quiz" bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

Bellashuvda o‘qituvchilar test, kino, musiqa, tarix, geografiya va rebusli boshqotirmalarga jamoalarga bo‘lingan holda javob berdilar.

Ushbu bellashuv bahorgi ta‘til vaqtidan unumli foydalangan holda o‘tkazildi va unda "Oppog‘oy va uch gnom" jamoasi g'oliblikni qo‘lga kiritishdi.

Keyingi paytlarda "Zakovat" intellektual musobaqasi bizning maktabda ommaviy harakatga aylanib ulgurgan.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#zakovat

🏢 3-aprel kuni Chortoq  tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Zakovat"  intellektual o'yinining maktab jamoalari bilan navbqtdagi tur o'yinlari bo'lib o'tdi.  

🟢 Mazkur bilimdonlar bellshuvida jami 16 ta jamoa ishtirok etishdi. 

📚Maqsadimiz: akademik salohiyatli, mustaqil fikrlaydigan, vatanparvar,  ijodkor, ma'naviyatli, bag'rikeng va halol shaxslarni tarbiyalash.