NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
638 subscribers
10.6K photos
331 videos
6 files
1.68K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#konstitutsiya_32_yil
#mahorat_darsi

Institut va maktab hamkorligi ta'lim sifatini oshirishda muhim omil

Davlatimiz rahbari yurtimizda innovatsion va kreativ fikrlaydigan, zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, yuksak ma’naviyat egalari etib tarbiyalash maqsadida ta’lim tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Namangan davlat pedagogika instituti Gumanitar fanlar kafedrasi mudiri S.Botirova, kafedra dotsentlari Z.Xaydarov, O.Topildiyevlar, O'zbek va xorijiy tillar kafedrasi mudiri R.Tillayeva, kafedra dotsenti Sh.Ubaydullayevlar tomonidan Yangi Namangan tumani ixtisoslashgan maktabida
navbatdagi "Yosh akademiklar" klubi a'zolari bilan mahorat darsi o‘tkazildi. 

Unda baxtimiz qomusi bo'lgan yangi tahrirdagi Konstitutsiya haqida atroflicha ma'lumotlar berildi.
Yangi O'zbekiston yoshlariga ta'lim olishning o'ziga xos jihatlari haqida aytib o'tildi.
Mahorat darsi so'nggida kitobxonlik madaniyatini targ'ib qilish maqsadida "Eng oxirgi o'qigan badiiy kitobim tahlili" mavzusida master klass bo'lib oʻtdi.
Talaba-yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar hamda fakultetlar va ta’lim yo'nalishlari tanishtirildi.
O'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

♻️ Kanalga ulanish👇
🌐 https://t.iss.one/namspii