NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
638 subscribers
10.6K photos
331 videos
6 files
1.68K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Mingbuloq_IM
#5_tashabbus_maktabda

🇺🇿Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalar agentligi tizimidagi Mingbuloq ixtisoslashtirilgan maktabida "5 tashabbus" doirasida tanlovlarga start berildi. Jami 48 nafar o'quvchi ishtirok etdi.

🏓 Stol tennisi bo'yicha 5-11-sinflar o'rtasida o'tkazilgan musobaqada  10/02-sinf o'quvchisi Valiyev Alibek mutlaq g'olib deb topildi.

🏓Qizlar o'rtasida esa 10/04-sinf o'quvchisi To'lqinboyeva Rayhona 1-o'rinni egalladi.

🏓 Sportchilarimizga keyingi bosqichlarda ham omad tilaymiz.

🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegramm | Facebook
#Mingbuloq_IM
#5_tashabbus_maktabda

🇺🇿Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalar agentligi tizimidagi Mingbuloq ixtisoslashtirilgan maktabida "5 tashabbus" doirasida tanlovlarga start berildi. Jami 50 nafar o'quvchi ishtirok etdi.

Shaxmat bo'yicha 5-11-sinflar o'rtasida o'tkazilgan musobaqada 8/01-sinf o'quvchisi Abdusalomov Abdulloh mutlaq g'olib deb topildi.
Qizlar o'rtasida esa 9/03-sinf o'quvchisi Nuriddinova Dildora 1-o'rinni egalladi.

Shashka sport turida ham o'g'il bolalar o'rtasida Abdusalomov Abdulloh, qizlar o'rtasida Imomaliyeva Zilola 1-o'rinni egalladi. Jami 131 nafar sportchi ishtirok etdi.
🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegramm | Facebook
Forwarded from ITMA Mingbuloq ixtisoslashtirilgan maktabi (Shahlo Xo‘jaliyevna)
#Mingbuloq_IM
#5_tashabbus
#Yosh_kitobxon

📚📚📚📚📚
5 tashabbus olimpiada musobaqalari tarkibidagi "Yosh kitobxon" respublika tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.

🏆🏆🏆🏆🏆🏆
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalar agentligi tizimidagi Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o'tkazilgan "Yosh kitobxon" respublika tanlovining Mingbuloq tuman bosqichida yoshlar kesimida 9/05-sinf o'quvchisi Sirojiddinov Mavlonbek faxrli 1-o'rinni egalladi va viloyatga yo'llanma oldi. G'oliblar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

📗📘📙📕📔📗
Kitob - inson tafakkurini o'stiradigan, ongini yuksaltiradigan, qalbini boyitadigan yagona vosita.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
Telegramm | Facebook
#5_tashabbus
#Kosonsoy_IM
#Namangan_viloyat
#Qishki_tatil

📚Muhammadsharif So'fizoda nomidagi Namangan viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan tashkil etilgan qishki ta'til vaqtida o'takazilgan ko’rik-tanlov g'oliblari aniqlandi.

G'oliblar yaqin kunlar ichida taqdirlanadi.



🌐Namangan viloyat bolalar kutubxonasi axborot xizmati


https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#sport
#5_tashabbus

To'raqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 5-8 va 9-11-sinf o'quvchilari o'rtasida sportning mini futbol turi bo'yicha maktab birinchiligi o'tkazildi.

Musobaqada 5-8-sinf o'quvchilari o'rtasida 7-02-A sinf, 9-11-sinf o'quvchilari o'rtasida esa 11-01-A sinf o'quvchilari faxrli birinchi o'rinni egallashdi. G'olib jamoalar estalik sovg'alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

To'raqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook  | YouTube I School councelor
#Jarayon
#5_tashabbus_amalda
#Axborot_texnologiyalari
#Kosonsoy_IM

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi,
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi,
Innovatsion rivojlanish agentligi,
Robotics Lab ta'lim markazi, shuningdek Japan Digital University
bilan hamkorligida o’tkazilayotgan “The Ninja IT” contest Respublika olimpiadasining 1 va 2-saralash bosqichlari o’z nihoyasiga yetdi.

1898 ta ishtirokachi qatnashgan ushbu musobaqaning yakuniy final bosqichiga 60 ta kuchli dasturchilar yakuniy final yo‘llanmasini qo’lga kiritishdi. Bular orasida Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining o’quvchilari: Murodillayev Ahliyor, Tursunov Abdulaziz, Abdusamiyev Muhammadsolihlar ham bor.

Bugungi saflanmada ushbu muvaffaqiyat egalarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Ma‘lumot o‘rnida aytish joizki, ushbu musobaqaning final bosqichi joriy yilning 12 fevralda Toshkent shahridagi Japan Digital Universityda bo’lib o’tadi .

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Muvaffaqiyat
#5_tashabbus
#Kasaba_uyushma_kubogi
#Sog‘_tanda_sifatli_ta‘lim
#Kosonsoy_TIM

Kosonsoy tumanida faoliyat yuritayotgan ta‘lim muassasalari xodimlari o‘rtasida "Besh tashabbus" sport musobaqalari o‘z yakuniga yetdi.

Sport turlari ichida eng ommaviylashgan futbol musobaqasida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ustozlaridan tashkil topgan jamoa turnir davomida o'z raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

O‘tkazilgan 15 uchrashuvning hammasida ishonchli g‘alabalarga erishgan maktabimiz jamoasi yakunda "Kasaba uyushmasi kubogi" sovriniga ega chiqishdi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi tumanda nafaqat ilm-ziyo tarqatishda, balki sportda ham o'z ustunligini natija orqali namoyon etdi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egalariga minnatdorchilik bildiradi va qo‘llab-quvvatlaydi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
Forwarded from Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ( ITMA ) (Sarvinoz G'ofurjonovna Uchqoʻrgʻon IM)
#Jarayon
#Shaxmat_aql_gimnastikasi

Uchqoʻrgʻon tuman Ixtisoslashtirilgan maktabida


#5_tashabbus_amalda

loyihasi doirasida
o'quvchilarning  bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va  sportning shaxmat  turiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda qo‘llab-quvvatlash maqsadida maktabimizda Shaxmat" to'garagi muntazam faoliyat yuritmoqda.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
#Mingbuloq_IM
#5_tashabbus

🌟Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Mingbuloq tumani ixtisoslashtirilgan maktabida sport_musoboqalari


Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 5-9- sinf o‘g‘il-qiz o'quvchilari o'rtasida sportning shaxmat va shashka turlari boʻyicha musobaqalar tashkil etildi.
Murosasiz va bahslarga boy bo‘lgan uchrashuvlarda, o‘quvchilar o‘zlarining zehn- idroklarini, g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqlarini namoyon qildilar.

🏆🏆🏆
Sport-tinchlik elchisi. U salomatlik garovidir. Bu maktab o'quvchilari o'rtasidagi sog'lom raqobatni shakllantiradi va ularning keyingi muvaffaqiyatlariga zamin yaratadi.
🌱Bizni kuzatib boring
👇
🧊🧊🧊🧊🧊🧊🧊🧊🧊
Telegramm | 💬Facebook
#5_tashabbus_amalda
#Kosonsoy_TIM

⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️"BESH TASHABBUS" olimpiadasining maktab boshqichiga start berildi.🏃‍♀⛹‍♀🤾🤽‍♂🤽🚵🏃‍♀‍➡️🏃‍♂‍➡️ 🥅⚽️

🏢Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari o'rtasida "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasida sportning shaxmat-shashka turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi.

🟢 Ushbu musobaqada  40 dan ortiq 7-9-sinf o'quvchilari bellashishdi. Yakunda musobaqa g'oliblari  aniqlandi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu musobaqani o‘tkazishda jonbozlik ko‘rsatgan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi A.G‘ofurovga hamda ishtirokchi o‘quvchilarga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#5_tashabbus
#kiber_sport

To'raqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Informatika fani o'qituvchilari F.Mansurov va A.Naqiyevlar tomonidan Kiber sportning BF2 yo'nalishi bo'yicha maktab birinchiligi o'tkazilmoqda.

To'raqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi rasmiy sahifalariga ulanish ⬇️

www.ttim.uz

| Telegram | Facebook | YouTube