Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#hokimlik_hujjatlari
Boʻsh turgan yer maydonlari davlat mulki sifatida roʻyxatdan oʻtkaziladi
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev shu haqda tegishli qarorlarni imzoladi.
Qarorlarga koʻra, Piskent, Parkent, Ohangaron, Oqqoʻrgʻon, Quyi Chirchiq, Qibray, Bekobod, Boʻka hamda Toshkent tumanidagi ayni paytda boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari davlat mulki sifatida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Toshkent viloyati qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etadi.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari X.Niyozov zimmasiga yuklatilgan.
✉ Telegram 🌐 Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#hokimlik_hujjatlari
Hududlarda urugʻlik paxtani mustaqil yetishtirish va tayyorlash korxonalari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi
Tegishli hujjatga koʻra, Toshkent viloyatida zamonaviy infratuzilma va zarur aylanma mablagʻiga ega xususiy urugʻchilik korxonalari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlandi.
Viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi mazkur xususiy urugʻchilik korxonalarini viloyat hamda tuman taqsimot rejasiga, shuningdek, viloyat statistika boshqarmasi reyestriga kiritish chorasini koʻradi.
Xususiy urugʻchilik korxonalari 2023-yil hosili uchun yetishtirilgan urugʻlik va texnik paxtani shartnomalar asosida qayta ishlash, nav va avlodlar boʻyicha alohida jamgʻarish, standart talablariga mos ravishda saqlash, tozalash, saralash, dorilash, quritish, qadoqlash hamda tayyorlangan mahsulotlarni muvofiqlik sertifikatlari asosida belgilangan tartibda sotilishini taʼminlaydi.
✉️ Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter