Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati
3.12K subscribers
21.2K photos
3.01K videos
126 files
10.1K links
Murojaat uchun: +99899 7946263
Telegram: @Botir_Shogulomov
Parkent tumani hokimligi Website
https://www.parkent-tum.uz/
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

Hurmatli fuqarolar!

Toshkent viloyati boʻylab kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrishni jadallashtirish maqsadida,
hududlarda aholining mavjud muammolarini oʻrganish hamda ularni oʻz vaqtida bartaraf etishga qaratilgan MAXSUS SHTAB faoliyati yoʻlga qoʻyilganini bildiramiz.

Shtab Milliy gvardiya qoʻmondoni nazorati ostida faoliyat koʻrsatadi. Unga viloyat IIB, FVB va ijro hokimligining sohaga oid mutasaddi rahbarlari jalb etilgan.

Quyidagi raqamlar orqali murojaatingizni bildirishingiz mumkin:

📌Uy-joy kommunal sohalarda (55)901 41 17;

📌Issiqlik manbai (55)901 41 27;

📌Elektr energiyasi (55)901 41 18;

📌Gaz taʼminoti
(55)901 41 07;

📌Suv taʼminoti
(70)202 51 24

yoki barcha masalalar boʻyicha Call-markazning 1055 qisqa raqamiga hamda telegram manziliga yuborishingiz mumkin.

Shuningdek, joriy yilning 20-noyabr sanasidan 20-dekabr kuniga qadar sohalarga aloqador mutasaddilar ishtirokida ochiq muloqotlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Parkent_tumani
#Bildirish

📌Ayni damda tumanimizning “Beshkappa, Istiqbol, Quyosh, Boyqozon, Qayilma, Oqtepa ” mahallalarida elektr taʼminotida uzilishlar yuzaga kelgan.

📌Tumanga kirib keluvchi 110 kV linyada uzilish yuzaga kelgan. Hozirda viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga xabar berildi. Mazkur hududlarda elektr taʼminoti 1 soat davomida qayta tiklanishini ma'lum qilamiz.

📌Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
#Parkent_tumani
#Bildirish

📌Ayni damda tumanimizning “Istiqbol, Cho'qayma, Qiziltog' qo'rg'onidagi Tolbuloq, Fayzobod, Said ota, Oydin hamda Gulbog' ” mahallalarida elektr taʼminotida uzilishlar yuzaga kelgan.

📌Tumanga kirib keluvchi asosiy linyada uzilish yuzaga kelgan. Hozirda viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga xabar berildi. Mazkur hududlarda elektr taʼminoti 1 soat davomida qayta tiklanishini ma'lum qilamiz.

📌Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
#Bildirish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoniga muvofiq, 2024-yil 1-yanvardan boshlab ijtimoiy to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga o‘tkazildi.

Bunda, ijtimoiy to‘lovlar uchun ariza berish, ularni ko'rib chiqish, tayinlash va to'lashning amaldagi taribi saqlab qolingan holda, endilikda mazkur ijtimoiy to'lovlar bilan bog'liq barcha savollaringizga Toshkent viloyatida joylashgan "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Shahar va tumanlardagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlarining manzili:

Angren shahri "Inson" ijtimoyi xizmatlar markazi

Bekobod shahri "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

Nurafshon shahri "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

Ohangaron shahri "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

Olmaliq shahri "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

Yangiyo'l shahri "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

Chirchiq shahri "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

Bo‘ka tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

Bo‘stonliq tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

Bekabod tumani "Inson" ijtimoyi xizmatlar markazi

Ohangaron tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

O‘rtachirchiq tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

Quyi Chirchiq tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

Yangiyo‘l tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

Oqqo'rg'on tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

Yuqori Chirchiq tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

Qibray tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

Chinoz tumani ‘‘Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi

Piskent tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

Zangiota tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

Parkent tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

Toshkent tumani "Inson"  ijtimoiy xizmatlar markazi


🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Bildirish

“Toshkent suv taʼminoti” MCHJda💧 ichimlik va 🫧oqova suv narxlari oshiriladi

🗓Narxlar 20-yanvardan quyidagi tartibda belgilanadi:

▫️aholi uchun bir metr kub suv 2000 so‘m, oqova suv — 1000 so‘m;
▫️yuridik tashkilotlar uchun ichimlik suvi 9000 (QQS bilan 10 080) so‘m oqava suv — 2000 (QQS bilan 2240) so‘m.

Eslatma: 2023 -yil 13-28 dekabrda “Ichimlik suvi va oqova xizmatlari tariflarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Hokim qarori loyihasi Normariv-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida (ID-90696) qo‘yilgan.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
#Bildirish

Viloyatda Hayit nomozini o‘qilish vaqti e'lon qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2024 yil Ramazon hayiti 10 aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelayotgani munosabati bilan hayit namozi vaqtlarini belgilab chiqdi.
 
Shunga ko‘ra, 2024 yil 10 aprel, chorshanba kuni Ramazon hayiti namozi quyidagi vaqtlarda o‘qiladi:
 
1. Andijon viloyati  — 06:00
2. Namangan viloyati  — 06:00
3. Farg‘ona viloyati  — 06:00
4. Toshkent viloyati  — 06:10
5. Toshkent shahri — 06:10
6. Sirdaryo viloyati — 06:10
7. Jizzax viloyati — 06:15
8. Samarqand viloyati — 06:20
9. Surxondaryo viloyati  — 06:25
10. Qashqadaryo viloyati — 06:30
11. Navoiy viloyati — 06:30
12. Buxoro viloyati — 06:30
13. Xorazm viloyati — 06:50
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 06:50

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
#Bildirish

❗️Hurmatli viloyatimiz aholisi va mehmonlari!


Joriy yilning 16-iyun kuni masjidlarda o'qiladigan Hayit namozini yuqori saviyada va tartibli oʻtkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoit yaratish va ularning xavfsizligini taʼminlash maqsadida soat 00:00 dan 7.00 gacha quyidagi manzillarda avtotransport vositalarining harakati toʻliq cheklanadi.

⛔️ Toshkent tumani:

"Bahor" MFY Hasanboy koʻchasi,
"Fayzobod" MFY Keles yoʻli koʻchasi,
"Koʻkterak" MFY Anorboyev koʻchasi,
"Zah ariq" MFY Bobur koʻchasi,
"Oltintepa" MFY Shifobaxsh suvlar.

⛔️ Chirchiq shahri:

"Gulzor" MFY Ellik yillik koʻchasi,
"Hamza" MFY Zakovat koʻchasi,
"Maʼrifat" MFY Billur koʻchasi.

⛔️ Boʻstonliq tumani:

"S.Rahimov" MFY A.Ikromov koʻchasi,
"Tovoqsoy" MFY Pargos koʻchasi,
"Chorbog" MFY Xoʻjakent koʻchasi,
"Iskandar" MFY Furqat koʻchalari.

⛔️ Parkent tumani:

"Beshkapa" MFY Tanovar koʻchasi,
"Markaziy" MFY Parkent koʻchasi,
"Chinorli" MFY Kattabogʻ koʻchasi,
"Boyqozon" MFY M.Yusupov.

⛔️ Yuqori Chirchiq tumani:

"Fayzobod" MFY Tinchlik koʻchasi,
"Ittifoq" MFY Mustaqillik koʻchasi,
"Qizilsoy" MFY Buyuk ipak yoʻli.

⛔️ Angren shahri:

"Bogʻisurg" MFY Maʼrifat koʻchasi.

⛔️ Olmaliq shahri:

"Ramazon" MFY Ipak yoʻli koʻchasi,

⛔️ Ohangaron tumani:

"Oʻzbekiston" MFY Maktab koʻchasi,
"Koʻksaroy" MFY Koʻksaroy koʻchasi.

⛔️ Piskent tumani:

"Moʻminobod" MFY Avlaviya koʻchasi,

⛔️ Nurafshon shahri:

"Oppoq" MFY Toshkent koʻchasi,
"Gulzor" MFY Oxunboboyev koʻchasi.

⛔️ Bekobod tumani:

"Boʻston" MFY Al-Buhoriy koʻchasi,
"Bobur" MFY Mustaqillik koʻchasi.

⛔️ Bekobod shahri:

"Buloq ariq" MFY Istiqlol koʻchasi,
"Muqumiy" MFY Muqumiy koʻchasi.

⛔️ Oqqoʻrgʻon tumani:

"Birlik" MFY Oybek koʻchasi.

⛔️ Zangiota tumani:

"Eski qala"MFY Amir Temur koʻchasi,
"Eshonguzar" MFY Mustaqillik koʻchasi,
"Gulbog" MFY Amir Temur koʻchasi,
"Abdujalilbob" mahallasi Amir Temur.

⛔️ Quyichirchiq tumani:

"Xoʻja" MFY Nodirabegim koʻchasi,
"Tinchlik" MFY Аzimov koʻchasi,
"Yilqichi" MFY Yilqichi koʻchasi.

⛔️ Yangiyoʻl shahari:

H.Alimjanov koʻchasi,
Oltinobod koʻchasi.

⛔️ Yangiyoʻl tumani:

"Yoshlik" MFY Samarqand koʻchasi,
"Gʻalaba" MFY Qorasuv koʻchasi.

⛔️ Chinoz tumani:

"Yaxshi niyat" MFY Samarqand koʻchasi,
"Hoʻja" MFY Ohunboboyev koʻchasi.

❗️Shu bilan bir qatorda sharoit taqozo etganda viloyatimizdagi boshqa koʻchalar ham qisman yopilishi mumkinligini maʼlum qilamiz.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
#Bildirish #Уведомление

HURMATLI FUQAROLAR!

Sizlarni mahalliy davlat hokimiyati organlari (hokimlik) sohasidagi korrupsion holatlarni bartaraf etishda hamkorlikka chorlaymiz.

Agarda, Sizga yoki biror bir shaxsga nisbatan mahalliy davlat hokimiyati organlari (hokimlik) xodimlari tomonidan korrupsiya yoki manfaatlar toʻqnashuvi holatlariga guvoh boʻlsangiz yoki tizim xodimlarining noqonuniy hatti-harakatlari toʻgʻrisida ma’lumotlarga ega boʻlsangiz bizga murojaat qiling.

“KORRUPSIYA YOKI MANFAATLAR TOʻQNASHUVIGA QARSHI
BIRGALIKDA KURASHAYLIK”


Viloyat hokimligi Korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat shoʻbasi:

☎️Ishonch tel: (0 371) 200 88 11; +998 71 232 80 40
☎️Yagona tel: (0 371) 232 80 73


Web-sayt 👉 https://toshkentviloyati.uz/ak/murojaat-yuborish

Telegram bot 👉 https://t.iss.one/tvh_antikor_bot

Izoh: faqat korrupsiya yoki manfaatlar toʻqnashuvi holatlari haqida xabar berish uchun.

MUROJAATCHI TOʻGʻRISIDAGI MA’LUMOTLAR SIR SAQLANISHI KAFOLATLANADI.
___________________

УВАЖАЕМЫЕ СОГРАЖДАНЕ!

Призываем вас к сотрудничеству в противодействии случаям коррупции в местных органах власти (хокимиятах).

В случае, если Вы станете свидетелем коррупционных действий в отношение других лиц или же такие действия были применены в отношении к Вам, равно как и при обнаружении конфликтов интересов со стороны представителей местных органов власти (хокимиятов), просим сообщить об этих и других противоправных действиях работников данной системы.

«ПРИЗЫВАЕМ ВАС ВМЕСТЕ БОРОТЬСЯ С КОРРУПЦИЕЙ И С КОНФЛИКТАМИ ИНТЕРЕСОВ»

Филиал внутреннего контроля по борьбе с коррупцией Ташкентского областного хокимията:

☎️Телефоны доверия: (0 371) 200 88 11; +998 71 232 80 40
☎️Телефон Единой службы: (0 371) 232 80 73


Веб-сайт 👉 https://toshkentviloyati.uz/ak/murojaat-yuborish

Телеграм-ботt 👉 https://t.iss.one/tvh_antikor_bot

Примечание: только для сообщений о фактах коррупции или конфликтов интересов.

НЕРАЗГЛАШЕНИЕ СВЕДЕНИЙ ОБ ОБРАТИВШЕМСЯ – ГАРАНТИРУЕТСЯ.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish #Notification #Уведомление

Parkent. 23-24-avgust. Uzum sayliga marhamat!
__________

Parkent. August 23-24. Welcome to the grape festival!
__________

Паркент. 23-24 августа. Добро пожаловать на фестиваль виноградарства!

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish #Announcement

23-24-avgust kunlari Parkent tumani Zarkent qishlogʻida oʻtkaziladigan anʼanaviy “Uzum sayli” va xalqaro vinochilik festivaliga barchani taklif etamiz.

Tadbir doirasida uzum va qishloq xoʻjaligi yarmarkasi, ilmiy konferensiyalar boʻlib oʻtadi. Shou dasturlar, estrada xonandalari ishtirokida gala konsert kabi qator koʻngilochar tadbirlar ham oʻrin olgan.

Eslatib oʻtamiz; sayilga kirish bepul.
_________________

We invite everyone to the traditional "Uzum Sayli" (Grape Festival) and International Wine Festival, which will be held on August 23-24 in the village of Zarkent, Parkent district.

As part of the event, there will be a grape and agricultural fair, as well as scientific conferences. A range of entertainment activities, including show programs and a gala concert featuring pop singers, are also planned.

Please note: Entry to the festival is free.
__________________
#уведомление

Приглашаем всех на традиционный "Фестиваль Bиноградорства" и международный фестиваль виноделиякоторые пройдут 23-24 августа в кишлак Заркент Паркентского района!

В программе этого праздника состоятся ярмарка винограда и другой аграрной продукции, научные конференции. Также пройдут различные шоу, гала-концерт с участием звёзд эстрады и другие развлекательные мероприятия.

Напоминаем: вход на фестиваль - бесплатный.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish #Notification #Уведомление

Parkent. 23-24-avgust. Uzum sayliga marhamat!
__

Parkent. August 23-24. Welcome to the grape festival!
__

Паркент. 23-24 августа. Добро пожаловать на фестиваль виноградарства!

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish #Notification #Уведомление

Parkent. 23-24-avgust. Uzum sayliga marhamat!
__

Parkent. August 23-24. Welcome to the grape festival!
__

Паркент. 23-24 августа. Добро пожаловать на фестиваль виноградарства!

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
#Bildirish #Объявление

Jurnalist va blogerlar hamda Oʻzbekistonda akkreditatsiyadan oʻtgan xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari diqqatiga!

Sizlarni Toshkent viloyatining Parkent tumani Zarkent qishlog`ida joriy yil 23-24-avgust kunlari oʻtkaziladigan “Uzum sayli” xalqaro vinochilik festivaliga taklif etamiz.

Xalqaro darajadagi tadbirga qiziqish kattaligini inobatga olib, turli noqulayliklarning oldini olish maqsadida akkreditatsiyadan oʻtgan jurnalistlarga maxsus ruxsatnomalar beriladi.

Tadbirda ishtirok etish uchun jurnalist va blogerlar bugun roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun telefonlar:

📞 95 160 44 06

Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati.

____

Вниманию журналистов и блогеров, а также аккредитированных в Республике Узбекистан представителей иностранных средств массовой информации!

Приглашаем вас на Международный фестиваль виноградарства и виноделия “Uzum sayli”, который пройдёт 23-24 августа сего года в кишлаке Заркент Паркентского района Ташкентской области.

Учитывая тот факт, что внимание к этому мероприятию международного уровня высок, а также в целях избежать различные неудобства, получившим аккредитацию журналистам будут выдавать специальные пропуска.

Для участия в этом фестивале журналисты и блогеры должны пройти регистрацию сегодня.

Номер телефона для получения дополнительной информации:

📞 95 160 44 06

Пресс-служба хокимията Ташкентской области.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish #Announcement

Bugundan subsidiya uchun arizalar berish boshlanadi!

Subsidiya uchun kimga murojaat qilinadi?

Subsidiya olish uchun davlat xizmatlari markazi yoki Yagona intaraktiv davlat xizmatlari
portali orqali ariza beriladi.
__________

Starting today, applications for subsidies will be accepted

To whom to apply for Subsidy?!

To obtain a subsidy, applications can be submitted via the State Services Center or the Unified Interactive State Services
Portal.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
#Bildirish

Hurmatli tumandoshlar‼️

📣Parkent tumani hokimi fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida hokimga murojaat botini yoʻlga qoʻydi.

💬Oʻz murojaatlaringizni 👉@Parkent_hokimga_murojaat_bot👈 ga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllashingiz mumkin. Shu o'rinda tumanimiz fuqarolariga murojaat qilmoqchimiz. Sizning har bir murojaatingiz mutasaddilar nazoratida.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
#bildirish

“Kambagʻallikdan -farovonlik sari” dasturi ijrosi boʻyicha hududlarda maxsus shtablar tuzildi

Shtab faoliyati mahallalarda kambagʻal oilalarga biriktirilgan rahbarlar faoliyatini monitoring qilish hamda ularga amaliy ko‘mak berish maqsadida tashkil etilgan.

Shuningdek, aholining ham mazkur yo‘nalishda savol va murojaatlari qabul qilinadi.

Shtab raqamlari:

🔘 Toshkent viloyati 70 202 06 10;
🔘 Angren shahar 70 662 20 40;
🔘 Bekobod shahar 70 214 07 80;
🔘 Olmaliq shahar 70 614 00 08;
🔘 Ohangaron shahar 55 900 67 86;
🔘 Nurafshon shahar 70 762 58 38;
🔘 Chirchiq shahar 70 573 71 06;
🔘 Yangiyoʻl shahar 70 602 20 60;
🔘 Bekobod tumani 70 935 15 01;
🔘 Boʻka tumani 70 573 71 06;
🔘 Boʻstonliq tumani 70 742 77 01;
🔘 Zangiota tumani 70 975 23 60;
🔘 Ohangaron tumani 55 900 69 62;
🔘 Oqqoʻrgʻon tumani 70 202 04 42;
🔘 Parkent tumani 70 722 23 76;
🔘 Piskent tumani 55 900 35 81;
🔘 Toshkent tumani 20 010 01 63;
🔘 Yuqori Chirchiq tumani 70 983 19 01;
🔘 Oʻrta Chirchiq tumani 70 762 95 00;
🔘 Quyi Chirchiq tumani 70 567 21 20;
🔘 Qibray tumani 55 900 54 75;
🔘 Yangiyoʻl tumani 70 601 00 23;
🔘 Chinoz tumani 70 593 12 74;

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
#Bildirish #Уведомление

15-noyabrdan 15-dekabrgacha “Yongʻin havfsizligi oyligi” etib belgilandi

Toshkent viloyati hududida sodir boʻlishi
mumkin boʻlgan yongʻinlarni oldini olish, aholi xavfsizligini taʼminlash va profilaktik tadbirlarni tashkil etish maqsadida joriy yilning 15-noyabrdan 15-dekabrgacha “Yongʻin havfsizligi oyligi” oʻtkaziladi.

Aytish mumkin, viloyat hududida joriy yil boshidan buyon 845 ta yongʻin sodir boʻlganini qayd etish mumkin. Oqibatida 4 nafar fuqaro turli xildagi tan jarohatlari va 6 nafar fuqaroning vafot etdi. Tahlillarga asosan, sodir boʻlgan yongʻinlarning asosiy qismi aholi yashash uylariga toʻgʻri kelib, fuqarolar tomonidan yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilmasliklari oqibatida kelib
chiqmoqda.

Shunday ekan, barchani ogohlikka chaqirib qolamiz!
__________

С 15 ноября по 15 декабря пройдёт "Месячник пожарной безопасности"

В целях предотвращения возникновения возгораний и пожаров, обеспечения безопасности населения и организации профилактических мероприятий с 15 ноября по 15 декабря текущего года в Ташкентской области объявлено о проведении "Месячника пожарной безопасности".

Стоит отметить, что на территории Ташкентской области в текущем году зафиксировано 845 пожаров. В результате которых телесные повреждения различной степени получили 4 человека, 6 человек погибли.

Анализ показал: основная часть возгораний произошла в жилых домах и стала результатом нарушений гражданами правил пожарной безопасности.

Учитывая эти факты, призываем сограждан проявлять бдительность!

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
#Bildirish #Уведомление

Viloyatda ertadan bosqichma-bosqich issiqlik bilan taʼminlash boshlanadi

Toshkent viloyati hududida ijtimoiy soha obyektlari hamda turar joy binolarini isitish mavsumi 2024-yilning 8-noyabr kunidan boshlanadi. Bu haqda viloyat hokimining farmoyishi eʼlon qilindi.

В Ташкентской области с завтрашнего дня поэтапно начнётся отопительный сезон

На территории Ташкентской области отопление в социальные объекты будет подаваться с 8 ноября 2024 года. Об этом объявлено в соответствующем решении, подписанное хокимом области.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
#Bildirish #Уведомление

VILOYATDA "XAYR-EHSON OʻN KUNLIGI" DEKADASIGA START BERILDI

Joriy yilning 19-noyabridan 29-noyabriga qadar viloyatda "Xayr-ehson dekadasi" hamda "Oʻzbekiston Qizil yarim oy jamiyati viloyat tashkilotining insonparvarlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash xayriya oʻn kunligi" etib belgilandi.

Bu haqda, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning tegishli farmoyishi imzolandi.

Mazkur dekadani oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad – Oʻzbekiston Qizil yarim oy jamiyatini qoʻllab-quvvatlash, favqulodda vaziyatlar yuz bergan holatlarda aholiga toʻlaqonli insonparvarlik ishlarini amalga oshirish hamda buning uchun homiylar tomonidan ixtiyoriy va begʻaraz yordam koʻrsatish ishlarini tashkil qilishdan iboratdir.

Barchani mazkur xayriya aksiyasida faol bo`lishga chaqirib qolamiz!
__________

В Ташкентской области дан старт декаде "10 дней благотворительности"

Период с 19 ноября по 20 ноября текущего года определен как "Декада милосердия и благотворительности" и как "Десятидневка поддержки гуманитарной деятельности Ташкентского областного отделения Общества Красного Полумесяца Узбекистана".

Соответствующее распоряжение подписано хокимом Ташкентской области Зойиром Мирзаевым.

Основная цель проведения данной декады состоит в поддержке Общества Красного Полумесяца Узбекистана, оказания полноценной гуманитарной помощи пострадавшему от стихийных бедствий населению, а также организация безвозмездной и добровольной поддержки со стороны благотворителей.

Призываем всех принять активное участие в этой благотворительности акции!

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter