Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati
3.11K subscribers
23.2K photos
3.23K videos
128 files
10.8K links
Murojaat uchun: +99899 7946263
Telegram: @Botir_Shogulomov
Parkent tumani hokimligi Website
https://www.parkent-tum.uz/
Download Telegram
#Bilasizmi

🏫 Ta'lim muassasalarining o'quv xonalarida mashg'ulotlar o'tkazishda mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq o'quv xonalarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21º С, o'rtacha og'ir ishda 17º С va og'ir ishda 16º С dan past bo'lmasligi kerak.

Fizika o'quv laboratoriya xonasida muntazam ravishda harorat 18º С – 21º С, havoning namligi 40 – 60 foiz bo'lishi kerak.

🔹Ta'lim muassasasi hududidagi hojatxonalar issiq suv va kanalizasiya tizimiga ulangan bo'lishi lozim.

❗️ Ta'lim muassasasida kanalizatsiya tizimi yo'q bo'lganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda ta'lim muassasasida yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo'l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o'ralarining mavjud bo'lishiga ruxsat etiladi.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
#Bilasizmi

🏫 Dekabrning oxirgi 10 kunligi va yanvar oyining birinchi 10 kunligida o'rta maxsus, professional va OTM talaba (o'quvchi)larining har yilgi 2 haftalik qishki ta'tili o'tkaziladi.

➡️ Qishki ta'til kunlari talaba va o'quvchilar yashash joylariga borishlari va ta'lim muassasasiga o'z vaqtida qaytib kelishlari uchun vaqtincha ko'paytirilgan transport vositalari qatnovi yo'lga qo'yilishi nazarda tutilgan.

⚠️ Ta'til boshlanishidan 10 kun avvaldan chiptaning to'liq qiymatidan 50 % chegirma to'lovi asosida respublika ichida harakatlanuvchi tezyurar va yo'lovchi (yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlar va barcha yo'lovchi poezdlarning SV, VIP vagonlari bundan mustasno) poezdlariga hamda mahalliy aviareyslarga chiptalarning ekonom sinfi tarifi qiymatidan 50% chegirma to'lovi asosida sotuvini tashkil etish tavsiya etilgan.

☑️ Qishki ta'tilda o'quvchi va talabalarning shaharlararo avtobus qatnovi uchun imtiyozlar berilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
👍1
#Bilasizmi

🔰 Vrachlarga, o'rta va kichik tibbiyot xodimlariga, sog'liqni saqlash barcha muassasalari farmasevtika xodimlariga quyidagi ustamalar to'lanishi kerak:

🔹 uzluksiz ish staji 5 yildan 10 yilgacha – tarif stavkasining 5 foizi;

🔹 uzluksiz ish staji 10 yildan 15 yilgacha – tarif stavkasining 10 foizi;

🔹 uzluksiz ish staji 15 yildan 20 yilgacha – tarif stavkasining 15 foizi, oliy ma'lumotli hamshiralar uchun tarif stavkasining 20 foizi;

🔹 uzluksiz ish staji 20 yildan ortiq – tarif stavkasining 20 foizi, oliy ma'lumotli tibbiyot hamshiralari uchun tarif stavkasining 30 foizi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
👍2
#Bilasizmi

Bola 3 yoshga to'lguncha bolani parvarishlash ta'tillarida bo'lish vaqti, lekin hammasini jamlaganda ko'pi bilan 6 yil ishlangan vaqt ish stajiga qo'shib hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
👍1
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasi berilishi joriy etilgan.

Bolalar nafaqasining har oylik miqdori quyidagicha etib belgilangan:

3 yoshdan 18 yoshgacha 1 nafar farzand uchun – 250 ming so'm;
3 yoshgacha bo'lgan bitta kichik farzand uchun – 325 ming so'm;
oilaning ikkinchi farzandi uchun qo'shimcha – 150 ming so'm;
oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun – 100 ming so'mdan.

✔️Shuningdek, yolg'iz fuqarolarga, farzandi bo'lmagan yoki barcha farzandlari 18 yoshdan katta bo'lgan kam ta'minlangan oilalarga oylik 380 ming so'm moddiy yordam tayinlanadi.

📌
Ma'lumot uchun: bolalar nafaqasi 18 yoshgacha bolalar uchun 12 oygacha to'lanadi.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, xorijiy tillarni o'qitish bo'yicha eng yaxshi natijalarga erishgan maktablarni rag'batlantirish maqsadida Prezidenti sovrini ta'sis etilgan.

🗂 Bunda, sovrin uchun musobaqalar umumta'lim maktablari o'rtasida quyidagi 3 bosqichda tashkil etilib, quyidagicha miqdorda mukofotlanishi belgilangan:

1️⃣ bosqich — tuman va shaharlarda o'tkazilib, g'oliblar 100 mln so'mgacha;

2️⃣ bosqich — Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o'tkazilib, g'oliblar 250 mln so'mgacha;

3️⃣ bosqich — respublika miqyosida o'tkazilib, g'oliblar 500 mln so'mgacha.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
#bilasizmi #kadastrxizmati

⚡️Yer uchastkasining kadastr yig‘majildini tayyorlashda quyidagi ishlar bajariladi:

➡️yer uchastkasining geodezik o‘lchov natijasida topografik xaritalarini tayyorlash;

➡️yer kadastr ma’lumotlari, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi va cheklovchi hujjatlar hamda servitutlar mavjudligini o‘rganish;

➡️yer uchastkasini joyida xatlovdan o‘tkazish;

➡️yer uchastkasining chegaralari va umumiy maydonini huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlardagi ma’lumotlar bilan solishtirish va ularning farqini aniqlash;

➡️yer uchastkasining amaldagi maydoni huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlarda belgilangan maydondan ortiq bo‘lsa, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan erning chegarasini kadastr rejasiga tushirish;

➡️ko‘chmas mulk obyektini hisobdan o‘tkazish varaqasida yer haqidagi ma’lumotlarni kiritish.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
#Bilasizmi

💧 Qonunchilikka ko'ra, suvni tejaydigan texnologiyalar joriy qilingan yer maydonlari kamida 5 yil mobaynida maqbullashtirilmaydi va yer uchastkasi yoki uning bir qismi faqat qonunda belgilangan tartibdagina jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yilishiga ruxsat etilishi belgilangan.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
👍1
#Bilasizmi

❗️Oilaviy tadbirkorlik uchun 14 foizdan kredit beriladi


🔰 Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar yillik 14 foizda quyidagilar uchun ajratilishi belgilangan:

🔹oilaviy tadbirkorlik, daromad topish va faoliyatini kengaytirish uchun aholi va tadbirkorlarga – 3 oydan 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;

🔹chorvachilik, baliqchilik,
quyonchilik, asalarichilik, kurkachilik va parrandachilik, biogumus ishlab chiqarish, “dala do'konlari” qurish va ko'chma muzlatkichlarni o'rnatish uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilga;

🔹bog'dorchilik, uzumchilik va limonchilik,
issiqxona qurish, qishloq xo'jaligi texnikasi va asbob-uskunalarini xarid qilish uchun, artezian quduqlarini qazish uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha;

🔹oilaviy mehmon uylari, xostellar,
o'tov lagerlari majmuasi, avtokempinglar, ekouylar majmuasi, konteyner shaharchalar va chodirli lagerlar tashkil etish va ularni ta'mirlash uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 yilgacha;

🔹“Hunarmand” uyushmasi a'zolariga
asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xomashyo materiallarini xarid qilish uchun – 3 yilgacha muddatga hamda aylanma mablag'larini to'ldirish uchun 18 oygacha;

🔹charm-attorlik mahsulotlari, charmdan tayyor kiyimlar, oyoq kiyimlari, sport inventarlari, shuningdek furnitura, aksessuarlar va mo'ynachilik mahsulotlari ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xom ashyo materiallarini xarid qilish uchun — 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 yilgacha muddatga.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
👍4
#Bilasizmi

🔰Hozirgi kunda O'zbekiston hududida:


🔹mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so'm;

🔹bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so'm;

🔹pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 so'm;

🔹yoshga doir eng kam pensiya – 725 000 so'm;

🔹nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 800 000 so'm;

🔹mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 so'm;

🔹belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (725 000 so'mdan) 800 000 so'mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 800 000 so'm;

🔹zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 621 000 so'm;

🔹ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo'shimcha to'lovni hisobga olgan holda – 621 000 so'm.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
#Bilasizmi

❗️Ishga qabul qilinayotganda qanday hujjatlar so'raladi?


Qonunchilikka ko'ra, ishga qabul qilish chog'ida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

🔹pasport yoki uning o'rnini bosuvchi hujjat yoxud identifikasiyalovchi ID karta (16 yoshgacha bo'lgan shaxslar esa tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma yoki identifikasiyalovchi ID karta);

🔹oxirgi ish joyi bo'yicha tasdiqlangan qog'oz shaklidagi mehnat daftarchasi yoki elektron mehnat daftarchasidan ko'chirma (bundan birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar mustasno).

O'rindoshlik asosida ishga kirayotganlar mehnat daftarchasi o'rniga asosiy ish joyidan ma'lumotnoma;

🔹harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar uchun tegishincha harbiy guvohnoma yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma;

🔹oliy yoki o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim tashkilotini tamomlaganligi to'g'risidagi diplom;

qaysi ishni bajarish uchun faqat maxsus ma'lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega bo'lgan shaxslar qo'yilishi mumkin bo'lsa, o'sha ishga kirish chog'ida ushbu ishni bajarish huquqiga doir guvohnoma (sertifikat) yoxud boshqa tegishli hujjat;

🔹soliq to'lovchining identifikasiya raqami (STIR);

🔹jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami (JSHSHIR);

🔹jamg'arib boriladigan pensiya daftarchasi, birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
👍1
#Bilasizmi

❗️2024-yil 1-may kunidan aholi uchun belgilangan tabiiy gaz tariflari

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
👍3
#Bilasizmi

“Ayollar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan xotin-qizlarga asbob-uskuna, mehnat qurollari va boshqa sohalarda ishlatiladigan mehnat qurollari va apparatlarini xarid qilish uchun 7 million soʻmgacha Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda yoki 10 million soʻmgacha “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratilishi belgilangan.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
#Bilasizmi

❗️2-iyul – “O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to'g'risida”gi Qonun qabul qilingan kun


🔰 Qonunga muvofiq, Davlat gerbi O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir.

📌 O'zbekistonda istiqomat qiladigan barcha shaxs davlatimiz gerbini hurmat qilishlari shart.

▶️ Jinoyat kodeksiga asosan, Davlat gerbiga hurmatsizlik qilish BHMning 25 baravarigacha (8 mln 500 ming so'm) miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
👏1
#Isteʻmolchi_huquqlari #Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, o'ziga zarur sifatga ega bo'lmagan tovar sotilgan xaridor, agar nuqsonlar sotuvchi tomonidan aytilmagan bo'lsa, o'zining tanlashiga ko'ra sotuvchidan (oziq-ovqat tovarlariga nisbatan xaridor xarid qilingandan keyin 24 soat mobaynida bunday huquqqa ega bo'ladi) quyidagilardan birini talab etishga haqli:

🔹aynan shunday markadagi (model, artikuldagi) tovarga almashtirishni;

🔹xarid narxini tegishli ravishda qayta hisob-kitob qilgan holda boshqa marka (model, artikul)dagi aynan shunday tovarga almashtirishni;

🔹xarid narxi mutanosib ravishda kamaytirilishini;

🔹tovarning nuqsonlari darhol bepul bartaraf etilishini;

🔹tovarning nuqsonlarini bartaraf etish xarajatlari qoplanishini.

📌 Bunda xaridor zarur sifatga ega bo'lmagan tovar sotilganligi oqibatida o'ziga yetkazilgan zarar to'liq qoplanishini talab qilishga haqlidir.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
👍1
#Soliq_imtiyozlari #Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko‘ra, 2026-yil 1-yanvargacha 3 oydan ko‘p 30 tadan ortiq kasanachilarni jalb qilgan va u asosida ishlab chiqargan mahsulotlardan olgan daromadi jami daromadining 60 foizidan ko‘pni tashkil etgan tadbirkorlar uchun:

🔹foyda va aylanmadan olinadigan soliqning soliq bazasi 50 foizga kamaytirilib hisoblanadi;

🔹ayrim davlat mulklaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi 50 foiz miqdorda belgilanadi;

🔹davlat xaridlari doirasida tuziladigan shartnomalarda buyurtmachilar tomonidan 50 foiz oldindan to‘lov amalga oshirilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
👍3
#Soliq_imtiyozlari #Bilasizmi

⚡️ Fuqarolarning O'zbekistondagi professional va oliy ta'lim muassasalari kontrakti uchun to'lagan pulidan daromad solig'i undirilmaydi.

Ushbu imtiyozdan quyidagi hollarda foydalaniladi:

fuqaro o'zining kontraktini to'laganida;
ota-onalar farzandlari kontraktini to'laganida;
er-xotinlar 26 yoshga to'lmagan turmush o'rtog'i kontraktini to'laganida.

⚠️ Shuningdek, ushbu soliq imtiyozidan ta'lim krediti uchun to'langan pul uchun ham foydalanish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
👍2
#Bilasizmi

🔰Hozirgi kunda O'zbekiston hududida:


🔹mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori – 1 155 000 so'm;

🔹bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so'm;

🔹pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 428 000 so'm;

🔹yoshga doir eng kam pensiya – 834 000 so'm;

🔹nogironlik pensiyalari, ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 920 000 so'm;

🔹mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 920 000 so'm;

🔹belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (834 000 so'mdan) 920 000 so'mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 920 000 so'm;

🔹zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 745 000 so'm;

🔹ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo'shimcha to'lovni hisobga olgan holda – 745 000 so'm.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️"GRAFFIT" devorlarga giyohvandlik vositalari manzilini chizgan shaxslar 5 yilgacha qamalishi mumkin!



@BB_Tulyaganov
👍2
#Bilasizmi

⚡️Qonunchilikka ko'ra, Elektron raqamli imzolar (ERI) kalitlari egalarining huquq va majburiyatlari belgilangan bo'lib, ERI kaliti egasi quyidagilarga amal qilishi shart:

🔹ERIning yopiq kaliti xavfsizligini ta'minlash uchun barcha mumkin bo'lgan choralarni ko'rishi;

🔹ERIning kaliti boshqa shaxslar tomonidan foydalanilayotganligi yoki kirish rejimining buzilganligi aniqlangan taqdirda, ERI kalitining sertifikatini bergan ro'yxatga olish markazini darhol xabardor qilishi;

🔹tarqatilishi cheklangan axborotni o'z ichiga olgan elektron hujjatlarga imzo qo'yish uchun mo'ljallangan ERIning kalitidan faqat tegishli maqsadlarda foydalanishi.

Shuningdek, ERI kalitining egasi qonunchilikka va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo'lishi hamda uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
👍2