#Qonunchilikdagi_yangiliklar
“Kambag'allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-136-son, 11.09.2024 y.) qabul qilindi
🔰Farmonga ko'ra:
🔹Kambag'allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratga mas'ul bo'lgan Bosh prokuror o'rinbosari lavozimi kiritiladi;
🔹Bosh prokuraturaning tashkiliy-shtat tuzilmasida 7 ta shtat birligidan iborat Kambag'allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida qonunchilik ustidan nazorat boshqarmasi tashkil etiladi;
🔹Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalarida jami 28 ta shtat birligidan iborat Kambag'allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida qonunchilik ustidan nazorat bo'linmalari tashkil etiladi.
🗂 Yangi kiritilayotgan Bosh prokuror o'rinbosari zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
➖har haftada kamida bitta tuman(shahar)ga borib, kambag'al oilalarni reyestrga kiritish va chiqarishning haqqoniyligini o'rganish;
➖kambag'al oilalarga berilayotgan mablag'lar egasiga manzilli yetib borishini nazorat qilish;
➖kambag'allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida zimmasiga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmagan mas'ullarga nisbatan qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligini ta'minlash;
➖ijtimoiy himoya va kambag'allikni qisqartirish sohasida qabul qilinayotgan qonunlar talablari, Prezidentning Farmon va qarorlarida belgilangan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️Hududiy prokuraturalarda Kambag'allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida qonunchilik ustidan nazorat bo'linmalari tashkil etiladi

Hukumat Qarori (572-son, 13.09.2024 y) bilan “Modulli mehmonxonani qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratish tartibi to'g'risida”gi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.
⚡️ Unga ko'ra, subsidiya 2024-yil 1-oktyabrdan 2026-yil 1-noyabrgacha muvofiqlik sertifikati berilgan yangi tashkil etilgan hamda kamida 10 ta moduldan iborat bo'lgan modulli mehmonxona uchun uning toifasidan qat'i nazar ajratiladi.
🔍Subsidiya modulli mehmonxonada yaratilgan har bir joy uchun 1 mln so'mdan belgilanadi.
✅ Tadbirkor subsidiya olish uchun ariza taqdim etish vaqtida quyidagi talablarga javob berishi lozim:
➖soliq va yig'imlar bo'yicha qarzdorligi bo'lmasligi;
➖qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida bo'lmasligi;
➖faoliyati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vaqtincha to'xtatilgan bo'lmasligi;
➖sud qarori asosida to'lovga qobiliyatsiz deb e'lon qilingan bo'lmasligi;
➖modulli mehmonxonaga berilgan muvofiqlik sertifikati hamda yer uchastkasiga bo'lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat mavjudligi.
📝 Subsidiya olish uchun tadbirkor davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali Turizm qo'mitasiga belgilangan shaklda ariza bilan murojaat qiladi.
🏢 Qo'mita ariza kelib tushgan kundan 15 ish kunida uning Nizomda belgilangan talablarga muvofiqligini joyiga chiqqan holda o'rganib chiqadi.
📜 Qo'mita arizani o'rganib chiqib, 1 ish kunida subsidiya berish yoki berishni rad etish to'g'risida qaror qabul qiladi hamda qarorning elektron nusxasini qaror qabul qilingan kundan e'tiboran 1 ish kunida ariza beruvchiga yuboradi.
🗓 Nizom 2024-yil 1-oktyabrdan 2026-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️Modulli mehmonxona qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratiladi

👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Manba: PQ-311-son, 05.09.2024 y.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️Davlat tibbiy sug'urtasi doirasida bepul tibbiy xizmatlar ko'rsatiladi va dorilar beriladi
Manba: PQ-311-son, 05.09.2024 y.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
🔹Aholi turmush farovonligi yanada oshiriladi ➖ Manba: (PF-143-son, 23.09.2024 y.);
🔹Kambag'al oilalar reyestri shakllantiriladi ➖ Manba: (PF-143-son, 23.09.2024 y.);
🔹Eng og'ir ahvoldagi 1000 ta mahalla infratuzilmasi yaxshilanadi ➖ Manba: (PQ-330-son, 23.09.2024 y.);
🔹Kambag'al oilalar farzandlari davlat bog'chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi ➖ Manba: (PQ-330-son, 23.09.2024 y.);
🔹Rahbarlar va ularning o'rinbosarlariga og'ir ahvoldagi kambag'al oilalar biriktiriladi ➖ Manba: (PQ-330-son, 23.09.2024 y.);
🔹Xokkey sporti yanada rivojlantiriladi ➖ Manba: (PQ-334-son, 23.09.2024 y.);
🔹Turkmaniston bilan mudofaa sohasida hamkorlik qilinadi ➖ Manba: (O'RQ-965-son, 24.09.2024 y.);
🔹Turkiya bilan mudofaa sanoati sohasida hamkorlik qilinadi ➖ Manba: (O'RQ-966-son, 24.09.2024 y.);
🔹Tibbiy va sog'lomlashtirish turizmi yanada rivojlantiriladi ➖ Manba: (PQ-335-son, 23.09.2024 y.);
🔹Turizm qo'mitasiga qo'shimcha vazifalar yuklatildi ➖ Manba: (PQ-335-son, 23.09.2024 y.);
🔹Xitoy bilan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik qilinadi ➖ Manba: (PQ-336-son, 23.09.2024 y.);
🔹Chang bo'ronlariga qarshi kurashish bo'yicha milliy dastur tasdiqlandi ➖ Manba: (PQ-338-son, 24.09.2024 y.);
🔹Yoqilg'i sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanadi ➖ Manba: (PQ-338-son, 24.09.2024 y.).
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️Hafta davomida qabul qilingan qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishing:

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-967-son, 27.09.2024 y.) bilan “Aholi bandligi to'g'risida”gi Qonunga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi
🔰 Unga ko'ra, ish qidirayotgan shaxslarning mehnat organlariga ortiqcha hujjatlar taqdim etishiga yo'l qo'yilmasligini, bandlikni rag'batlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun subsidiyalar taqdim etish mexanizmi takomillashtirilishini nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda.
🔍 Shuningdek, ish beruvchilar tomonidan mahalliy mehnat organlariga bo'sh (vakant) ish o'rinlari mavjudligi to'g'risidagi ma'lumotlarni, xodimlarning ishdan bo'lg'usi ozod etilishi haqidagi axborotni har oyda elektron tarzda taqdim etish shartlari belgilanmoqda.
📝 Bundan tashqari, Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligining hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining nomlanishi aniqlashtirilmoqda, shuningdek oilaviy (maishiy) zo'ravonlikdan jabrlangan shaxslar aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifasiga kiritilmoqda.
📌Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️Mahalliy mehnat organlariga murojaat qilayotgan fuqarolardan ortiqcha hujjatlar talab etilishining oldi olinadi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-967-son, 27.09.2024 y.) bilan “Aholi bandligi to'g'risida”gi Qonunga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi
🔰 Unga ko'ra, ish qidirayotgan shaxslarning mehnat organlariga ortiqcha hujjatlar taqdim etishiga yo'l qo'yilmasligini, bandlikni rag'batlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun subsidiyalar taqdim etish mexanizmi takomillashtirilishini nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda.
🔍 Shuningdek, ish beruvchilar tomonidan mahalliy mehnat organlariga bo'sh (vakant) ish o'rinlari mavjudligi to'g'risidagi ma'lumotlarni, xodimlarning ishdan bo'lg'usi ozod etilishi haqidagi axborotni har oyda elektron tarzda taqdim etish shartlari belgilanmoqda.
📝 Bundan tashqari, Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligining hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining nomlanishi aniqlashtirilmoqda, shuningdek oilaviy (maishiy) zo'ravonlikdan jabrlangan shaxslar aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifasiga kiritilmoqda.
📌Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
👍1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
“Rahbar kadrlarni baholash markazini tashkil etish to'g'risida”gi Hukumat Qarori (629-son, 04.10.2024 y.) qabul qilindi
🔰 Qarorga ko'ra, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi muassisligida Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi.
✔️ Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:
🔹ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar asosida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun bazaviy, alohida lavozim yoki lavozimlar guruhi uchun kompetensiyalar modeli hamda indikatorlarini ishlab chiqish;
🔹davlat fuqarolik xizmatchilarini shaxsiy-professional diagnostika qilish, kompetensiyalar modeli asosida kompleks baholash;
🔹kompetensiyalarni baholash jarayonida foydalanish uchun doimiy ravishda yangi uslublarni ishlab chiqish, o'zlashtirish va joriy qilish;
🔹kompetensiyalarni baholash natijalari asosida rahbar kadrlar uchun shaxsiy-professional rivojlanish trayektoriyasini ishlab chiqish va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirish;
🔹rahbarlik lavozimiga nomzodlarni umumiy kasbiy bilimi, qadriyatlari va aqliy salohiyatini aniqlash bo'yicha test sinovlarini hamda psixologik so'rovnomalar o'tkazish;
🔹rahbar kadrlar faoliyati samaradorligini baholash va monitoring qilish, kadrlarga bo'lgan ehtiyojni prognoz qilish, ularni saralab olish va joy-joyiga qo'yish jarayonlariga raqamli texnologiyalarini va zamonaviy usullarni keng joriy etish;
🔹faoliyatining asosiy yo'nalishlari bo'yicha ekspert-tahliliy faoliyat, ilmiy tadqiqot va izlanishlarni olib borish.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi

👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Manba: PF-158-son 14.10.2024 y.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️Kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog'i tashkil etiladi
Manba: PF-158-son 14.10.2024 y.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
👍1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
“O'quvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-393-son, 15.11.2024) qabul qilindi
🔰 Qarorga ko'ra, 2025/2026 o'quv yilidan boshlab umumiy o'rta (Prezident, ijod, ixtisoslashgan ta'lim muassasalari) ta'lim tashkilotlarida chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fani nufuzini oshirish va uning rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan yangi tizim joriy etiladi.
⚡️Yangi tizimga ko'ra:
➖“Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg'usi, faol hayotiy pozisiya” tamoyiliga asosan yangilangan ChQBT fanining o'quv dasturi va darsliklari yaratiladi;
➖ta'lim tashkilotlarida ChQBT fani haftasiga ikki soatdan o'qitiladi.
❗️2025 yil 1 iyundan ta'lim tashkilotlarida ChQBT rahbari lavozimi joriy etiladi.
➡️Shuningdek, ta'lim tashkilotlarida:
🔹o'quvchilar o'rtasida kibersport, dron va robototexnika, kelajak o'yinlari bo'yicha alohida tanlovlar hamda harbiy-sport musobaqalari o'tkaziladi;
🔹ziyolilar va nuroniylar ishtirokida “uch avlod uchrashuvlari” tashkil etiladi;
🔹harbiy xizmatchilar tomonidan motivasion suhbatlar va mahorat darslari olib boriladi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️ O'quvchilar o'rtasida kibersport, dron va robototexnika, kelajak o'yinlari bo'yicha alohida tanlovlar o'tkaziladi

“Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-402-son, 22.11.2024) qabul qilindi
🔰Qarorga ko'ra, tibbiyotning birlamchi bo'g'inida 30–65 yoshdagi ayollarning elektron bazasi (ro'yxati) shakllantiriladi, ularni tibbiy ko'rikka taklif qilish tizimi yaratiladi.
⚡️Har yili 30–50 yoshdagi ayollarda bachadon bo'yni saratoni skriningi odam papillomasi virusini polimeraza zanjirli reaksiya tekshiruvi usuli orqali aniqlash hamda suyuqlik sitologiyasi usulida tekshirish yo'li bilan amalga oshiriladi.
📝30–65 yoshdagi ayollar har 2 yilda bir marotaba tibbiyot xodimlari tomonidan birlamchi saralashdan o'tkaziladi.
❗️Skrining natijasida onkologik kasallikka chalinganligi aniqlangan bemorlarni tashxislash va davolash bilan bog'liq xarajatlar byudjet hisobidan moliyalashtiriladi.
🗓2025 yil 1 yanvardan boshlab:
➖onkonazorat xonalari uchun akusher-ginekolog shifokor hamda mobil va stasionar mammograflar ishini 2 ta smenada tashkil etish uchun rentgen-laborantlar shtatlari joriy etiladi;
➖Mammografiya tasvirini o'qish markazi tashkil etiladi;
➖odam papilloma virusi diagnostikasi uchun qo'llanadigan test tizimlari sifatini nazorat qilish bo'yicha referens-laboratoriya faoliyati yo'lga qo'yiladi;
➖bachadon bo'yni va ko'krak bezi saratoni skriningiga nodavlat tibbiyot tashkilotlari jalb qilinadi.
✅2025 yil 1 mayga qadar:
🔹bachadon bo'yni saratoni skriningi va ko'krak bezi saratonini erta aniqlash sifatini baholash va monitoring qilib borish tizimi;
🔹skrining dasturiga kiritilgan ayollar bilan qayta aloqa qilish tizimi joriy etiladi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️Onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi

“Madaniyat va san'at, axborot-kutubxona va muzeylar sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar ish haqi miqdorlarini oshirish to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-400-son, 22.11.2024) qabul qilindi
🔰Qarorga ko'ra, davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi quyidagi miqdorlarda oshiriladi:
➖2025 yil 1 yanvardan boshlab – 20 foizga;
➖2025 yil 1 iyuldan boshlab – yana 15 foizga oshiriladi.
✅Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlarida faoliyat ko'rsatayotgan xodimlarning ish samaradorligini baholash (KPI) tizimi joriy qilinadi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshiriladi
“Madaniyat va san'at, axborot-kutubxona va muzeylar sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar ish haqi miqdorlarini oshirish to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-400-son, 22.11.2024) qabul qilindi
🔰Qarorga ko'ra, davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi quyidagi miqdorlarda oshiriladi:
➖2025 yil 1 yanvardan boshlab – 20 foizga;
➖2025 yil 1 iyuldan boshlab – yana 15 foizga oshiriladi.
✅Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlarida faoliyat ko'rsatayotgan xodimlarning ish samaradorligini baholash (KPI) tizimi joriy qilinadi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
👍1👏1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
🔹Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etiladi ➖ Manba: (PQ-428-son, 10.12.2024 yil);
🔹YAngidan tashkil qilingan tadbirkorlar rivojlanishini baholash ko'rsatkichlari maqbullashtiriladi ➖ Manba: (PF-214-son, 10.12.2024 y.);
🔹O'zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasining faoliyati samaradorligi oshiriladi ➖ Manba: (PQ-434-son, 13.12.2024 y.);
🔹Ayrim qishloq xo'jaligi texnikalari bojxona boji va utilizatsiya yig'imidan ozod qilinadi ➖ Manba: (PQ-431-son, 12.12.2024 y.);
🔹Agrotexnik xizmatlarni ko'rsatuvchilar yer solig'i va mol-mulk solig'ini kamaytirilgan holda to'laydi ➖ Manba: (PQ-431-son, 12.12.2024 y.).
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️Hafta davomida qabul qilingan qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishing:
🔹Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etiladi ➖ Manba: (PQ-428-son, 10.12.2024 yil);
🔹YAngidan tashkil qilingan tadbirkorlar rivojlanishini baholash ko'rsatkichlari maqbullashtiriladi ➖ Manba: (PF-214-son, 10.12.2024 y.);
🔹O'zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasining faoliyati samaradorligi oshiriladi ➖ Manba: (PQ-434-son, 13.12.2024 y.);
🔹Ayrim qishloq xo'jaligi texnikalari bojxona boji va utilizatsiya yig'imidan ozod qilinadi ➖ Manba: (PQ-431-son, 12.12.2024 y.);
🔹Agrotexnik xizmatlarni ko'rsatuvchilar yer solig'i va mol-mulk solig'ini kamaytirilgan holda to'laydi ➖ Manba: (PQ-431-son, 12.12.2024 y.).
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Manba: PF-214-son, 10.12.2024 y.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️Yangidan tashkil qilingan tadbirkorlar rivojlanishini baholash ko'rsatkichlari maqbullashtiriladi
Manba: PF-214-son, 10.12.2024 y.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
“Qishloq xo'jaligi maydonlaridagi qo'shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko'paytirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-465-son, 30.12.2024 y.) qabul qilindi
🔰 Qarorga ko'ra, dala chetlari hamda aholi tomorqasi, xonadonlar va ko'p qavatli uylar oldi, mahallaning ichki ko'chalarida qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirish tizimini takomillashtirish bo'yicha quyidagi yangi tartib joriy etiladi:
🔘 qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirishni tashkil qilish bo'yicha:
🔹O'simliklar karantini va himoyasi agentligiga dala chetlarida hamda aholi tomorqasi, xonadonlar va ko'p qavatli uylar oldi, mahallaning ichki ko'chalarida mahsulot yetishtirish, qishloq xo'jaligi subyektlariga urug' va ko'chatlar yetkazib berish hamda yetishtirilgan mahsulotlarni eksportga yo'naltirishni tashkil qilish vazifasi yuklatiladi;
🔹Agentlik yil davomida daromadli ekinlar ekish va ularni eksport qilish uchun meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlarning talablarini o'rganadi.
🔘 dala chetlaridan samarali foydalangan qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha:
🔹ichki fitosanitariya sertifikati bir yil davomida bepul beriladi;
🔹dala chetlariga ekilgan “in-vitro” usulida yaratilgan mevali payvandtagli ko'chatlarni sotib olish xarajatlarining 50 foizi miqdorida, biroq har bir mevali payvandtagli ko'chatga 25 ming so'mdan oshmagan holda Agrosanoatni rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg'armasidan belgilangan tartibda subsidiya ajratiladi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish tizimi takomillashtiriladi

“Qishloq xo'jaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo'yicha navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-18-son, 03.02.2025 y.) qabul qilindi
🔰 Farmonga ko'ra, qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini ajratishda, tajriba-sinov tariqasida, ijaraga oluvchilarning mustaqilligi va yuqori qo'shilgan qiymatga ega ekinlar yetishtirishga asoslangan yangi tizim yaratiladi.
✔️ Yangi tizim doirasida:
🔹yer uchastkalari konturlar yaxlitligi va sug'orish tizimini buzmagan holda 3 gektardan 50 gektargacha bo'lgan o'lchamlarda “E-auksion”da savdolarga chiqariladi;
🔹elektron onlayn auksion savdolarida yashash joyidan, tashkiliy-huquqiy shaklidan, boshqa yer uchastkasi bor yoki yo'qligidan qat'i nazar, barcha jismoniy va yuridik shaxslar (rezidentlar), shu jumladan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ishtirok etishi mumkin.
⚠️ Yangi tizim doirasida elektron onlayn auksion g'olibi – ijaraga oluvchi Yer kodeksida belgilangan huquqlar va majburiyatlar bilan birga quyidagi huquqlarga ega bo'ladi, jumladan:
▪️yer uchastkasidan 49 yil ijara huquqi asosida foydalanish;
▪️qishloq xo'jaligi ekinlarining turlari, navlari va hajmlarini mustaqil ravishda belgilash;
▪️yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish;
▪️dala chetida 20 sotixdan ko'p bo'lmagan, qishloq xo'jaligiga xizmat ko'rsatuvchi obyektlarni joylashtirish.
Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬 Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
❗️Qishloq xo'jaligi ekin maydonlari unumdorligi oshiriladi

👍3🤔2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
“Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari faoliyatining samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident farmoni (PF-41-son, 04.03.2025 y.) qabul qilindi
🔰 Farmonga ko'ra, 2025-yilda maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko'rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:
🔹maxsus iqtisodiy zonalarda 2,3 milliard AQSH dollari miqdoridagi investisiyalarni o'zlashtirish, eksport hajmini 1 milliard AQSH dollariga yetkazish, ishlab chiqarish hajmini 4,3 milliard AQSH dollariga teng miqdorda ta'minlash va 12 mingta yangi doimiy ish o'rinlarini yaratish;
🔹sanoat zonalarida 800 million AQSH dollari miqdoridagi investisiyalarni o'zlashtirish, eksport hajmini 512,2 million AQSH dollariga yetkazish, ishlab chiqarish hajmini
1,8 milliard AQSH dollariga teng miqdorda ta'minlash va 17 mingta yangi doimiy ish o'rinlarini yaratish.
✅ Yangi barpo etiladigan ixtisoslashtirilgan zonalar faqat maxsus iqtisodiy zona yoki sanoat zonasi shaklida tashkil etiladi.
📜 Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyati bo'yicha faqat eksportga yo'naltirilgan loyihalarga ixtisoslashgan, maydoni o'ralgan maxsus eksport zonasi turida ham tashkil etilishi mumkin.
🚫 Maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko'rsatish muddatiga oid cheklovlar bekor qilinadi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalar faoliyati samaradorligi oshiriladi

❗️ “Birinchi imkoniyat” tamoyili doirasida ayrim sohalardagi maʼmuriy huquqbuzarlikni ilk bor sodir etgan kichik tadbirkorlik subyektlari maʼmuriy javobgarlikdan ozod etiladi
⚠️Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-iyuldan:
🔸2028-yil 1-yanvarga qadar kichik va o‘rta biznes subyektlari zimmasiga yangi majburiyatlar yuklatilishini nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga moratoriy eʼlon qilinadi;
🔸tadbirkorlik subyektlariga yangi tartibga solish vositalarini belgilashni yoki amaldagilarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan “yagona sanadan yangi qoidalar” tamoyili qo‘llanadi va ushbu normalarning kuchga kirish sanasi 1-yanvar yoki 1-iyul etib belgilanadi;
🔸2028-yil 1-yanvarga qadar “Birinchi imkoniyat” tamoyili joriy etiladi va uning doirasida birinchi faoliyat yili davomida savdo va tadbirkorlik sohalariga oid maʼmuriy huquqbuzarlikni ilk bor sodir etgan kichik tadbirkorlik subyektlari maʼmuriy javobgarlikdan ozod etiladi.
✅2025-yil 1-sentyabrdan boshlab quyidagi mezonlarga bir vaqtning o‘zida javob beruvchi kichik va o‘rta biznes subyektlarining faoliyatini ixtiyoriy ravishda tugatishda soliq tekshiruvi o‘tkazilmaydi:
🔹oxirgi uch yilda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi 10 milliard so‘mdan oshmagan;
🔹byudjet va kreditorlar oldida qarzdorligi mavjud bo‘lmagan hamda muntazam ravishda soliq hisobotlarini taqdim etayotgan;
🔹“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida huquqbuzarlik sodir etish xavfi past darajada tasniflangan.
✔️Shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tijorat banklari hamda venchur jamg‘armalar bilan birgalikda 2026-yil 1-aprelga qadar xorijdan 50 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘larni jalb qilishi belgilangan.
👉 Manba

📌Orol madaniyat sammiti o‘tkaziladi➖ Manba: PQ-130-son, 28.03.2025 y.;
📌Qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanish samaradorligi oshiriladi ➖ Manba: PQ-131-son, 28.03.2025 y.;
📌Bojxona organlari faoliyati samaradorligi oshiriladi ➖Manba: PF-57-son, 25.03.2025 y.;
📌Bojxona sohasida sunʼiy intellekt texnologiyalari joriy etiladi ➖Manba: PQ-122-son, 25.03.2025 y.;
📌Energiya samaradorligi milliy agentligi tashkil etiladi ➖Manba: PF-63-son, 27.03.2025 y.;
📌Aholi tomorqalari va yer maydonlaridan samarali foydalanish tashkil etiladi ➖Manba: VMQ–191-son, 28.03.2025 y.;
📌Energiya resurslari behuda sarflanishining oldini olish tizimi takomillashtiriladi ➖Manba: PQ-133-son, 01.04.2025 y.;
📌Yo‘lovchi tashish faoliyatini tartibga solish takomillashtiriladi ➖Manba: VMQ–200-son, 02.04.2025 y.;
📌Mikro gidroelektr stansiyalari tarmog‘i rivojlantiriladi➖Manba: PQ-129-son, 28.03.2025 y.;
📌Respublikaning ayrim hududlari jadal kompleks rivojlantiriladi➖Manba: PQ-132, 01.04.2025 y..
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
🗓 Hafta davomida qabul qilingan qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishing:

📃 Qarorga ko'ra, voyaga yetmaganlar banklarda hisobraqamlari va bank kartalarini ochishi bo'yicha talablar ishlab chiqiladi.
✔️ Banklar ota-onalarni ularning voyaga yetmagan farzandlari bilan bog'liq shubhali (frod) operasiyalar haqida xabardor qilish amaliyotini yo'lga qo'yadi.
☑️ Banklar va to'lov tashkilotlari tomonidan o'zining mobil ilovalariga antivirus himoya tizimlarini o'rnatish hamda foydalanuvchi qurilmasida zararli dasturlar belgilari mavjudligi aniqlanganda ularni ogohlantirish amaliyoti joriy etiladi.
🔴 Ichki ishlar organlari mas'ul bo'linmalari so'roviga asosan shubhali pul o'tkazma amaliyotlariga aloqador bank kartalari tezkorlik bilan bloklanadi.
📋 Tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov davomida sodir etilgan kiberjinoyatlar yuzasidan kiberxavfsizlik talablariga rioya qilinganligi bo'yicha xulosa “Kiberxavfsizlik markazi” DUK tomonidan beriladi.
🏢 SHuningdk, Kiberjinoyatlarga qarshi kurashishga va raqamli tergovga ko'maklashish markazi tashkil etiladi.
📝 Kiberjinoyatlarni fosh etish, ularni tergov qilish amaliyotidagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo'yicha ilmiy asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish Markazning asosiy yo'nalishlaridan biri etib belgilandi.
Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬 Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
❗️ Voyaga yetmaganlar bank kartalarini ochishi bo'yicha talablar ishlab chiqiladi

Telegram
Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar uchun jazo choralari kuchaytiriladi
“Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar…

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Manba: O'RQ-1058-son, 17.04.2025-yil
Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬 Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
❗️Tadbirkorlar tomonidan moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati kengaytiriladi
Manba: O'RQ-1058-son, 17.04.2025-yil
Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬 Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
“O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tkazish to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–1074-son, 10.07.2025 y.) qabul qilindi.
🔰 Qonunga ko'ra, shaxslarning yashashi uchun uy-joy maydonini beruvchi turar joy mulkdori yoki uni tasarruf etish huquqiga ega shaxs ushbu shaxslarni yashash joyi yoki turgan joyi bo'yicha o'z vaqtida ro'yxatdan o'tkazishi kerak.
📋 Joylashtirish vositalarida turgan shaxslarni turgan joyi bo'yicha xabardor qilish tartibida ro'yxatdan o'tkazish mas'ul xodimlar tomonidan “E-mehmon” tizimi orqali amalga oshiriladi.
📝 O'zbekistonning xorijda doimiy yashovchi fuqarolari O'zbekistonga kirgan kundan 10 ish kunidan kechiktirmay yashash joyi yoki turgan joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tishi shart.
✔️ O'zbekiston fuqarolarini yashash joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tkazish quyidagilarda amalga oshiriladi:
▪️ ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'linmalarida;
▪️ davlat xizmatlari markazlarida;
▪️ YIDXP (my.gov.uz) orqali.
🔗 Yashash joyi va turgan joy bo'yicha ro'yxatdan o'tkazishda uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga rioya etish talab qilinadi.
Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬 Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
❗️ Fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni yashash joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tkazish tartibi belgilandi