Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim_sana
Toshkent viloyati 86 yoshda
Bugun yodga olarli kun. Toshkent viloyati 86 yoshga toʻldi. 1938-yilning 15-yanvar kunida O‘zbekiston SSR tarkibida tashkil qilingan. Yurtimizning eng salohiyatli, iqtisodiy jihatdan yuksak darajada rivojlangan hududi hisoblanadi.
Viloyatning ma’muriy markazi – Nurafshon shahridir. Toshkent viloyatida 15 ta tuman va 7 ta shahar mavjud.
🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter

Bugun, 9-aprel – Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi. Amir Temur ibn amir Tarag‘ay 1336-yilning 9-aprelida Kesh (Shahrisabz)ning Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uning onasi Takinaxonim, otasi amir Muhammad Taragʻay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamo-yu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi boʻlgan.
Amir Temur tabiatan ogʻir, bosiq, teran fikrli va idrokli hamda nihoyatda ziyrak, kishilardagi qobiliyat, fazilat, ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab oladigan inson boʻlgan.
Sohibqiron Amir Temur Koʻragon 1405-yilning 18-fevral kuni, chorshanba kuni Shaʼvon oyining oʻn yettisida vafot etgan va Samarqandda Amir Temur maqbarasiga dafn etilgan.
🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte

👍1
#Muhim_sana
15-may-Xalqaro oila kuni
Oila jamiyatimizning boshlang‘ich bo‘g‘ini, elimizning go‘zal urf-odatlari va qadriyatlarini o‘zida asrovchi muqaddas mo‘jaz maskan. Ezguliklar oiladan boshlanadi, undan mahallaga ko‘chadi, jamiyatga kirib boradi.
BMT Bosh Assambleyasining 1993-yil 15-may kunidagi rezolutsiyasiga asosan ushbu kun butunjahon oila kuni (International Day of Families) deb eʼtirof etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyun kunidagi “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-3808 qaroriga asosan 15-may - Xalqaro oila kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi.
Oila jamiyatning asosiy elementi sifatida insoniy qadriyatlar, madaniyat va avlodlarning tarixiy davomiyligi, barqarorlik hamda rivojlanish omili bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Oila tufayli davlat mustahkamlanadi va xalqning turmush farovonligi ortadi.
Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬 Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website

O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to'ldi
1989-yilning 21-oktyabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha "Davlat tili to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lgan ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi.
Shuningdek, 2020-yilning 10-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O'zbek tili bayrami kunini belgilash to'g'risida»gi qonunni imzoladi.
Qonunga asosan, 21-oktyabr O'zbek tili bayrami kuni etib, belgilangan.
✅ Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 Instagram✅Facebook 🕊Twitter

👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim_sana
Bugun Toshkent viloyati tashkil topgan kun
1938 yilda tashkil topgan bo‘lib, viloyat tarkibida 15 ta tuman, 7 shahar, 18 shaharcha bor. Ma’muriy markazi — Nurafshon shahri. Hudud O‘zbekistonning shimoli-g‘arbida, Tyan-Shan tog‘i bilan Sirdaryo daryosi oralig‘ida joylashgan.
Hududi: 15,3 ming km².
Aholisi: 3 108 529 kishi.

4-mart – Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topgan kun
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, shuningdek, aholi hayoti va salomatligini, moddiy va ma’naviy qadriyatlarini muhofaza qilishda fidokorona xizmat qilib kelayotgan soha xodimlarini sana munosabati bilan samimiy qutlaymiz.
Sizga mustahkam sog‘lik, faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, oilalaringizga sihat-salomatlik hamda xotirjamlik tilaymiz!

Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#Muhim_sana
27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni!
Sana munosabati bilan barcha jurnalist va blogerlar, matbuot sohasi fidoiylarini samimiy muborakbod etamiz!
Sizlar orqali jamiyatimizda yuz berayotgan muhim voqealar keng jamoatchilikka yetkaziladi, haqqoniy va xolis axborotga ega bo‘lish imkoniyati yaratilgan.
Aytish mumkinki, bugungi kunda Toshkent viloyatida 48 nomdagi bosma ommaviy axborot vositalari, shu jumladan 22 ta tuman va shahar hokimliklari muassisligidagi gazetalar faoliyat olib bormoqda.
Shuningdek, “Nurafshon TV” viloyat teleradiokanali o‘z dasturlari orqali jamiyatning barcha qatlamlarini qamrab olgan holda muhim mavzularni yoritishda davom etmoqda.
Albatta, zamonaviy axborot maydonida blogerlarning ham o‘rni beqiyos. Viloyatimizda turli yo‘nalishlarda ijod qilayotgan 2000 nafardan ziyod blogerlar faoliyat yuritayapti.
Jurnalist va axborot sohasi vakillariga sihat-salomatlik, fidokorona mehnatlarida yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube 🌐 Instagram✅ Facebook 🕊 Twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM