Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati
3.12K subscribers
21.2K photos
3.01K videos
126 files
10.1K links
Murojaat uchun: +99899 7946263
Telegram: @Botir_Shogulomov
Parkent tumani hokimligi Website
https://www.parkent-tum.uz/
Download Telegram
Саломатлигингизда ўзгаришлар сезяпсизми? Эҳтимол бу кунлик рацион ва тўғри овқатланиш билан боғлиқдир.

Кунлик туз ва шакар истеъмоли миқдорини биласизми?

Неча маҳал ва қанча миқдорда овқатланиш мақсадга мувофиқ?
〰️〰️〰️〰️〰️

➡️ Юқоридаги инфографикада соғлом турмуш гарови бўлган соғлом овқатланиш алифбоси тақдим этилган.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
#Muhim_sana

Bugun, 9-aprel – Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi. Amir Temur ibn amir Tarag‘ay 1336-yilning 9-aprelida Kesh (Shahrisabz)ning Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uning onasi Takinaxonim, otasi amir Muhammad Taragʻay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamo-yu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi boʻlgan.

Amir Temur tabiatan ogʻir, bosiq, teran fikrli va idrokli hamda nihoyatda ziyrak, kishilardagi qobiliyat, fazilat, ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab oladigan inson boʻlgan.

Sohibqiron Amir Temur Koʻragon 1405-yilning 18-fevral kuni, chorshanba kuni Shaʼvon oyining oʻn yettisida vafot etgan va Samarqandda Amir Temur maqbarasiga dafn etilgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
#live
#sessiya

⚡️⚡️⚡️Ayni damda Parkent tuman hokimligida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining toʻqson birinchi sessiyasi bo’lib o’tmoqda

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
‼️ Hurmatli Toshkent viloyati aholisi va mehmonlari!

Hayit bayrami munosabati bilan eʼlon qilingan dam olish kunlarida Parkent tumaniga tashrif buyuruvchi fuqarolarning soni ortishi inobatga olinib, tirbandliklarni oldini olish maqsadida joriy yilning 10-11-12-13-aprel kunlari  4R15 “Qiziltogʻ sh. — Parkent sh. — Yangibozor q.” avtomobil yoʻlining 44 va 48 kilometr oraliqlarida transport vositalarining harakati bir tomonlama tashkil etiladi.

Ushbu oʻzgarishda Soʻqoq dam olish maskaniga borgan haydovchilarimiz uchun ushbu yoʻlning 48 kilometrida Parkent shahriga avtomobil harakati toʻlik cheklanadi va Toshkent shahriga 4R16 “Bardankoʻl k.-Jumabozor k.-
Kiziltog sh.” avtomobil yoʻli orqali qaytishlari mumkin boʻladi. 

Batafsil izoh videoda👆📹

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
#sessiya

⚡️⚡️⚡️ Parkent tuman hokimligida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining toʻqson birinchi sessiyasi bo’lib o’tdi

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati
#sessiya ⚡️⚡️⚡️ Parkent tuman hokimligida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining toʻqson birinchi sessiyasi bo’lib o’tdi Kanalga ulanish: ⬇️⬇️⬇️ 💬 Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
#sessiya

⚡️⚡️⚡️Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining to’qson birinchi sessiyasi bo’lib o’tdi


📌Bugun Zoom platformasi orqali Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining to’qson birinchi sessiyasi  bo'lib o'tdi. Unda deputatlar, tuman sektor rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiyada 7 ta masala koʻrildi. Jumladan:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi
PQ-5072-sonli va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-sonli qaroriga asosan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan jamoatchilik fikri asosida shakllangan va ovoz berish yakuniga ko‘ra “g'olib” takliflarni tanlab olish hamda ularga mablag' yo'naltirish to'g'risida.

2. Parkent tuman “suv yetkazib berish xizmati” Davlat Muassasasining Parkent tumani uchun ajratilgan, cheklangan suv limitini, suv iste`molchilari kesimida, Parkent tumanida faoliyat yurituvchi, sug’oriladigan dexqonchilik bilan shug’ullanadigan fermer, dexqon xo’jaliklari va boshqa qishloq xo’jalik korxonalariga 2024-yil yozgi sug’orish mavsumida qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orish uchun ajratilgan cheklangan suv miqdorlarini (limitlarini) tasdiqlash to’g’risida.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2024-yil
18 yanvar kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 3-sonli bayonida berilgan topshiriqlarni Parkent tumanida ijrosini tashkil etish to‘g‘risida.

4. Parkent tumani Ichki ishlar bo’limi tomonidan 2024-yilning
I choragi davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo’yicha amalga oshirgan ishlari yuzasidan tuman Ichki ichlar bo’limi boshlig’ining hisoboti to’g’risida.

5. Parkent tumani Ichki ishlar bo’limi boshlig‘i, 3 sektor rahbari A.A.Aliasqarovning sektor faoliyati yo‘nalishida 2024-yilning 3 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti to’g’risida.

6. Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga saylangan ayrim deputatlarning deputatlik vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to’g’risida.

7. Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashidagi bo’shab qolgan saylov okruglariga deputatlar saylovini o’tkazish to’g’risida.

📌
Kun tartibiga qoʻyilgan masalalar deputatlar tomonidan qizgʻin bahs-munozaralar bilan muhokama qilindi. Sessiyada koʻrilgan masalalar yuzasidan Kengashning tegishli qarorlari qabul qilindi.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website