Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati
3.12K subscribers
21.6K photos
3.05K videos
126 files
10.3K links
Murojaat uchun: +99899 7946263
Telegram: @Botir_Shogulomov
Parkent tumani hokimligi Website
https://www.parkent-tum.uz/
Download Telegram
Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati
#sumalak_sayli ⚡️⚡️⚡️Parkent tumani “Yoshlik” mahallasida joylashgan 52-maktab binosida “Har kuning navro’z bo’lsin” shiori ostida sumalak sayli bo’lib o’tdi. Kanalga ulanish: ⬇️⬇️⬇️ 💬 Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram
February 27, 2023
February 28, 2023
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
February 28, 2023
March 1, 2023
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
March 1, 2023
#Rasmiy

“Har kuning Navroʻz boʻlsin, jonajon Oʻzbekistonim!”

Joriy yilda Navroʻz bayrami mazkur bosh gʻoya asosida umumxalq sayillari shaklida koʻtarinki ruh va yuksak saviyada nishonlanadi

Bu boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori eʼlon qilindi.

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 2, 2023
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
March 2, 2023
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
March 2, 2023
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#daʼvat

Yurtdoshim, bogʻingga bir nihol qada...

Ayni paytda butun sayyoramizda atrof-muhit muhofazasi va ekologiyaga boʻlgan munosabat eng dolzarb masalalardan biriga aylangani sir emas. Bu borada amalga oshirilishi kerak boʻlgan koʻplab vazifalar orasida koʻkalamzorlashtirish va daraxt ekish, mavjudlarini avaylab-asrash alohida oʻrin tutadi.

Afsuski, ayrim shaxslarning oʻsimlik dunyosiga boʻlgan tajovuzkor harakatlari, shu jumladan, daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bogʻliq holatlar umumekologik vaziyatning yomonlashishiga sabab boʻlmoqda.

Jumladan, 2022-yilda daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bogʻliq 180 dan ortiq huquqbuzarlik aniqlangan boʻlib, salbiy koʻrsatkich oʻtgan yillarga nisbatan ortganligini koʻrish mumkin.

“Agar dunyoda chang boʻlmaganida, inson ming yil umr koʻrardi”, deb aytgan edi tib ilmining asoschisi Abu Ali ibn Sino. Atrof muhit musaffoligini taʼminlashda esa, daraxtlar insoniyatning beminnat koʻmakchilaridir.

2021-yil 4-noyabrda Oʻzbekistonda kuzatilgan chang boʻroni ushbu aksiyaning naqadar dolzarbligini, bu ishga katta masʼuliyat bilan yondashish kerakligini koʻrsatdi. Shundan kelib chiqib aytadigan boʻlsak, daraxt ekish har birimizning burchimizga, keng jamoatchilikning vazifasiga aylanishi lozim.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida viloyatda yiliga 16 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish, shu orqali hududlardagi yashil maydonlarni hozirgi 18 foizdan 40 foizga oshirish rejalashtirilgan.

Hozirda Toshkent viloyatining barcha shahar va qishloqlarida daraxt ekish boʻyicha keng koʻlamda ish olib borilayotgani tahsinga munosib.

Siz ham nihol eking, bogʻ yarating, “Yashil makon” umummilliy harakatida faol boʻling!

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 2, 2023
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
March 2, 2023
Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati
⚡️⚡️⚡️Yoshlar minbari Kanalga ulanish: ⬇️⬇️⬇️ 💬 Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram
⚡️⚡️⚡️Yoshlar minbari

📌Gulbog' mahallasi faol yoshlaridan bo'lgan Murodjon Boymatov bolalikdan IT sohasiga qiziqadi. Hali yosh bo'lishiga qaramay bu sohada bir qancha yutuqlarga erishib kelmoqda. U kelajakda yetuk dasturchi bo'lmoqchi.

📌Murodjon Gulbog' mahallasi yoshlar yetakchisi R.Nasipov tomonidan "Bir million dasturchi" loyihasida tog'risida habar topib ushbu loyihada ishtirok etdi. A'lo natijaga erishib Yoshlar agentligi tomonidan imtiyozlikredit asosida kompyuter oldi.

📌"Mohir fest" dasturlash loyihasida o'zi kabi IT sohasiga qiziquvchi yoshlar bilan bir jamoa bo'lib, Yoshlar agentligi tomonidan tashkil etilgan tanlovda ishtirok etdi va faxrli 3-o'rinni egalladi.

📌Bugungi kunda u yetakchi tafsiyasi asosida "Kelajak kasblari" loyihasi doirasida PDP akademiyasida tahsil olmoqda.

📌Uning oldiga qo'ygan maqsadlari ko'p. Avvalo o'z mahallasi va tumanidagi IT sohasiga qiziquvchi yoshlarga ta'lim berib, ularni xalqaro darajadagi dasturchi yoshlar qatorida bo'lishlariga yordam bermoqchi.

⚡️Murodjon kabi intiluvchan, bilimli va aniq maqsadli yoshlarimiz buyuk kelajagimizning poydevoridir!

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram
March 2, 2023
March 2, 2023
Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati
⚡️⚡️⚡️Тumanimizning 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabida taniqli shoira Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlangan "Zulfiya - sadoqat kuychisi" nomli tadbir bo‘lib o‘tdi Kanalga ulanish: ⬇️⬇️⬇️ 💬 Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram
📌Тumanimizning 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabida taniqli shoira Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlangan "Zulfiya - sadoqat kuychisi" nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

📌Parkent tumani hokimi o‘rinbosari M.Inoyatova, adabiyotsevar ustozlar va o‘quvchilar tashabbusi bilan o‘tkazilgan ushbu tadbirda shoiraning hayot va ijod yo‘li to‘g‘risida ma’ruzalar, sahna ko‘rinishlari va she’riy sahnalar namoyish etildi.

📌Eslatib o‘tamiz, taniqli o‘zbek shoirasi Zulfiya 1915-yilning 1-martida Toshkent shahrida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini juda erta boshlagan shoira deyarli bir umr jurnalistika va nashriyot sohasida ishlagan.

📌U 1935-1938 yillarda Til va adabiyot instituti aspiranti, 1938-1948 yillar mobaynida Bolalar nashriyoti muharriri, O‘zbekiston davlat nashriyoti bo‘lim mudiri, 1953- yilgacha “Saodat” jurnalida bo‘lim mudiri, 1953-yildan to 1980-yilga qadar, salkam o‘ttiz yil davomida shu jurnalning bosh muharriri lavozimida ishlab keldi.

📌Mashhur o‘zbek shoiri Hamid Olimjonning turmush o‘rtog‘i, o‘ziga xos she’riyati bilan minglab kitobxonlar qalbini rom etgan shoira Zulfiya 1997 yilning 1-avgustida vafot etgan

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram
March 2, 2023
March 2, 2023