Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati
3.13K subscribers
21.6K photos
3.05K videos
126 files
10.3K links
Murojaat uchun: +99899 7946263
Telegram: @Botir_Shogulomov
Parkent tumani hokimligi Website
https://www.parkent-tum.uz/
Download Telegram
Forwarded from PARKENT YOSHLARI | Rasmiy sahifa!🇺🇿 (Billura Shoyuldashova)
October 27, 2024
Forwarded from PARKENT YOSHLARI | Rasmiy sahifa!🇺🇿 (Billura Shoyuldashova)
October 27, 2024
October 30, 2024
November 4, 2024
November 4, 2024
November 7, 2024
November 12, 2024
November 18, 2024
November 18, 2024
November 26, 2024
November 27, 2024
#Parkent_tumani
#Rasmiy_munosabat

Xalq so'zi gazetasining 26.11.2024 yildagi sonida Parkent tumani "Samarobod" mahallasida 1994 yildan beri maktab qurish uchun ajratilgan 2 gektar yerda qurilish boshlanmagani haqida soʻz yuritilgan.

✔️Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Bugungi kunda Samarobod MFY hududiga yaqin Navro’z MFY hududida 10 hamda 43- umumta’lim maktablari joylashgan bo’lib, 10-umumta’lim maktabi 1174 quvvatga ega xozirgi kunda 1075 nafar o’quvchi tahsil oladi . Navbatiylik koeffitsenti 0.9 ni tashkil etadi. 43-umumta’lim maktabi 530 quvvatga ega bo’lib xozirgi kunda 663 nafar o’quvchilar tahsil oladi. Navbatiylik koeffitsenti 1.3 ni tashkil etadi.

Samarobod mahalla hududida maktab qurilishi uchun 1,70 ga yer maydoni ajratilgan , xozirga kunda bu yer maydoni 10-maktabga biriktirib berilgan. Yuqoridagilarni inobatga olib Samarobod MFY xududida o’quvchilar ta’lim olishi uchun umumta’lim maktabi qurilishi uchun 2025 yil investitsiya dasturiga 365 o’rinli maktab qurish bo’yicha tuman hokimligiga taklif kiritilgan.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
November 29, 2024
December 6, 2024
Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati
#Parkent_tumani #seminar ⚡️⚡️⚡️Korrupsiyaga qarshi kurashdagi islohotlar va natijalar Kanalga ulanish: ⬇️⬇️⬇️ 💬 Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
#Parkent_tumani
#seminar

⚡️⚡️⚡️Korrupsiyaga qarshi kurashdagi islohotlar va natijalar


📌Bugun, Parkent tumanida Toshkent viloyati hokimining 2024 yil 12 noyabrdagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi”ni o’tkazish to’g’risidagi farmoyishiga asosan, korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish bo’yicha olib borilayotgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar to’g’risida huquqiy seminar bo’lib o’tdi.

📌Mazkur seminarda Parkent tuman hokimi Sardor Isakulov hamda tuman prokurori Jasurbek Xayitboyev tomonidan O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi O’RQ-419-sonli Qonuni, korrupsiya va uning oqibatlari, sodir etilgan jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar, qonunda belgilangan javobgarlik turlari va shu kabi ko’plab ma’lumotlar berildi.

📌Shuningdek, bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish har bir insonning burch va vazifasi bo’lishi, korrupsiya jamiyat taraqqiyoti uchun to’siqlardan biri ekanligi, rivojlanishni tanazzulga olib kelishi tahliliy misollar bilan aytib o’tildi. Bu illatga qarshi nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari, balki barcha barobar kurashishi kerakligi ta’kidlandi.

✍️ Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
December 6, 2024
#Parkent_tumani
#Rasmiy_munosabat

⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda "❗️Тошкентдаги ҳайвонот боғида 3 та шер қоровулни еб қўйди. Паркентдаги Лион Парк ҳайвонот боғи ходими шер қурбони бўлди" sarlavhasi ostida ma'lumot tarqaldi.

✔️Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati quyidagilarni ma'lum qildi.

Hodisa 17-dekabr kuni soat, taxminan, tonggi 05:00 larda sodir bo‘lgan. 3 ta Afrika sheri qafasdan hayvonot bog‘i hududiga katak eshigi ochiq qoldirilganidan foydalanib chiqqan. So‘ng sherlarni katakka qaytarmoqchi bo‘lgan 1980-yilda tug‘ilgan qorovul F.I.ga hujum qilgan, qorovul olgan tan jaroxatlar tufayli voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat hayvonot bog‘i xodimlari tomonidan soat 09:00 larda aniqlanib, 2 ta sher uxlatuvchi dori vositalari qo‘llangan holda katakka qaytarilgan. 1 ta sher esa mahalliy ovchi tomonidan otib o‘ldirilgan.

Voqea joyiga soat 10:00 da huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari borib, hodisa joyi va marhumning jasadi qoldiqlarini ko‘zdan kechirgan.

Shuningdek, parkda mavjud bo‘lgan barcha yirtqich hayvonlar sanoqdan o‘tkazilib, ular joy-joyida ekanligi va kataklar mahkamlangani aniqlangan.

Hozirda Parkent tuman prokuraturasi tergov-tezkor guruhi, Ekologiya vazirligi hamda “Toshkent hayvonot bog‘i” DM mutaxassislari tomonidan zarur tekshiruv va surishtiruv tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
December 17, 2024
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
December 21, 2024
January 3
January 7
January 16