Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati
Photo
#Qilmish_qidirmish
⚡️⚡️⚡️Soxta kadastr hujjati tayyorlangani fosh bo'ldi
📌Parkent tumani hokim Sardor Isoqulov Nomdanak mahallasidagi 22-maktabda o`tkazgan sayyor qabulda murojaatchi Ersinbek To'g'izboev Qoraqalpoq hududidagi yer-uchastkalarini ayrim toifa kishilar egallab olishda Davlat kadastrlar palatasi Toshkent viloyat boshqarmasi Parkent filiali xodimi qalbaki hujjat tayyorlab berayotgani uchun er sotish bilan shug'ullanish to'xtamayotgani haqida shikoyat qilgandi.
📌Adolat qaror topishini istagan hokim tuman Davlat kadastrlar palatasi Toshkent viloyat boshqarmasi Parkent filiali boshlig'i Farhod Jo'raboevdan tushuntirish so'ragandi.
📌Biroq, Farhod Jo'raboevning bergan javobidan hokimning ko'ngli to'lmagandi.
📌Shu bois, hokim huquq-tartibot organi vakillari va mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuzilib, shikoyat o'z tasdig'ini topsa, aybdorlar qonuniy jazo olishini ma’lum qilgandi.
📌Parkent tuman prokurori Jasurbek Hayitboev nazoratida olib borilgan tergov oldi surishtiruvlarda fuqaro X.X tegishli qaror bilan ajratilgan 8 sotix er maydonida aslida 1990 yilda uy-joy qurib, shu kunga qadar Markaziy mahallasida yashab kelsada, biroq u Davlat kadastrlar palatasi Toshkent viloyat boshqarmasi Parkent filiali xodimlari bilan o`zaro jinoiy til biriktirib, “Qoraqalpoq qishloq soveti” ijro komitetining 20.04.1988 yilgi qarorida go'yoki unga hali yer ajratilmagan degan yolg'on vaj bilan foydalangan holda Markaziy mahallasida joylashgan, davlat balansidagi 8 sotix yer maydonini egallab, unga shaxsiy uy-joy qurish uchun ishchi-loyiha hamda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib olgani aniqlandi.
📌Shuningdek, yana bir fuqaro ayni shu qing'ir yo'l, ya’ni Davlat kadastrlar palatasi Toshkent viloyat boshqarmasi Parkent filiali xodimlari bilan o'zaro jinoiy til biriktirib davlat balansidagi 8 sotix er maydonini shaxsiy uy-joy qurish uchun ishchi-loyiha hamda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib olgan aniqlandi.
📌Mazkur holatda fuqarolar X.X va Б.Б Davlat kadastrlar palatasi Toshkent viloyat boshqarmasi Parkent filiali xodimlari va boshqalarga nisbatan JKning 228-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi.
📌Hozirda Parkent tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov davomida aybdor shaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilib, qonun ustuvorligi ta’minlanadi.
📌Bizni kuzatishda davom eting, hokim Sardor Isoqulovning sayyor qabuli tufayli ochilgan jinoyat ishi tafsilotlari haqida tergov harakatlari yakunida batafsil ma’lumot beramiz.
Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬 Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website

Telegram
Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati
Murojaat uchun: +99899 7946263
Telegram: @Botir_Shogulomov
Parkent tumani hokimligi Website
https://www.parkent-tum.uz/
Telegram: @Botir_Shogulomov
Parkent tumani hokimligi Website
https://www.parkent-tum.uz/