Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati
3.12K subscribers
21.2K photos
3.01K videos
126 files
10.1K links
Murojaat uchun: +99899 7946263
Telegram: @Botir_Shogulomov
Parkent tumani hokimligi Website
https://www.parkent-tum.uz/
Download Telegram
#Bilasizmi

βœ… 2026-yil 1-yanvargacha tomorqa yer egalari bilan kooperasiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlarga omborxonalarni jihozlash, quritish, saralash va qadoqlash uskunalari xarid qilish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq 150 mln so'mdan ortiq bo'lmagan hajmda subsidiya berilishi belgilangan.

Kanalga ulanishπŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

πŸ”° Hozirgi kunda O'zbekiston hududida:

πŸ”Ήmehnatga haq to'lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so'm;

πŸ”Ήbazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so'm;

πŸ”Ήpensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 so'm;

πŸ”Ήyoshga doir eng kam pensiya – 725 000 so'm;

πŸ”Ήnogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 800 000 so'm;

πŸ”Ήmehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 so'm;

πŸ”Ήbelgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (725 000 so'mdan) 800 000 so'mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 800 000 so'm;

πŸ”Ήzarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 608 000 so'm;

πŸ”Ήish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo'shimcha to'lovni hisobga olgan holda – 608 000 so'm.

Kanalga ulanishπŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo'natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O'zbekistonga olib kirish yoki o'tkazish – huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, 1 mln 700 ming so'mdan 6 mln 800 ming so'mgacha jarima solishga sabab bo'ladi.

⚠️ Shuningdek, pirotexnika vositalari, qurol va uning o'q-dorilari, harbiy maqsaddagi mahsulotlar reklamasiga doir talablarni buzganlik – BHMning 50 baravari (17 mln so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

Kanalga ulanishπŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

βœ… Ota-ona yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish BHMning 7 baravaridan 15 baravarigacha (2 mln 380 ming so'mdan 5 mln 100 ming so'mgacha) jarima solishga sabab bo'ladi.

❗️Ushbu qilmish ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

⚠️ Ma'lumot uchun nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilangan.

Kanalga ulanishπŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🏫 Ta'lim muassasalarining o'quv xonalarida mashg'ulotlar o'tkazishda mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq o'quv xonalarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21º Б, o'rtacha og'ir ishda 17º Б va og'ir ishda 16º Б dan past bo'lmasligi kerak.

βœ… Fizika o'quv laboratoriya xonasida muntazam ravishda harorat 18ΒΊ Π‘ – 21ΒΊ Π‘, havoning namligi 40 – 60 foiz bo'lishi kerak.

πŸ”ΉTa'lim muassasasi hududidagi hojatxonalar issiq suv va kanalizasiya tizimiga ulangan bo'lishi lozim.

❗️ Ta'lim muassasasida kanalizatsiya tizimi yo'q bo'lganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda ta'lim muassasasida yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo'l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o'ralarining mavjud bo'lishiga ruxsat etiladi.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
πŸ’¬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
#Bilasizmi

🏫 Dekabrning oxirgi 10 kunligi va yanvar oyining birinchi 10 kunligida o'rta maxsus, professional va OTM talaba (o'quvchi)larining har yilgi 2 haftalik qishki ta'tili o'tkaziladi.

➑️ Qishki ta'til kunlari talaba va o'quvchilar yashash joylariga borishlari va ta'lim muassasasiga o'z vaqtida qaytib kelishlari uchun vaqtincha ko'paytirilgan transport vositalari qatnovi yo'lga qo'yilishi nazarda tutilgan.

⚠️ Ta'til boshlanishidan 10 kun avvaldan chiptaning to'liq qiymatidan 50 % chegirma to'lovi asosida respublika ichida harakatlanuvchi tezyurar va yo'lovchi (yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlar va barcha yo'lovchi poezdlarning SV, VIP vagonlari bundan mustasno) poezdlariga hamda mahalliy aviareyslarga chiptalarning ekonom sinfi tarifi qiymatidan 50% chegirma to'lovi asosida sotuvini tashkil etish tavsiya etilgan.

β˜‘οΈ Qishki ta'tilda o'quvchi va talabalarning shaharlararo avtobus qatnovi uchun imtiyozlar berilishi belgilangan.

Kanalga ulanishπŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

πŸ”° Vrachlarga, o'rta va kichik tibbiyot xodimlariga, sog'liqni saqlash barcha muassasalari farmasevtika xodimlariga quyidagi ustamalar to'lanishi kerak:

πŸ”Ή uzluksiz ish staji 5 yildan 10 yilgacha – tarif stavkasining 5 foizi;

πŸ”Ή uzluksiz ish staji 10 yildan 15 yilgacha – tarif stavkasining 10 foizi;

πŸ”Ή uzluksiz ish staji 15 yildan 20 yilgacha – tarif stavkasining 15 foizi, oliy ma'lumotli hamshiralar uchun tarif stavkasining 20 foizi;

πŸ”Ή uzluksiz ish staji 20 yildan ortiq – tarif stavkasining 20 foizi, oliy ma'lumotli tibbiyot hamshiralari uchun tarif stavkasining 30 foizi.

Kanalga ulanishπŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

βœ… Bola 3 yoshga to'lguncha bolani parvarishlash ta'tillarida bo'lish vaqti, lekin hammasini jamlaganda ko'pi bilan 6 yil ishlangan vaqt ish stajiga qo'shib hisoblanadi.

Kanalga ulanishπŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

πŸ”°Qonunchilikka ko'ra, kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasi berilishi joriy etilgan.

βœ… Bolalar nafaqasining har oylik miqdori quyidagicha etib belgilangan:

βž–3 yoshdan 18 yoshgacha 1 nafar farzand uchun – 250 ming so'm;
βž–3 yoshgacha bo'lgan bitta kichik farzand uchun – 325 ming so'm;
βž–oilaning ikkinchi farzandi uchun qo'shimcha – 150 ming so'm;
βž–oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun – 100 ming so'mdan.

βœ”οΈShuningdek, yolg'iz fuqarolarga, farzandi bo'lmagan yoki barcha farzandlari 18 yoshdan katta bo'lgan kam ta'minlangan oilalarga oylik 380 ming so'm moddiy yordam tayinlanadi.

πŸ“Œ
Ma'lumot uchun: bolalar nafaqasi 18 yoshgacha bolalar uchun 12 oygacha to'lanadi.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
πŸ’¬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
#Bilasizmi

πŸ”° Qonunchilikka ko'ra, xorijiy tillarni o'qitish bo'yicha eng yaxshi natijalarga erishgan maktablarni rag'batlantirish maqsadida Prezidenti sovrini ta'sis etilgan.

πŸ—‚ Bunda, sovrin uchun musobaqalar umumta'lim maktablari o'rtasida quyidagi 3 bosqichda tashkil etilib, quyidagicha miqdorda mukofotlanishi belgilangan:

1️⃣ bosqich β€” tuman va shaharlarda o'tkazilib, g'oliblar 100 mln so'mgacha;

2️⃣ bosqich β€” Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o'tkazilib, g'oliblar 250 mln so'mgacha;

3️⃣ bosqich β€” respublika miqyosida o'tkazilib, g'oliblar 500 mln so'mgacha.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
πŸ’¬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website