Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati
3.12K subscribers
21.2K photos
3.01K videos
126 files
10.1K links
Murojaat uchun: +99899 7946263
Telegram: @Botir_Shogulomov
Parkent tumani hokimligi Website
https://www.parkent-tum.uz/
Download Telegram
Президент ҳужжатлари ижроси бўйича янги тизимни йўлга қўйиш масалалари юзасидан йиғилиш ўтказилди.
Сўнгги 4 йилда 2 мингга яқин фармон ва қарорлар қабул қилингани, лекин уларнинг бажарилиши қониқарли эмаслиги қайд этилди.
Ҳужжатларни амалиётда қўллашга кўмаклашиш мақсадида адлия вазири ўринбосарлари марказий идораларга бириктирилди.
Қарорлар ижроси юзасидан манзилли ва тематик ўрганишлар ўтказиш топшириғи берилди.

Состоялось совещание по вопросам организации новой системы исполнения актов Президента.
Указано на неудовлетворительное состояние исполнения указов и постановлений, которых за последние 4 года было принято около 2 тысяч.
В целях содействия практической реализации документов за центральными ведомствами закреплены заместители министра юстиции.
Поручено наладить целевое и тематическое изучение исполнения решений.

#Mirziyoyev #yigilish #ijro #adliya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Adliya_xabari

❗️Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani olish uchun FHDYOga borish shart emas

Xabaringiz bor, 2023 yil 1 yanvardan Toshkent shahrida tug'ilganlikni tibbiyot muassasalari orqali FHDYO bo'limlarida qayd etish tartibi joriy etilgan.

📝 Endilikda bola tug'ilishi bilan tibbiyot muassasasi u va ota-onasi haqidagi ma'lumotlarni, jumladan, bola ro'yxatga qo'yiladigan poliklinika va ichki ishlar bo'limi, navbatga qo'yiladigan davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti haqidagi ma'lumotlarni maxsus elektron blankaga kiritadi va avtomatik ravishda FHDYO bo'limiga axborot tizimi orqali yuboradi.

FHDYO bo'limi tug'ilganlikni qayd etadi va QR-kod (matrik shtrixli kod) qo'yilgan tug'ilganlik haqidagi ma'lumotnomani tibbiyot muassasasiga yuboradi.

📋 Tibbiyot muassasalari ma'lumotnoma bolaning ota-onasiga taqdim etadi.

🚫 Ushbu ma'lumotnoma tug'ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qat'iyan taqiqlanadi.

☑️ Tug'ilganlik haqidagi gerbli guvohnoma fuqarolarning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan FHDYO bo'limlari tomonidan eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beriladi.

‼️Otalik belgilash va yolg'iz ona arizasiga asosan tug'ilishni qayd etishda hamda topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug'ilishini qayd etishda bevosita FHDYO bo'limiga murojaat qilinishi lozim.

⚠️ Ma'lumot uchun: mazkur tartib 2023 yil 1 iyundan butun respublika hududida joriy etilishi belgilangan.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#Adliya_xabari

❗️1-kurs talabalari diqqatiga: yotoqxonaga joylashish uchun DXM yoki my.gov.uz orqali murojaat qilishingiz mumkin

📝 Hukumat qarori bilan Davlat oliy ta'lim muassasalarining talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlangan.

Shunga ko'ra, yangi joriy qilingan davlat xizmati bu yil davlat OTMga o'qishga kirgan talabalarga Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali bepul elektron tarzda ariza yuborgan holda yotoqxonaga joylashish imkonini beradi.

Arizalar 23-avgustdan qabul qilinadi.

Talabalar yotoqxonasiga joylashish uchun taqdim etilgan yo'llanma 10 kunga amal qiladi.

Shuningdek, ayrim toifadagi talabalar yotoqxonaga ustuvorlik asosida qabul qilinadi.

⚠️ Eslatib o'tamiz, 2-kurs va undan yuqori kurs talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish an'anaviy tarzda amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

📽 Adliya vazirligi tomonidan aholini qiynab kelayotgan muammolar hamda eng ko'p berilayotgan savollarning huquqiy yechimlari bo'yicha maxsus videoroliklar ishlab chiqilib, YouTube tarmog'iga joylashtirib borilmoqda.

❗️Bunda Siz “metrika” olishdan pensiyaga chiqishgacha bo'lgan jarayonlarda duch kelayotgan muammolaringizga mavzulashtirilgan tarzda huquqiy yechim topishingiz mumkin.

📌
O'z vaqtingizdan unumli foydalangan holda huquqiy bilimlaringizni mustahkamlang!

👉 Batafsil: youtube.com/adliya

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

❗️Yurxizmat.uz platformasida huquqiy xizmatlardan foydalaning

🔰 Adliya vazirligi tomonidan aholi va tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida www.yurxizmat.uzO'z-o'ziga huquqiy xizmat ko'rsatish “Legal Tech” axborot tizimi ishlab chiqilgan.

✔️Siz ushbu axborot tizimi orqali:

🔹huquqiy hujjat namunalarini bepul yaratasiz;

🔹huquqiy hujjatlarni tayyorlashda vaqtdan yutasiz;

🔹yuristlar yoki advokatlar ishtirokisiz mustaqil harakat qilasiz.

📝 Hozirda saytda 1700 dan ortiq hujjat namunalari mavjud bo'lib, ularning qamrovi muntazam kengaytirib borilmoqda.

Shuningdek, foydalanuvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida huquqiy hujjat namunalarining rus tilidagi shakllarini yaratish va yuklab olish imkoniyati yaratildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin