Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati
3.12K subscribers
21.3K photos
3.01K videos
126 files
10.2K links
Murojaat uchun: +99899 7946263
Telegram: @Botir_Shogulomov
Parkent tumani hokimligi Website
https://www.parkent-tum.uz/
Download Telegram
#sessiya
#foto_lavha

⚡️⚡️⚡️Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining yetmish to’qqizinchi sessiyasi bo'lib o'tdi

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati
#sessiya #foto_lavha ⚡️⚡️⚡️Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining yetmish to’qqizinchi sessiyasi bo'lib o'tdi Kanalga ulanish: ⬇️⬇️⬇️ 💬 Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#sessiya

⚡️⚡️⚡️Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining yetmish to’qqizinchi sessiyasi bo'lib o'tdi

📌Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining yetmish to’qqizinchi sessiyasi bo'lib o'tdi. Unda deputatlar, tuman sektor rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiyada 6 ta masala koʻrildi. Jumladan:

1. Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Parkent tuman sudining 2022-yil davomida hamda 2023-yilning 9 oyi davomidagi amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axboroti to‘g‘risida.

2. Parkent tumani IIB boshlig`i tomonidan 2023-yilning 9 oyi davomida tumanda huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan xisoboti to‘g‘risida.

3. Tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining jamoat xavfsizligi bo`yicha o`rinbosarining 2023-yilning 9 oyi davomida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi "Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sherikchilik asosida modernizatsiya qilish to'g'risida"gi PQ-118-sonli qarori ijrosi to'g'risida.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida.

6. Parkent tumani hokimi birinchi o`rinbosarining oilaviy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash markazlari bilan birgalikda dasturlar ijrosini,shu jumladan ajratilgan kreditlar samaradorligini ta`minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo’yicha hisoboti to’g’risida.

📌
Kun tartibiga qoʻyilgan masalalar deputatlar tomonidan qizgʻin bahs-munozaralar bilan muhokama qilindi.

📌Sessiyani Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi raisi Shoxrux Shoaxmedov boshqardi. Sessiyada koʻrilgan masalalar yuzasidan Kengashning tegishli qarorlari qabul qilindi.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram
🟦🟦🟩🟩

Dushanba – viloyat hokimligida hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganiladi va muhokama qilinadi. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kuni.

Bekobod shahri. Shahar hokimligining majlislar zalida mahalla raislari hamda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida ijro intizomi masalalariga bag'ishlangan seminar o'tkazildi.

Olmaliq shahri. Tegishli mutasaddilar ishtirokida kambag'allikni qisqartirish va aholi bandligini ta'minlash, "Ayollar daftari"da ro'yxatda turuvchi fuqarolarga ijtimoiy ko'mak ko'rsatish yuzasidan kengaytirilgan seminar tashkil qilindi.

Parkent tumani. Tuman hokimi boshchiligida fuqarolar qabuli o'tkazilib, ularning turli yo'nalishlardagi murojaatlari tinglandi.

Toshkent tumani. Tuman hokimi va tegishli mutasaddilar ishtirokida "Zargar" mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot olib borilib, fuqarolar tomonidan bildirib o'tilgan muammolarga ijobiy yechim izlandi.

Zangiota tumani. Tuman hokimi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida aholi murojaatlarini tinglab, ularning muammolarini hal etish yuzasidan tegishli mas'ullarga ko'rsatmalar berib o'tdi.

Bo'stonliq tumani. Yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi doirasida belgilab berilgan vazifalarning amaliy ijrosini ta'minlash maqsadida, sektor rahbarlari boshchiligida mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari, korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida navbatdagi davra suhbati o'tkazildi.

Qibray tumani. Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoatchilik salomatligi qo'mitasining Qibray tumani bo'limi mutasaddilari hamda mahalla mas'ullari "Yangi avlod" mahallasidagi ehtiyojmand oilalar holidan xabar olib, ularning muammolarini o'rganishdi.

Yuqori Chirchiq tumani. Tuman mahallalarida faoliyat yuritadigan yoshlar yetakchilari mehnat migratsiyasiga ketgan yigit-qizlarning xonadonlarida bo'lib, xatlov o'tkazdilar.

Chirchiq shahri. Shahar hokimi tegishli mutasaddilar hamrohligida "Baxt" mahallasi aholisi muammolarini o'rganib, issiqlik ta'minotini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar holatini ko'zdan kechirdi.

Yangiyo'l shahri. Sektor rahbarlari boshchiligida, hokim o'rinbosarlari hamda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida aholini qiynab kelayotgan muammoli masalalar yechimi yuzasidan seminar o'tkazildi.

Yangiyo'l tumani. Tuman hokimi rahbarligi ostida navbatdagi "hokimlik soati" o'tkazilib, unda sayyor qabullarda fuqarolar muammolarini hal etilishi, ijro intizomi bo'yicha murojaatlarning o'z vaqtida hal qilinishi yuzasidan tegishli ko'rsatmalar berib o'tildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Рост_ҳикматлар

Агар ҳикматга бўлса илтифотинг —
Ки, бўлсун Нуҳ умрича ҳаётинг!


✍️ Алишер Навоий

🌟Кунингиз хайрли бўлсин!

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#Bilasizmi

Qonunchilikka koʻra, oilaviy bogʻchalar tomonidan yollangan tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisiga tegishli toifa boʻyicha 9 soatlik ish rejimidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlarida va hajmlarda ish haqini toʻlash uchun subsidiya ajratilishi belgilangan.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
Axborotsiz yashash mumkinmi
Yoʻq❗️

Kimdir eshitganiga, yana kimdir oʻqiganiga, ayrimlar bor — faqat koʻrganiga ishonadi.

⚡️Tezkor maʼlumotlar kerakmi — "
Telegram" kanalimizdan topasiz;

⚡️Sifatli surat va videolar maʼqulmi — unda "
Instagram" sahifamiz aynan siz uchun;

⚡️Munozaralar markazida boʻlishni istaysizmi — u holda "
Facebook" sahifamizni kuzatib boring.

⚡️Parkent tumani hokimligining axborot makonidagi eng tezkor va ishonchli manbalar esa-bu bizning yangi "
Website"da.

Bu Sizga tuman hayoti bilan hamnafas yashash imkonini beradi.

📌Bizdan uzoqlashmang!

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
#эслатма

Солиқларни ўз вақтида тўлашни унутманг!!!
          
🔰Солиқ солинадиган мол-мулки ва ер участкалари бўлган жисмоний шахслар ҳамда деҳқон хўжаликлари мол-мулк ва ер солиқларини тўлаш муддати 15 октябрь этиб белгиланган.

❇️Эслатиб ўтамиз, солиқ тўловчиларга қулайликлар яратиш мақсадида мол-мулк ва ер солиқларини «Soliq» мобил иловаси орқали уйдан чиқмаган ҳолда тўлаш имконияти яратилди. Шунингдек, «Click», «PayMe», “Upay” ва бошқа замонавий электрон тўлов воситалари ёрдамида ҳам тўловларни амалга ошириш мумкин.

❇️Солиқларни ўз вақтида тўламаслик, солиқ органи томонидан қарздорликни мажбурий ундирувга қаратиш мақсадида судга ариза билан мурожаат этилишига ҳамда суд ижро ҳужжати асосида Мажбурий ижро бюроси томонидан қарздорнинг:

🔹эгалигидаги уй-жой, автомобиль ва бошқа мулклардан фойдаланишига таъқиқ қўйилиши;

🔹Ўзбекистон Республикасидан чет элга чиқиши вақтинча чекланиши мумкин.

🔹Шу билан бирга, солиқларни ўз вақтида тўламаслик натижасида солиқ қарзига қўшимча равишда суд харажатлари ҳам қарздордан (ижро йиғими, давлат божи, маъмурий жарима ва бошқа тўловлар) ундирилади.                                                                                                        
Ҳурматли фуқаролар!

📌Унутманг! Сиз тўлаган мол-мулк ва ер солиқлари маҳаллий бюджет даромадларини тўлдириб, юртимиз аҳолисининг ижтимоий эҳтиёжлари учун сарфланади. Шундай экан, мол-мулк ва ер солиқларини бугун тўлаб, ўз мажбуриятларингизни бажариш билан бирга Ватанимиз  ободлигига ҳисса қўшинг!

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
#Диққат_қилинг

⚡️⚡️⚡️ Тоза ичимлик суви ҳаққини тўлашни унутманг

“Тошкент сув таъминоти” МЧЖ Паркент туман бўлимидан олган маълумотларимизга кўра, тоза сув етказиб берилаётган маҳаллалардаги аҳолининг мазкур ташкилотдан сал кам 2 миллиард сўм қарздорлиги бор!

Ўрганишлар шуни кўрсатмоқдаки, ҳатто айрим хонадон эгалари водопроводидан сув оқиб турсада, сувдан яхшигина қарздор!

Хуллас “Тошкент сув таъминоти” МЧЖ Паркент туман бўлими ходимларининг айтишича, аҳолининг сув етказиб берилаётган қисми тўлов қилмай қўйибди. Шу сабаб ойликларини вақтидан ололмаётган экан.

Шу ўринда бир ўйлаб кўрайлик, нега сув йўқ, деб талаб қилишни қойиллатамиз. Тўғри, бунга ҳаққимиз бор.

Лекин шу ташкилотда дўстларимиз, яқинларимиз ишлайди. Уларнинг ҳам рўзғори ойлигига боғлиқ.

Ўз-ўзимизга савол бериб кўрайликчи, сувдан ким қанча қарз?

Вазиятнинг энг оғриқли томони шундаки, аҳолининг мазкур ташкилот олдидаги сал кам 2 миллиард қарздорлиги маблағ етишмовчилигига, бу эса иш хизмати ва сифатига, “Тошкент сув таъминоти” МЧЖ Паркент туман бўлимининг ривожланишига ҳам таъсир қилмасдан қолмайди.

Келинг, азизлар тоза ичимлик сувидан фойдаландикми, энди уни ҳақини ҳам ўз вақтида тўлашни унутмайлик!

❗️Дарвоқе, агарда қарздорлигингиз қанча эканлиги, сув пулини онлайн тўлашни истасангиз ташкилотнинг Абонент бўлими бошлиғининг қуйидаги рақамига қўнғироқ қилинг!

📞 +998949263611

👉 @PARKENT_TONGI
#Рост_ҳикматлар

Баъзан, ҳақиқатнинг тубига тушгач, уни яна қайта кўмгимиз келади.

✍️Фридрих Ницше

Кунингиз хайрли ўтсин!

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
#xavfsizlik_uchun

Milliy gvardiya Toshkеnt viloyati Qo'riqlash boshqarmasi Yuqorichirchiq tumanlararo Qo'riqlash bo'limi sizga Yuqorichichiq va Parkent tumanlarida joylashgan jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini va fuqaro xonadonlarini ishonchli qo'riqlash orqali sodir etilishi mumkin bo'lgan har xil turdagi jinoyatchilik hamda turli ko'rinishdagi huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan, zamonaviy qo'riqlash signalizasiya vositalaridan foydalangan holda, shartnoma asosida sifatli qo'riqlash xizmati ko'rsatilishini ma'lum qiladi.

📌Yuqorichirchiq tumanlararo Qo'riqlash bo'limida tashkil qilingan 1-2-sonli Tеxnik qo'riqlash markaz(TQM)lari tunu-kun uzluksiz xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Murojaat uchun tеlеfon:
☎️ 55-900-73-47
☎️ 55-900-73-48
📱93-120-76-76

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, quyidagi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bemor yoshlarga mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda davolanish bilan bog'liq xarajatlarni qoplash uchun yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida BHMning 50 baravaridan (16 mln 500 ming so'm) oshmagan miqdorda subsidiya ajratilishi belgilangan.

🔹"Temir daftar"ga kiritilgan oila farzandi;

🔹"Ayollar daftari"ga kiritilgan ayollar farzandi;

🔹"Ijtimoiy himoya yagona reestri"ATga kiritilgan oila farzandi;

🔹Salomatligida nuqsoni mavjud va oilasi kam ta'minlangan yosh fuqaro.

📝 Bunda ariza beruvchi mahalladagi yoshlar yetakchisiga ariza beradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Махсус репортаж | Ҳудудларни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш чора-тадбирлари

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Parkent #OAV_biz_haqimizda #xalqbilanbirga #sayyor_qabul

⚡️Parkent tumani aholisining kadastrga doir murojaatlarini o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan sayyor qabul tafsilotlari

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида туризм ва маданият масканлари имкониятларини тўлиқ ишга солиш ҳамда "Яшил макон" кузги мавсумини самарали ташкил этиш юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по вопросам полного задействования возможностей объектов туризма и культуры, а также эффективной организации осеннего сезона "Яшил макон".

Facebook|Instagram|Twitter
#tezkor

❗️Toshkent viloyatining 8 ta hududida sel xavfi kutilmoqda

Gidrometeorologiya markazi joriy yilning 12-13 оktyabr kunlari respublikaning 9 ta viloyatini sel-suv toshqini xavfidan ogohlantirdi.

Unga koʻra, Toshkent viloyatining Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida, shuningdek, Angren va Olmaliq shaharlarida sel-suv toshqini xavfi mavjud.

Togʻli va togʻ oldi hududlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz.


✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Сингапурнинг “Indorama Corporation” компанияси асосчиси ва раиси Шри Пракаш Лохия бошчилигидаги делегацияни қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял делегацию сингапурской компании «Indorama Corporation» во главе с ее основателем и председателем Шри Пракашем Лохией.

#Mirziyoyev #qabul #Indorama #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter