Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati
3.12K subscribers
21.3K photos
3.01K videos
126 files
10.2K links
Murojaat uchun: +99899 7946263
Telegram: @Botir_Shogulomov
Parkent tumani hokimligi Website
https://www.parkent-tum.uz/
Download Telegram
#Eʼtibor #Aksiya #Yurakdan_yurakka

Bugun Xalqaro nogironligi boʻlgan shaxslar kuni.

Shu munosabat bilan Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida xayriya aksiyasi oʻtkazilmoqda.

Marosimda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ushbu sana munosabati bilan xalqimizga murojaatini Zoyir Mirzayev oʻqib eshittirdi.

#YurakdanYurakka xeshtegi ostida oʻtayotgan aksiyada viloyatimizdagi maxsus maktablar tarbiyalanuvchilari tomonidan yasalgan amaliy sanʼat namunalari sotuvi tashkil etildi.

Shuning maxsus xayriya qutisiga ishtirokchilar koʻngilli ravishda naqd pul shaklida saxovat koʻrsatishdi.

Aksiyada, shuningdek, viloyatimiz shahar va tumanlarining hokimlari, korxona, tashkilot hamda boshqarma boshliqlari, tadbirkorlar va boshqa koʻngillilar qatnashmoqda.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Aksiya

QIZILTOGʻDA BIR NIHOLLAR EKILDI, SOYALARDA "OʻTGAN KUNLAR" OʻQILDI

Batafsil

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Aksiya

Toshkent viloyati hokimligi, Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi, viloyat prokuraturasi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda “Farzandim uchun bitta kitob” aksiyasini eʼlon qiladi.

Aksiyaga joriy yilning 1-may sanasidan start berildi va 25-mayga qadar davom etadi. Bundan koʻzlangan maqsad – oʻquvchilarning kitobga boʻlgan mehrini shakllantirish, maktab kitob fondini boyitishdan iborat.

Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi har bir muassasa kesimida talab yuqori boʻlgan kitoblar roʻyxatini tuzadi. Roʻyxat shahar va tuman gazetalarida chop etiladi. Ota-onalar kitob muqovasiga “Farzandimning nomidan maktabga sovgʻa” yozuvi bilan kitoblarni maktabga topshiradi. Maktab kutubxonasi har bir sovgʻa qilingan kitoblar boʻyicha roʻyxat shakllantiradi.

Viloyat boʻyicha oʻquvchilar soniga qarab, yaʼni oʻrtacha bir oʻquvchiga toʻgʻri keladigan kitoblarga koʻra, gʻolib maktablar aniqlanadi. Gʻolib maktablarning dastlabki 5 tasidan har biriga 200 million soʻmdan mukofot beriladi.

Yozgi taʼtil paytida yigʻilgan kitoblardan foydalanib, “Maktab kutubxonasi hamma uchun” aksiyasi oʻtkaziladi. Maktab kutubxona maʼmurlariga esa 3 million soʻmdan qoʻshimcha ish haqi toʻlanadi.

Shu oʻrinda muhim eslatma! Aksiya doirasida ota-onalarni majburlash, oʻquvchilarga nisbatan bosimlar boʻlgan taqdirda maktab direktori va oʻqituvchilarga nisbatan qatʼiy chora koʻriladi.

🌐Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|