Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati
3.11K subscribers
21.2K photos
3.01K videos
126 files
10.1K links
Murojaat uchun: +99899 7946263
Telegram: @Botir_Shogulomov
Parkent tumani hokimligi Website
https://www.parkent-tum.uz/
Download Telegram
Audio
#Dayjest

Dushanba – hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganilib, muhokama qilinadigan, "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari" bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kun sifatida belgilangan. Qisqa xabarlarda olib borilayotgan ishlarga nazar tashlaymiz.

🔘Boʻka tumani. Nizomiddin Abbosov rahbarligida ijro intizomi hamda murojaatlar bilan ishlash boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Ishsiz ayollar bandligini taʼminlash maqsadida mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan oʻtkazilgan mehnat yarmarkasida 21 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi.

🔘Ohangaron tumani.Xalqaro qishloq ayollari kuni” munosabati bilan “Ayollar daftari”da roʻyxatda turuvchi 100 nafar xotin-qizlar uchun sayohat tashkil etildi.

🔘Ohangaron shahri. 100 nafar xotin-qizlarYangi Oʻzbekiston” bogʻida bo‘lishdi.

🔘Zangiota tumani. Oʻrta ovul” hududida hokim oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi tomonidan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

🔘Yangiyoʻl tumani. Ayollar daftari”da roʻyxatda turgan xotin-qizlar madaniy hordiq chiqarishdi.

🔘Qibray tumani.Temir qadam-Artikova Shohista” fermer xoʻjaligi rahbari Shohista Artikova imkoniyatlardan unumli foydalanib, yiliga 250 mln. soʻm daromad olmoqda.

🔘Parkent tumani. “Boyqozon” mahallasidagi imkoniyati cheklangan fuqaroga nogironlik aravachasi topshirildi.

🔘Boʻstonliq tumani. 14 nafar xotin-qizlar kasb-hunarga oʻqishga yoʻnaltirildi.

🔘Piskent tumani. Tekstil korxonasi 800 ta ayolga ish taklif etdi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Keksalar va ayollar Samarqandga sayohat qilishdi.

🔘Chinoz tumani.Oʻrinboy hoji” fermer xoʻjaligi dala shiyponida “Xalqaro qishloq ayollari” kuni munosabati bilan madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

🔘Bekobod tumani. Hokim o‘rinbosari jismoniy hamda yuridik shaxslar murojaatlari yuzasidan olib borilayotgan ishlarni tanqidiy tahlil qildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KOʻRISH
Audio
#Dayjest

Payshanba – Toshkent viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Dolzarb qirq kunlik” tadbirlari bugundan boshlandi. Xususan, Toshkent viloyatida. 2022-yil kuz mavsumida 2023-yil bahor mavsumlarida 14 million tupga yaqin daraxt va buta koʻchatlari ekish rejalashtirilgan. Qisqa xabarlarimiz shu haqda bo`ladi.

🔘
Viloyat prokuraturasi. Viloyat prokurori Shavkatjon Raximov boshchiligida Olmaliq shahrida joylashgan 80-sonli kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati hududida 200 tup pavloniya, kashtan va boshqa turdagi manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.

🔘Ohangaron shahri. Xalq deputatlari shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya buyicha doimiy komissiyaning yig‘ilishida "Yashil makon" umummiliy dasturi doirasida olib borilgan ishlar hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan mas’ullar hisoboti tinglandi.

🔘Olmaliq shahri. Shahar Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi va hokim yordamchilari tomonidan Ibn Sino koʻchasining 1 gektar yer maydoniga 1700 ta mevali va manzarali daraxtlar ekilmoqda.

🔘Chirchiq shahri. "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida “UMID” MFY hududida koʻchatlar ekish davom etmoqda.

🔘Parkent tumani. Ona diyorimizni yashil makonga aylantirishdek ezgu maqsadni koʻzlagan "Dolzarb 40 kunlik" koʻchat ekishdek xayrli tadbirda faol ishtirok etishga chorlandi.

🔘Oqqorg'o'n tumani. “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlarida tumanda 446 ming. 450 ta tup manzarali va mevali ko‘chatlar o‘tkaziladi.Bugun ushbu umummilliy loyihasida tuman irigatsiya bo‘limi xodimlari tomonidan 350 tup tut va tok ko‘chatlari o‘tkazildi.

🔘Piskent tumani. "Qishloq hayoti" gazetasining bugungi 41-sonida jurnalist Ibrohim Toshevning piskentlik olim, professor Erkin Berdiyevning yashil makonlarni asrash va ko‘paytirish haqidagi maqolasi chop etildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RSIH
Audio
#Dayjest

Chorshanba - Investitsiya, eksport masalalarini oʻrganish va sanoat zonalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish kuni.

🔘
Olmaliq shahri. “Elegant garment textile” xorijiy korxonasi tomonidan suv tozalash inshooti qurilmoqda.

🔘Ohangaron tumani. Investitsiya va tashqi savdo yoʻnalishida joriy yilning 9 oyi davomida qilingan ishlar yuzasidan press-tur tashkil etildi.

🔘Piskent tumani. Xitoylik investorlar tomonidan temir chiqindilaridan temir oksidli pigment ishlab chiqaruvchi “MGA STAR GOLD” MCHJ uchun 23,2 mlrd. soʻm investitsiya kiritildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. “Yevro Global Invest” korxonasi yirik yigʻma temir-beton panellari tayyorlashga ixtisoslashgan. Mazkur qurilish materiallari ishlatilgan uylar tannarxi boshqalarga nisbatan 30 foiz arzon boʻladi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Toshkent viloyati hokimining oʻrinbosari Shukrulla Mahmudov boshchiligida shahardagi “BIOKIMYO” va “YANGISIFAT” kichik sanoat zonalari faoliyati oʻrganildi.

🔘Chirchiq shahri. Shahar hokimligi mutasaddilari ishtirokida aholiga koʻp tarmoqli tibbiyot xizmatlarini koʻrsatishga ixtisoslashgan “Global Healthcare” MCHJdagi haqiqiy holat oʻrganildi.

🔘Yangiyoʻl tumani. “Said ota” mahallasi hududida “PROMEAT AGRO” MCHJ “Chorvachilik faoliyatini rivojlantirish boʻyicha 2-bosqich kengaytirish” loyihasi amalga oshirildi.

🔘Parkent tumani. Tibbiyot qoʻlqoplarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “MED GLOVES” MCHJ oʻz faoliyatini boshlaydi.

🔘Oqqo‘rgʻoʻn tumani. Kichik sanoat zonasida faoliyat koʻrsatayotgan “LEGUMES” QK MCHJ joriy mavsumda 5000 tonna mosh mahsuloti eksport qilishni rejalashtirgan.

🔘Bekobod tumani. Qoʻshma jarohatlar davlat dasturi asosida Xitoy davlatidan 11 mlrd. soʻmdan oshiq mablag' evaziga 33 turdagi tbbiy apparatlar tuman tibbiyot birlashmasiga keltirildi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. “TCT sluster” koʻp tarmoqli klasteri tomonidan bunyod etilayotgan zamonaviy toʻqimachilik fabrikasida press-tur tashkil etildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RSIH
Audio
#Dayjest

Dushanba - viloyat xokimligida xudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining axvoli urganiladi va muxokama kilinadi. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash, muammolarni urganish va amaliy kumak berish kuni.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Tuman hokimligida rahbar va xodimlar ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash masʼuliyatiga doir muloqot boʻlib oʻtdi.

🔘Parkent tumani. Aholini tadbirkorlikka jalb qilish” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan oilaviy tadbirkorlikni mustaqil boshlash istagidagi 104 nafar fuqaroga subsidiya asosida asbob-uskunalar olib berildi.

🔘Bekobod tumani. Tumanda jismoniy hamda yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashning ahvoli tanqidiy oʻrganib chiqildi.

🔘Yangiyoʻl tumani. Tumanda “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” hamda “Temir daftar”da roʻyxatga olinganlar nodavlat oʻquv kursalarida ommaviy kasblarga oʻrgatilmoqda.

🔘Toshkent tumani. Mahallalardagi yoshlar yetakchilarining ijobiy tavsiyanomasiga asosan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 126 nafar farzandiga “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlov kontrakt mablagʻlarining 50 foiz qismi qoplab berildi.

🔘Zangiota tumani. ”Mevazor“ mahallasida yashovchi Sohiba Orifjonovaga “Yoshlar jamgʻarma”si mablagʻlari hisobidan tikuv mashinasi subsidiya tarzida olib berildi.

🔘Boʻstonliq tumani. Tuman hokimligida sektor rahbarlari bilan yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi.

🔘Chinoz tumani. Yoshlarning ijtimoiy, iqtisodiy, tibbiy muammolari va taklif-istaklarini xal etish maqsadida reja-grafik asosida sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvlari oʻtkazilmoqda.

🔘Qibray tumani. Tuman prokurori 2-sektor hududidagi mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilarining taklif va muammolarini oʻrganish bilan birga mahallalarda oʻtkazilayotgan xatlov natijalari yuzasidan suhbatlashdi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RSIH
Audio
#Dayjest

Seshanba - Hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish kuni.

🔘Ohangaron shahri. Yoshlar yetakchisi yordami bilan “Qoʻrgʻon” mahallasida ishsiz fuqaro Davron Oqqulovning bandligi taʼminlandi.

🔘Bekobod tumani.Mustaqillik” mahallasida hokim yordamchisi 3 nafar fuqaroga imtiyozli kredit olishga yordam berdi.

🔘Parkent tumani. 62 ta mahalla yoshlar yetakchisi ishtirokida “Ona tabiat, seni obod etishga barchamiz masʼulmiz!” shiori ostida daraxt ekish aksiyasi oʻtkazildi.

🔘Toshkent tumani.Istiqbol” mahallasilik Kamola Sobirjonovaga tuman hokimi noutbuk sovgʻa qildi.

🔘Olmaliq shahri. Hokimlikda “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi Vasiylik kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

🔘Piskent tumani. Kultepalik Gulnoza Valiyeva 5 sotix issiqxonadan 50 mln. so‘m daromad qilishni uddaladi.

🔘Chirchiq shahri. Hokim yordamchilari uchun tadbirkorlik va kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha oʻquv seminar boʻlib oʻtdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Jumabozor” mahallasida hokim yordamchisining koʻmagi bilan ishsiz ayol N.Toʻrajanovaga tikuv mashinasi berildi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Hokim yordamchilarining Samarqand shahriga sayohati tashkil qilindi.

🔘Yangiyoʻl tumani. “Saxovat” mahallasida yoshlar yetakchisi koʻmagida mahalladagi 34 nafar yoshga amaliy yordam koʻrsatildi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani.Yoshlar daftari” roʻyxatida turuvchi yigit-qizlar uchun tibbiy koʻrik tashkil qilindi.

🔘Bekobod shahri. Yoshlar yetakchilari tavsiyasi bilan 22 nafar yigit-qizga oʻzini band qilishi va tadbirkorlik uchun 95 mln. soʻmlik asbob-uskuna berildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#Dayjest

Chorshanba - Investitsiya, eksport masalalarini oʻrganish va sanoat zonalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish kuni.

🔘Statistika boshqarmasi. Joriy davrda viloyatda 6311 mlrd. soʻm yoki asosiy kapitalga investitsiyalarning 27,4 foizi xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan amalga oshirildi.

🔘Angren shahri. Angren shahar hokimi hududda faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish obyektlarida mahsulot turlari, hajmi va sifati bilan bogʻliq jarayonlarni koʻzdan kechirdi.

🔘Toshkent tumani. Tumandagi “Sarke” mahallasida yuqori quvvatli, zamonaviy ip yigirish zavodi ish boshladi.

🔘Ohangaron tumani. Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Ohangaron shahri va tumanidagi ishlab chiqarish obyektlarida boʻlib, tadbirkorlar, xorijlik hamkorlar bilan muloqot qildi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. Tumanda joriy yilda 61,7 gektar yer maydonida yetishtirilgan Indigofera oʻsimligi oʻrib olinib, kamyob boʻlgan tabiiy boʻyoq tayyorlanmoqda.

🔘Yangiyoʻl tumani. Tumanning “Qoʻshtepa” mahallasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash uchun moʻljallangan muzlatgich omborxonasi loyihasi amalga oshirildi.

🔘Parkent tumani. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Toshkent viloyati boshqarmasi muvofiqlashtiruvida Parkent tumanida “Med torg invest” MChJ tomonidan “Meva-sabzavotlarni saqlash va qayta ishlash”loyihasi ishga tushirildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RSIH
Audio
#Dayjest

Viloyatimizda qulay ishbilarmonlik muhiti, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar yangi loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilmoqda. Jarayonga esa sektor rahbarlari va biriktirilgan masʼullar salmoqli hissa qoʻshishmoqda. Qisqa xabarlarimizda shu mavzu atrofida soʻz yuritamiz.

🔘
Davlat Soliq boshqarmasi. Viloyat davlat soliq boshqarmasi boshligʻi, 4-sektor rahbari Olmaliq shahrida aholi bilan sayyor qabul oʻtkazdi.

🔘Bekobod tumani. 3-sektor rahbari boshchiligida ”Qoʻqoni” MFYda hashar asosida ichimlik suvi quvurlari tortilmoqda.

🔘Parkent tumani. 29-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan sayyor qabul oʻtkazildi.

🔘Yangiyoʻl shahri.Yangiobod” MFY hududida basketbol, zamonaviy mini-futbol va bolalar maydonchalari qurilmoqda.

🔘Olmaliq shahri. Aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida ishsiz fuqarolarga hunar oʻrgatib, ishga yoʻnaltirish belgilab olindi.

🔘Boʻka tumani. 1-sektor hududidagi “Navroʻz” MFYda ishsiz fuqaro Kamola Rahmatova kaliforniya chuvalchangi olib, tadbirkorlik boshladi.

🔘Boʻstonliq tumani. Yoshlar ishlari agentligi “Kelajak kasblari” loyihasi bilan “Gennis Campus” oʻquv markazida IT kurslari tashkil etdi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani.Fayzobod” MFY da tuman hokimi Ixtiyor Qosimov fuqarolar uchun qabul oʻtkazdi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RSIH
Audio
#Dayjest

Viloyatimizda qulay ishbilarmonlik muhiti, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar yangi loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilmoqda. Jarayonga esa sektor rahbarlari va biriktirilgan masʼullar salmoqli hissa qoʻshishmoqda. Qisqa xabarlarimizda shu mavzu atrofida soʻz yuritamiz.

🔘Parkent tumani. Kichik yoshdagi bolalarni parvarish qilish va taʼlim berish boʻyicha yurtimizda oʻtgan Butunjahon konferensiyasi ishtirokchilari Parkent tumani boʻlishdi.

🔘Ohangaron tumani. Yonariq” MFY masʼullari va hokim yordamchisi tomonidan xonadonma-xonadon olib borilgan oʻrganishlar davomida ishsiz fuqaro Hulkar Suyarqulova tadbirkorlikka yoʻnaltirildi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Shahardagi “Sabo” mahallasida davlat-xususiy sherikchilik asosida mahalla guzari qurilmoqda.

🔘Bekobod tumani. Toshkent — Bekobod yoʻli yoqasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida seminar tashkil etildi.

🔘Boʻstonliq tumani. Tuman hokimligida mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirining maslahatchisi Botir Parpiyev ishtirokida kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

🔘Olmaliq shahri. Shahar hokimi oʻrinbosarlari boshchiligida tadbirkor va eksportyorni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish maqsadida sayyor qabul oʻtkazildi.

📹
DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
#Dayjest

18-noyabr – “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan kun. Mazkur sana munosabati bilan hududlarda oʻtkazilgan tadbirlar qisqa satrlarda...

🔘Viloyat prokuraturasi.Davlat bayrogʻi — baxt va iftixorimiz timsolidir!” mavzusida davlat ramzlariga nisbatan hurmat, faxr, muhabbat ruhida munosabatda boʻlish lozimligi borasida tashviqot-targʻibot ishlari yanada kuchaytirildi.

🔘IIBB. “Bayrogʻim-gʻururim!” shiori ostida joylarda targʻibot tadbirlari boʻlib oʻtdi.

🔘Soliq boshqarmasi.Muqaddasdir Vatan bayrogʻi” shiori ostida soha xodimlari ishtirokida maʼrifiy suhbatlar uyushtirildi.

🔘Adliya boshqarmasi. Davlat bayrogʻidan foydalanishning qonuniy asoslari, xususan, undan reklama maqsadida foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligiga oid talablar keng targʻib qilindi.

🔘Kadastr boshqarmasi.Bayroqqa hurmat – millatga muhabbat ramzi” shiori ostida “chellenj” oʻtkazildi.

🔘Chinoz tumani. Bayram tantanalari oldidan mehmonlarga sharaf lentalari taqildi.

🔘Yangiyoʻl tumani. Harbiylar, taʼlim va tibbiyot muassasalari vakillari hamda yoshlar ishtirokida “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi!” shiori ostida avtokarvon tashkil etildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani.Mustaqillik” maydoni uzra hilpirab turgan ulkan bayroq yonida katta bayram tadbiri tashkil etildi.

🔘Parkent tumani. Mudofaa boʻlimi va Milliy gvardiyaga qarashli harbiy texnikalar, otliq boʻlinmalar, avtoulovlarda harbiy xizmatchilar hamda faol yoshlar ishtirokidagi tantanali parad boʻlib oʻtdi.

🔘Ohangaron tumani. Harbiy qism askarlarlari mahalla yoshlari bilan uchrashib, bayroqni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlarni ijro etishdi.

🔘Qibray tumani. Keng jamoatchilik bilan birga “Sogʻliq uchun 5000 qadam!” shiori ostida salomatlik aksiyasi oʻtkazildi.

🔘Bekobod tumani. Korxona va tashkilotlar xodimlari, uyushmagan yoshlar ishtirokida bayram marofoni tashkil etildi.

🔘Toshkent tumani. Shuhrating porlasin toki bor jahon!” shiori ostida keng jamoatchilik ishtirokida bayram tantanasi oʻtkazildi.

️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Audio
#Dayjest

Viloyatimizda qulay ishbilarmonlik muhiti, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar yangi loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilmoqda. Jarayonga esa sektor rahbarlari va biriktirilgan masʼullar salmoqli hissa qoʻshishmoqda. Qisqa xabarlarimizda shu mavzu atrofida soʻz yuritamiz.

🔘Olmaliq shahri. Shahardagi qurilishi tugallanmagan nasos stansiyasi binosini “E-auksion” onlayn platformasiga joylashtirishda yuzaga kelayotgan muammolar boʻyicha shahar hokimligi tomonidan tuzilgan Ishchi guruh masʼullari tomonidan oʻrganish oʻtkazildi.

🔘Bekobod tumani. Tuman hokimligining tegishli mutasaddaliri hududdagi 51 mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari va tadbirkorlar bilan uchrashdi

🔘Zangiota tumani. Masʼullar tumanda faoliyat koʻrsatib kelayotgan “TAKRO-OSIYO” korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Toshkent viloyati 3-sektor rahbari, viloyat IIBB boshligʻi T. Aripov Yangiyoʻl shahrida boʻlib, “Farovon” va “Bahor” mahallalari aholisi bilan kommunal sohadagi muammolarini bartaraf etish yuzasidan uchrashuv oʻtkazdi.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. Tuman hokimi A.Karimjonov mahallalardagi hokim yordamchilari va tadbirkorlar, tijorat banklari rahbarlari bilan joriy vazifalar yuzasidan amaliy muloqot oʻtkazdi.

🔘Piskent tumani. Tuman hokimi R.Rixsiyev yoqilgʻi quyish va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari rahbarlari bilan korxonalar atrofini obodonlashtirish, manzarali va mevali daraxt hamda butalar oʻtqazish, koʻkalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish boʻyicha fikr almashdi.

🔘Yangiyoʻl tumani. Shoʻralisoy mahallasining hokim yordamchisi tomonidan 9 nafar fuqarolariga motokultivator, motoroller, issiqxona, sutni qayta ishlash va qadoqlash maxsus uskunasi imtiyozli kredit asosida yetkazib berildi.

🔘Parkent tumani. IIB boshlig'i 3 sektor raxbari A.A.Aliasqarov 3-sektor hududa joylashgan Kungay va Olmazor mahalla fuqarolari yig'ini hududida joylashgan ijtimoiy obyektlarini ko'zdan kechirdi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#dayjest

Shanba — Qishloq xoʻjaligi sohasi va fermerlar kuni, shuningdek, “Yashil makon” tadbirlari bilan izchil shugʻullaniladigan sana. Bugungi qisqa xabarlarimiz mana shu mavzu tevaragidadir.


🔘Toshkent tumani. 2-sektor hududidagi 17 ta mahallaning hokim yordamchilari tashabbusi bilan “Sirgʻali” mahallasidagi “Fayzibaland” koʻchasiga 60 tup olma koʻchati ekildi.

🔘Chirchiq shahri. 100 dan ortiq milliy gvardiya chirchiq shahar qo'riqlash bo'limi xodimlari ko'chat o'tkazish jarayonida faol bo'lishdi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Tuman hokimi Ixtiyor Qosimovning tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tumanga 20 mingdan ziyod mevali daraxt koʻchatlari olib kelinib, hududlarga tarqatilmoqda.

🔘Ohangaron shahri.Qoʻrgʻon” MFY hududiga Oʻzbekiston Ekologiya partiyasi viloyat boʻlimi tomonidan mevali va manzarali daraxt koʻchatlari olib kelindi.

🔘Parkent tumani.Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi tadbirlarda tuman IIB xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
#DAYJEST
#kun_mavzusi

Ob-havoning keskin pasayishi bir qator noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda. Toshkent viloyatining masʼul boshqarmalari tomonidan yoʻllarda harakat xavfsizligi hamda energiya taʼminoti bilan bogʻliq avariya holatlarini bartaraf etish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda. Qisqa satrlarda shu haqda.

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi. FVB xodimlari “Qamchiq” dovonida qiyin ahvolda qolgan yoʻlovchilarga yordam koʻrsatdi.

IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi. Noqulay ob-havo tufayli harakat ishtirokchilarini ogohlantirdi va Boʻstonliq yoʻlidagi vaziyat haqida axborot berdi. Shuningdek, “Qamchiq” dovoni yoʻlini maxsus texnikalar yordamida qordan tozalab,  muzlamalarni bartaraf qilish uchun qum-tuz aralashmasi sepilmoqda.

Xududiy elektr tarmoqlari AJ. Tunu kun navbatchilik shtabi tomonidan togʻ va togʻoldi hududlari, Angren, Boʻstonliq, Parkent va Ohangaron tumanlarida yuzaga kelgan avariya holatlari bartaraf etildi.

Hududgaz Toshkent” GTB. Aholiga uzluksiz gaz yetkazib berish maqsadida gaz taʼminoti boshqarmasining 600 nafar xodimi jalb etildi. Xususan, Toshkent, Zangiota, Boʻstonliq va Yangiyoʻl tumanlari hududida amaliy choralar koʻrildi.

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter