#newbook #yangikitob
Shams Tabriziy – “Ishqning 41 qoidasi”
Book.uzdan ajoyib sovgʻa. Tabriziy
fors shoiri, tasavvuf olimi va buyuk mutafakkir hisoblanadi. U ko‘pincha buyuk shoir va mutasavvuf Jaloliddin Rumiy bilan bog‘lanadi, chunki uning hayotiga va ijodiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Tabriziy oʻqishga yaxshi imkon.
Pol Oster – “Nyu-York trilogiyasi”
Zabarjad Medianing bu oygi katta premyeralaridan yana birini xarid qildim. Adashmasam, Oster haligacha bizning adabiy olamimizga tarjimalar orqali tanish emasdi. Ochigʻi, uni mutolaa qilishga oshiqyapman.
@panda_books

👍14🔥7
#newbook #yangikitob
Yaqinda Toshkentda ulugʻ adib Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar”ini ingliz tiliga tarjima qilgan tarjimon Mark Riz taqdimot oʻtkazgandi. Ming afsuski, oʻzim ishtirok etolmagandim. Bugun doʻstimiz Shohrux Usmonov @usmonosphere uning salomini bizga ham yetkazibdi. Endi Qodiriyni ingliz tilida ham oʻqishingiz mumkin!
Toʻgʻrsi, kutmagandim. Juda xursand boʻldim. Oʻzbek madaniyatini dunyoga yoyishda nihoyatda muhim qadam deb hisoblayman bu ishlarni. Doʻstlarimizga boshlagan ishlarida omadlar tilab qolaman!

🔥22👍11⚡4❤4🏆3
#newbook #yangikitob
“Akademashr”da “Izlam” toʻplamining yangi 2-fasli chiqqanidan xabaringiz boʻlsa kerak. Bugun ushbu toʻplamga kirgan iste’dodli mualliflardan biri Furqat aka Alimardon menga (dastxat qoʻygan holda😊) oʻz kitobidan joʻnatibdilar. Nomi ham kitobxonni oʻziga tortadi - “Qorakuya”. Tepadigi iqtibos ham shu kitobdan olindi. Furqat akani ushbu yutuq bilan chin dildan tabriklagan holda kelgusi ijodiga ulkan muvafaqqiyatlar tilayman!
O’qiymiz:)
@panda_books
Inson uchun oʻzidan murakkab jumboq yoʻq. Chunki u oʻzini ba’zida juda yolgʻiz his qiladi. Atrofi toʻla odam, biroq u yolgʻiz. Kimdir yo nimadir unga kamlik qilgandek tuyuladi. Bu holat qalbshunoslarning aytishicha, kechqurungi soat oltidan to sakkizgacha juda seziladi.
“Akademashr”da “Izlam” toʻplamining yangi 2-fasli chiqqanidan xabaringiz boʻlsa kerak. Bugun ushbu toʻplamga kirgan iste’dodli mualliflardan biri Furqat aka Alimardon menga (dastxat qoʻygan holda😊) oʻz kitobidan joʻnatibdilar. Nomi ham kitobxonni oʻziga tortadi - “Qorakuya”. Tepadigi iqtibos ham shu kitobdan olindi. Furqat akani ushbu yutuq bilan chin dildan tabriklagan holda kelgusi ijodiga ulkan muvafaqqiyatlar tilayman!
O’qiymiz:)
@panda_books
🔥19👍7
#newbook #yangikitob
Asaxiyda Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Abdurazzoq Gurnaning – “Jannat” romani chop etilibdi.
Unda inglizlar mustamlaka Afrikada aholini o‘z yeridan haydab chiqarayotgan va nemislar qit'a bo'ylab temiryo‘l qurishni rejalashtirayotgan davr hayoti asosida yozilgan.
Romanda voqealar bosh qahramon, 12 yoshida otasining qarzi uchun qullikka berib yuborilgan afrikalik bolakay - Yusufning tilidan hikoya qilinadi.

🔥17👍7🏆2
#newbook #yangikitob
Amerikadagi kichik shaharchada Pekola Bridlou ismli qora tanli qizcha yashaydi va u moviy koʻzlari boʻlishini istamaydi.
Kitobni koʻrib, u va muallifi haqida ma’lumot izlashdan oldin hayolimga kelgan ilk fikr shunday edi: “Qanday oʻzgacha nom! Eng moviy koʻzlar qanaqa boʻladi?!”
Amerikalik adiba, Nobel mukofoti sovrindori Toni Morrisonning “Eng moviy koʻzlar” kitobi orqali ancha tin olgan “Factor Books” nashriyoti kitobxonlar ommasiga qaytdi deyishimiz mumkin.
Adiba (asli ismi Xloya Ardeliya) asarida anglaganingizdek, zoʻravonlik, irqchilik va bolalarga nisbatan zoʻravonlik illatlari mavzusi koʻtarilgan.
Tarjimon - Saodat Abdurahmonova. Hadya uchun Factor Booksda minnatdorchilik bildiraman va kitob mutolaasi maroqli boʻladi deb oʻylayman!

👍18🔥8🐳4❤3👏2💔2💯1
#newbook #yangikitob
Huzur nashriyotidan “Bu ham oʻtar, yo Hu!” va "Katta shahzoda" kitoblarini jo'natishdi.
Ayniqsa, Mikeil Adiguzelning kitobi nomi juda qiziqarli ekan, men hatto boshida bu "Kichkina shahzoda"mikan deb o'ylabman:) Ko'ramiz, qanday ekan!

👍15🔥3
#newbook #yangikitob
Yangi yil munosabati bilan hadya qilingan kitob! Juda xursandman!
Vasil meni yangi fantast dunyoga chorlamoqda! Tashakkur:)

❤16👍4❤🔥3🔥3💘1
#newbook #yangikitob
Yaqinda jurnalist, Milliy mass-mediani qoʻllab quvvatlash va rivojlantirish fondi direktori Jahongir aka Azimovning “Oʻzbekistonda yana bir kun” nomli kitobi nashrdan chiqqani haqida xabar bergandim.
Bugun ushbu inson bilan koʻrishdik. Jahongir aka kanalini anchadan beri kuzatib borganim uchun kitob yozayotganidan xabarim bor edi, shundanmi chop etilganini eshitib rosa quvondim.
“Oʻzbekistonda yana bir kun” – oddiy insonlarning noodatiy hikoyalaridan iborat oʻnta portret yoki ocherk. Badiiy publitsistika va adabiyot tutashgan joyda yaratilgan ushbu asarlar har bir shaxsning hayotiy tajribalarini, ichki dunyosini va hayotning oʻziga xos goʻzalligini kashf etadi.
Muallif biror qahramonning hayot yoʻli atayin boʻrttirilmagan yoki yashirilmagan deya ta’kidladi. Barchasi xolis va rostgoʻylik ila yozilgan. Meni xursand qilgan narsa ham shu.
Kitob 2 tilda mavjud. Oʻzbekcha matn muharriri iqtidorli doʻstim Shohrux Usmonov ekan. Endi odatdagidek kitobni oʻqib baho beramiz.

👍14❤3⚡2😱2💘1
#yangikitob #newbook
@qamarbooks kitob do'konidan hadya jo'natishibdi. Bu uchun tashakkur bildirmoqchiman, ayniqsa kreativ va did bilan o'ralganidan hali ochishlariga qo'ymadim:)
Sizningcha, bu qaysi kitob?

🔥20👍11❤3❤🔥3
#newbook #yangikitob
Edvard Eshtonning ajoyib dulogiyasi — 2022-yilda nashr etilgan "Mikki-7" va uning davomi bo'lmish "Antimatter Blues" fantastik romanlari yetib keldi.
Mikki Expendable (Sarflanuvchi) ya'ni Niflheim muz sayyorasini mustamlaka qilish uchun yuborilgan inson ekspeditsiyasining bir martalik ishchisi. Har safar o‘ta xavfli, o'lib ketish mumkin bo'lgan vazifa paydo bo‘lganda, ekipaj Mikkiga murojaat qiladi. Bir nusxasi halok bo‘lgach, uning xotiralarining aksariyati saqlanib qolgan holda yangi tana qayta tiklanadi. Mikki Midgarddagi qarzlaridan va zerikarli hayotdan qochish uchun bu ishga rozi bo‘ladi.
Olti marta halok bo‘lganidan so‘ng, Mickey7 o‘z shartnomasining mohiyatini... va nima uchun u kelganida faqat shu lavozim bo‘sh qolganini tushunib yetadi.
Ushbu g'aroyib sarguzashtlarga boy romanning davomini ham birato'la xarid qildim. Endi film premyerasigacha o'qishni boshlashim kerak.

❤10🔥5👍4
Forwarded from Panda Books
#newbook #yangikitob
Asaxiyda Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Abdurazzoq Gurnaning – “Jannat” romani chop etilibdi.
Unda inglizlar mustamlaka Afrikada aholini o‘z yeridan haydab chiqarayotgan va nemislar qit'a bo'ylab temiryo‘l qurishni rejalashtirayotgan davr hayoti asosida yozilgan.
Romanda voqealar bosh qahramon, 12 yoshida otasining qarzi uchun qullikka berib yuborilgan afrikalik bolakay - Yusufning tilidan hikoya qilinadi.
@panda_books
Asaxiyda Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Abdurazzoq Gurnaning – “Jannat” romani chop etilibdi.
Unda inglizlar mustamlaka Afrikada aholini o‘z yeridan haydab chiqarayotgan va nemislar qit'a bo'ylab temiryo‘l qurishni rejalashtirayotgan davr hayoti asosida yozilgan.
Romanda voqealar bosh qahramon, 12 yoshida otasining qarzi uchun qullikka berib yuborilgan afrikalik bolakay - Yusufning tilidan hikoya qilinadi.
@panda_books
❤6👍3🔥3💘3
#newbook #yangikitob
Ochlik. Aslida juda kuchli jismoniy va ruhiy holatni yuzaga keltira oladigan qiziqarli holat.
“Huzur” @huzurkitoblari nashriyoti kirib kelayotgan Ramazon Hayiti bilan qutlab mashhur norveg adibi, 1920-yilgi Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori Knut Hamsunning “Ochlik” kitobini va tabrik otkritkasi joʻnatibdi. Juda xursandman! Qaytishim bilan albatta oʻqib chiqaman!
Soʻnggi bor ushbu nashriyotning “Qora suyaklar” kitobini tavsiya qilgandim, bu asar ham soʻzsiz readlistingiz oʻrin olishiga aminman.

👍9🔥2🍓2
#newbook #yangikitob
Bugun second-hand kitob doʻkoni oldidan oʻtayotib, negadur bitta kitob olgim keldi. Qarasam toʻrtta kitob atigi £10 funt ekan. Men shularni tanladim:
- “The World is Flat” by Thomas Friedman “
- “When Last I Died” by Gladys Mitchell
- “True Tales of American Life” by Paul Auster
- “Inside Straight” by George R.R. Martin
Menimcha narxiga nisbatan umuman yomon emas. Nima deysiz?

⚡19🔥9💯4👍3🏆2❤1
#newbook #yangikitob
Oʻzbek tiliga yana bir goʻzal tarjima qulluq boʻlsin! @qamarbooks May oyini yangi katta premyera bilan boshladi.
Ushbu ajoyib sovgʻa ichida portugaliyalik mashhur yozuvchi Joze Saramago tomonidan yozilgan “Ko‘rlik” (portugalcha: Ensaio sobre a cegueira, ma’nosi Ko‘rlik haqida esse) joy olgan. Roman 1995-yilda yozilgan boʻlib, bu Saramagoning eng mashhur asarlaridan biri hisoblanadi. U adibning “Iso Masihga ko‘ra Injil" va "Baltasar va Blimunda" romanlari qatorida turadi. 1998-yilda Saramago adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini olgan va mukofotni e’lon qilishda Adabiyot qoʻmitasi tomonidan alohida ta’kidlangan asarlaridan biri aynan "Ko‘rlik" romani edi.
Shunday ekan, bu kitobni oʻqib chiqishga shoshilamiz doʻstlar..

👍12❤7🔥4😢1
#yangikitob #newbook
Budapeshtdan oʻzimga esdalik. Tarixiy kitoblarni yaxshi koʻrishimni bilasiz.
Qaysi shaharga borsam bir kitob olib qaytmasam boʻlmaydi, shundan pul ayay olmayman..

👍11❤5
#newbook #yangikitob
Mirzo Alakbar Sobir - mashhur ozarbayjon shoiri, satirik, yangi usul maktabi asoschisi, jamoat arbobi va muallim.
Nizomiy Ganjaviy - 3 ta toʻliq tom.

👍12❤4
#yangikitob #newbook
Pol Kalaniti - kelib chiqishi hind bo‘lgan amerikalik neyroxirurg shifokor. U 1977-yil 1-aprelda Nyu-York shahrida tavallud topgan.
Pol Kalaniti 36 yoshida unga o‘pka saratoni tashxisi qo‘yildi. Shundan so‘ng u yana qariyb ikki yil yashadi, jarrohlik amaliyotlarini to‘xtatmadi va "Soʻnggi nafas havoga qorishmasdan" nomli tarjimai holini yozdi. Ushbu kitob 2016-yil yanvarida, uning vafotidan keyin nashr etilgan.
Stenford universiteti neyrojarrohi, tibbiyot fanlari doktori Pol Kalaniti o‘zining davolab bo‘lmaydigan o‘pka saratoni tashxisi qo‘yilgandan so‘ng hayoti qay darajada o‘zgarganini ta’sirli va hayajonli tarzda hikoya qilib beradi.
Ushbu asar “Huzur” nashriyoti tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilinibdi.

👍9❤3🔥3
#newbook #yangikitob
Bombora va Denis Peskov tavsiyasi turkumini yigʻishda davom etayapman.
Bu safar ikki professional meteorolog - Saymon King va Krer Nasirning "Yomg‘irning hidi qanday?" kitobini sotib oldim. Unda tabiiyki ko‘plab murakkab ob-havo hodisalarini sodda tilda tushuntirib beriladi.
Ob-havo kundalik hayotimizda muhim mavzu boʻlsa-da, ayniqsa Buyuk Britaniyaga kelganimdan keyin, birinchi raqamli mavzuga aylandi.
Shunday ekan, u haqida yanada yaxshiroq bilib olish aslo zarar boʻlmaydi.

🔥6❤1👍1