#Tanlov
✅ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-maydagi “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 206-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslariga iqtidorli tinglovchilarni qabul qilish va ularni o‘qitish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlangan.
Mazkur Nizomga asosan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslariga iqtidorli tinglovchilarni qabul qilishning yakuniy (suhbat) imtihonlari jarayonlari joriy yilning 24-oktabrda Toshkent shahridagi Amity universitetida o‘tkazildi.
Yakuniy (suhbat) jarayonida, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i T.Tuyg‘unov boshchiligida Iqtisodiyot fakultetining iqtidorli talabalari F.Dilmurodov hamda A.Hotamovlar ishtirok etishdi.
Talabalarimizga omad tilaymiz.
🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati
🌐 Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |

#Yil_talabasi
#Iqtisodiyot
✅Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Iqtisodiyot fakulteti “Yil talabasi” tanlovining fakultet bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
👉Tanlovda talabgorlar o‘z yo‘nalishida g‘oliblik uchun kurash olib borishmoqda.
❗️Yakuniy natijalar tanlov tugagandan so'ng hakamlar hay'ati tomonidan taqdim qilinadi.
🌐Bizning telegram sahifamiz
https://t.iss.one/SamDVMCHBUIqtisodiyotfakulteti

#Yil_talabasi_2024
✅ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalari universiteti
Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakultetida "Yil talabasi 2024" fakultet bosqichi oʻtkazildi.
⚡️ Tanlov natijalarini baholashning shaffofligini ta’minlash maqsadida hakamlar hay’ati tarkibi tuzilib, xolisona baholanib borildi.
🔥 Uzoq davom etgan tanlov natijalariga ko‘ra hakamlar hay'ati quyidagi nomzodlarni taqdim etishdi.
Batafsil quyidagi havolada
🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati
🌐 Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Yil_talabasi_2024
✅ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalari universiteti
Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakultetida "Yil talabasi 2024" fakultet bosqichi oʻtkazildi.
⚡️ Tanlov natijalarini baholashning shaffofligini ta’minlash maqsadida hakamlar hay’ati tarkibi tuzilib, xolisona baholanib borildi.
🔥 Uzoq davom etgan tanlov natijalariga ko‘ra hakamlar hay'ati quyidagi nomzodlarni taqdim etishdi.
Batafsil quyidagi havolada
🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati
🌐 Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Tanlov
#Yil_talabasi_2024
✅ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalari universiteti
Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakultetida "Yil talabasi 2024" fakultet bosqichi oʻtkazildi.
⚡️ Tanlov natijalarini baholashning shaffofligini ta’minlash maqsadida hakamlar hay’ati tarkibi tuzilib, xolisona baholanib borildi.
🔥 Uzoq davom etgan tanlov natijalariga ko‘ra hakamlar hay'ati ,,Yil talabasi-2024'' fakultet bosqichida ishtirok etgan iqtidorli talabalarni universitet bosqichida kutib qolamiz.

#TANLOV
#YIL_TALABASI_2024
✅ UNIVERSITETDA "ENG FAOL YIL TALABASI" TANLOVI O‘TKAZILDI
SamDVMCHBUda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning intellektual salohiyatini oshirish, ularga imkoniyatlar yaratish hamda talabalik nufuzini oshirib, rag'batlantirish maqsadida "Eng faol yil talabasi" Respublika ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovda g‘oliblar “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”, “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi”, “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”, “Yilning eng faol sportchi talabasi”, “Yilning eng faol iqtidorli talabasi”, “Yilning eng faol ijodkor talabasi” va “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” nominatsiyalar bo‘yicha aniqlandi.
Tanlovning universitet bosqichida yuqori o‘rinlarni egallagan g‘oliblar faxriy yorliq va tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
SamDVMCHBU Axborot xizmati

✅ “Konstitutsiya bilimdoni” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
SamDVMCHBUda fakultetlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya bilimdoni” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A. Gapparov tadbirni ochib berib, tanlov talabalarning konstitutsiyaviy bilim va huquqiy madaniyatini oshirish, erkin fikrlash qobiliyati hamda nutq madaniyatini rivojlantirishda muhim ekanligini ta’kidlab, ishtirokchilarga omad tiladi.
Tanlov yakuniga ko‘ra Iqtisodiyot fakulteti “Advokatlar” jamoasi birinchi, Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti “Adolat” hamda Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti “O‘zbekiston yoshlari” jamoalari ikkinchi, Agrotexnologiya fakulteti “Agrotexnologiya” jamoasi uchunchi o‘rinni egalladi.
Tanlov g‘oliblari I, II, III darajali diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati.

#Maʼrifat_maydoni
✅Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida "Ma'rifat maydoni" respublika koʻrik-tanlovining universitet bosqichi boʻlib oʻtdi.
Tanlov 3 ta shart asosida:
"Adiblar hayoti”, “Tezkor savol-javob” hamda “Adiblar hayoti va ijodidan sahnalashtirilgan kompozitsiya” shartlari asosida o‘tkazildi.
Natijalar:
🥇 Iqtisodiyot fakulteti;
🥈 Zoinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti;
🥉 Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakultetlari qoʻlga kiritdi.
🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati
🌐 Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Maʼrifat_maydoni
✅Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida "Ma'rifat maydoni" respublika koʻrik-tanlovining universitet bosqichi boʻlib oʻtdi.
Tanlov 3 ta shart asosida:
"Adiblar hayoti”, “Tezkor savol-javob” hamda “Adiblar hayoti va ijodidan sahnalashtirilgan kompozitsiya” shartlari asosida o‘tkazildi.
Natijalar:
🥇 Iqtisodiyot fakulteti;
🥈 Zoinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti;
🥉 Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakultetlari qoʻlga kiritdi.
🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati
🌐 Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#TANLOV #14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni
✅INSHOLAR TANLOVI O'TKAZILDI
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar - "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan O'zbek, rus tillari va adabiyoti kafedrasi tomonidan Veterinariya meditsinasi yo'nalishi talabalari o'rtasida "JANGOVAR RUH - JANGCHINING QUDRATLI QUROLI" mavzusida insholar tanlovi o'tkazildi.
Talabalar o'z ijodiy ishlarida vatanparvarlik, yurtga sadoqat, xalq manfaatlari va mamlakat istiqboli yo'lida xizmat qilish, mardlik va jasorat ko'rsatish haqidagi fikr-mulohazalarini aks ettirishdi.
Tanlov natijalariga ko'ra quyidagi talabalar g'olib bo'lishdi:
🥇1-o'rin - Mamarasulov Mahmudjon.
🥈2-o'rin - Farmonov Aslbek.
🥉3-o'rin - Hazratov Sherxon.
👏G'oliblarni qutlaymiz!

✅“TO‘MARIS IZDOSHLARI” TANLOVI O‘TKAZILDI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 33 yilligi hamda 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlab fakultetlararo talaba-qizlar o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” tanlovi o‘tkazildi.
Tadbirda so‘z olgan Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A.Gapparov “To‘maris izdoshlari” tanlovi talaba-qizlarning ongida tariximiz, doimo yurt uchun qayg‘urish, sadoqat, vafodorlik, yuksak vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
👉BATAFSIL

#TANLOV #TAQDIRLASH
✅“TO‘MARIS IZDOSHLARI” TANLOVI ISHTIROKCHILARI MUNOSIB TAQDIRLANDI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 33 yilligi hamda 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlab fakultetlararo talaba-qizlar o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” tanlovi o‘tkazilb, tanlovda faol ishtirok etgan talaba-qizlar universitet rektorining faxriy yorlig‘i hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.

📚Buyuk mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi, she’riyat mulkining sultoni Hazrat Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan O‘ZBEK, RUS TILLARI VA ADABIYOTI kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Kafedra haftaligi” doirasida universitetning sirtqi va kunduzgi taʼlim talabalari o'rtasida "ALISHER NAVOIY MEROSI - MILLATIMIZ XAZINASI" mavzusida INSHOLAR TANLOVI oʻtkazildi.

✅Universitetimiz talabasi insholar tanlovi respublika bosqichi ishtirokchisi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 11-noyabrdagi 428-sonli buyrugʻiga asosan respublika miqyosida "JADIDLAR JASORATI - MILLATIMIZ FAXRI" mavzusida tashkil etilgan insholar tanlovining mintaqalararo saralash OTM bosqichida 1-oʻrinni egallagan Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti 306-guruh talabasi Qayumov Azamat ham ishtirok etdi.
Tanlovda Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatidagi OTM talabalari qatnashishdi.
Tanlov natijalari tanlov komissiyasi tomonidan 20-fevralga qadar eʼlon qilinishi taʼkidlab oʻtildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Vatanni madh etib” eng yaxshi videoroliklar tanlovi e’lon qilindi. Ushbu tanlovda barcha talabalar ishtirok etishi mumkin.
Tayyorlanadigan videorolik quyidagi mavzularda bo’lishi talab etiladi:
👉 milliylikni targʻib qilish;
👉 milliy merosimiz va qadimiy urf-odatlarimiz bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan boʻlishi;
👉 yoshlarda harbiy vatanparvarlik ruhini oshirishga qaratilgan boʻlishi;
👉 Oʻzbekistonning tarixi va bugungi kuni, hozirgi kunda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar v.h.
❗️Videorolik tasvirida 70-80 foizgacha jamoa (yoki yakka tartibda) aʼzolarining aks (koʻrinishi) etishi hamda taqdim etiladigan videoroliklar soni 1 ta, davomiyligi 30 soniyadan – 1:00 daqiqagacha MPEG-4 formatda bo'lishi shart.
“Vatanni madh etib” eng yaxshi videoroliklar tanlovining final bosqichida 1-, 2-, 3-oʻrinni egallagan ishtirokchi yoki jamoalar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan vazirlikning diplomi hamda quyidagi tartibda:
✅ 1-oʻrin – 20 million soʻm,
✅ 2-oʻrin – 15 million soʻm,
✅ 3-oʻrin – 10 million soʻm pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
❗️Videoroliklar +998939912244
telegram manziliga 2025-yilning 4-aprel kuni soat 17:00 ga qadar yuborilishi lozim. Kechikkanlardan qabul qilinmaydi.

⚡️ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 17-martdagi 100-sonli buyrugʻi asosida buyuk maʼrifatparvar, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri, atoqli adib va pedagog Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan joriy yilning 8-aprel kuni tashkil etilgan "Mahmudxoʻja Behbudiy saboqlari" mavzusidagi insholar tanlovining hududiy va respublika bosqichi boʻlib oʻtdi. Ushbu tanlovda universitetimizning iqtidorli talabalaridan biri Biotexnologiya fakulteti 404-guruh talabasi Suyarova Vazirabonu ham ishtirok etdi.
⚡️Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlar respublika komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilib, yakuniy natijalar tez orada eʼlon qilinishi taʼkidlandi.
🏛SamDVMCHBU Matbuot xizmati
🌐 Ssuv.uz |Telegram |Twitter |
Instagram | Facebook| Youtube |

#Litsey_xabarlari #Tanlov_balli_qizlar
✅Joriy yilning 11-aprel kuni SamDVMCHBU Akademik litseyining faollar zalida 1- kurs qizlari ishtirokida ''BALLI QIZLAR'' ko'rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.
"Tanishtiruv", "Karven san'ati", "Erkin mavzu", "Tugma qadash", "Soch turmaklash" kabi shartlarda qizlar bor mahorotlarini ko'rsatib, tanlov ko'tarinki ruhda o'tkazildi.

✅Oliy ta’lim tashkilotlarida shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini chuqur o‘rganishni samarali tashkil etish, yoshlarning adabiyotga qiziqishlarini yanada oshirish, ularni kitob o‘qishga da’vat etish maqsadida talaba-yoshlar o‘rtasida “Ilhom” mukofoti tanlovi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 503-son qarorida belgilangan Nizom talablariga muvofiq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi va hamkor tashkilotlar tomonidan har yili yuqori saviyada oʻtkazib kelinmoqda.
Joriy yilda ham universitetimizda ushbu tanlovning oliy taʼlim muassasasi miqyosidagi dastlabki saralash bosqichi oʻtkazildi.
Ushbu saralash bosqichida fakultetlar kesimidagi talabalar shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodiga oid 50 ta savoldan tashkil topgan test sinovida ishtirok etishdi.
🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati
🌐 Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
Instagram | Facebook| Youtube