Xorazm | Ta'lim Yangiliklari
6.31K subscribers
1.73K photos
466 videos
268 files
1.07K links
Reklama: @Ilhom_Babajanov

🏛Ushbu kanalda Xorazm viloyatidagi oliy ta'lim muassasalari haqida eng so‘nggi ma'lumotlarni berib boramiz!
Download Telegram
🤩 Rektor va yoshlar uchrashuvi

Bugun, 22-iyul kuni Urganch shahridagi Yoshlar markazida Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova viloyatimiz yoshlari bilan ochiq muloqot qildi.

Samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda rektor yoshlarni qiziqtirgan masalalar, o‘quv jarayoni, bandlik masalasi, ilmiy faoliyat, xorijiy tillarni o‘rganish kabi yo‘nalishlardagi savollarga batafsil javoblar berdi. Uchrashuv davomida ko’plab yoshlarning taklif va tashabbuslari qo’llab-quvvatlandi.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

👉 @OTM_XORAZM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3👏3😁2
⚡️Yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar o'z xohishlariga ko'ra, super-kontrakt asosida o'qishlari mumkin.

Super-kontrakt miqdori quyidagicha:

Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi;
Agar 1,1 baldan — 2,0  ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi;
Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi;
Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi;

👉 Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. Bu miqdor yo'nalishlarga qarab bazaviy kontraktning 8 barobardan 25 barobargacha belgilanishi mumkin.

👉 @OTM_XORAZM
😱63🔥2🤔2👍1👏1😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 O'qishni ko'chirish uchun onlayn ariza topshirish bo'yicha VIDEO QO'LLANMA

Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun my.uzbmb.uz sayti orqali online ariza topshirish boʻyicha video qoʻllanma

👉 @OTM_XORAZM
2🔥2👍1👏1🤔1
📌 Abituriyentlar testdan soʻng nimani tanlashadi?

1️⃣ Beshtagacha yoʻnalish tanlanadi.
Siz istalgan yoʻnalish va istalgan OTMni tanlashingiz mumkin, bu siz topshirgan fanlar majmuiga mos keladi.

2️⃣ Taʼlim shakli tanlanadi.
Kunduzgi, sirtqi, kechki yoki masofaviy taʼlim shakllarini tanlash mumkin, bu ajratilgan kvotalarga bogʻliq. Besh yoʻnalish orasida taʼlim shakllarini aralashtirish mumkin, masalan, 1 va 2 yoʻnalish - kunduzgi, 3 - sirtqi, 4 - kechki, 5 - masofaviy.


3️⃣ Tanlov ustuvorligi belgilanadi.
Davlat granti yoki yoʻnalish uchun ustuvorlikni tanlash mumkin. Masalan, kimdir aytishi mumkin: "Men besh yoʻnalishdan qay biriga kirsam ham muhim emas, muhimi - davlat grantiga kirish", shunda ustuvorlik grantga beriladi. Boshqa bir kishi aytishi mumkin: "Men albatta tanlagan birinchi yoʻnalishga kirishim kerak, hatto shartnoma asosida ham", shunda ustuvorlik yoʻnalishga beriladi.

15 kundan keyin umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Odatda, yakuniy mandat bir hafta ichida eʼlon qilinadi. Mandat taxminan 20-avgust kuni eʼlon qilinishi kutilmoqda (agar oldingi yillardagidek tasdiqlash kechiktirilmasa).

👉 @OTM_XORAZM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2🔥2👏1
⚡️826 nafar abituriyent maksimal 189 ball to‘pladi

Eng ko‘p maksimal ball biologiya+kimyo fani majmuasida (tibbiyot yo‘nalishi desak ham bo‘ladi), undan keyin ingliz tili+ona tili fanlari majmuasida (ingliz tili filologiyasi yo‘nalishi).

Fanlar majmuasi hamda tillar kesimida 189 ball to‘plaganlar soni quyidagicha:

🔹Biologiya + kimyo fanlari majmuasida (259 nafar)

O‘zbek tili: 227 nafar
Rus tili: 18 nafar
Qoraqalpoq tili: 14 nafar

🔹Ingliz tili + ona tili va adabiyot fanlari majmuasida (234 nafar)

O‘zbek tili: 227 nafar
Rus tili: 4 nafar
Qoraqalpoq tili: 3 nafar

🔹Tarix + chet tili fanlari majmuasida (146 nafar)

O‘zbek tili: 145 nafar
Rus tili: 1 nafar

🔹Matematika + chet tili fanlari majmuasida (139 nafar)

O‘zbek tili: 133 nafar
Rus tili: 4 nafar
Qoraqalpoq tili: 2 nafar

🔹 Davlat va huquq asoslari + chet tili fanlari majmuasida (26 nafar)

O‘zbek tili: 22 nafar
Rus tili: 3 nafar
Qoraqalpoq tili: 1 nafar

🔹Ona tili va adabiyot + chet tili fanlari majmuasida (16 nafar)

O‘zbek tili: 9 nafar
Rus tili: 4 nafar
Qoraqalpoq tili: 3 nafar

🔹Matematika + fizika fanlari majmuasida (5 nafar)

O‘zbek tili: 5 nafar

🔹Fizika + matematika fanlari majmuasida (1 nafar)

O‘zbek tili: 1 nafar

ℹ️ Izoh: yuqoridagi ro‘yxatga “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilarining natijasi kiritilmagan, chunki ular uchun alohida kvota beriladi.

✔️ @mandatjavobbot orqali istalgan ta'lim yo'nalishlarining 2024-2025-o'quv yilidagi o'tish ballari bilan tanishishingiz mumkin.

👉 @OTM_XORAZM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏42👍2🔥1😁1
⚡️ Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi

Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida ishtirok etgan abituriyentlar 15 kun davomida quyidagilarni tanlashi lozim:

oliy taʼlim muassasasi (test sinovi topshirgan fanlar majmuasiga mos ta’lim yo‘nalishi mavjud OTM);
bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (test sinovi topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos yo‘nalish);
taʼlim shakli (turli ta’lim shakllarini tanlash mumkin);
tanlov ustuvorligi (“Davlat granti” yoki “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorliklaridan biri).

📱 Abituriyentlar test sinovi topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos 5 tagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin.

🌎 Sayt manzili: my.uzbmb.uz (“Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi => “OTM tanlash”)

📆 Muddat: 2025-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar (shu kunlari ham)

@OTM_XORAZM
👏32🔥1🥰1
❗️KVOTA-2025
#abituriyent

BAKALAVR:

KUNDUZGI — 148 400 nafar;

KECHKI — 28 ming 732 nafar;

MASOFAVIY — 18 ming 195 nafar.

MAGISTRATURA:

KUNDUZGI — 20 ming 210 nafar;

KECHKI — 1 ming 319 nafar;

MASOFAVIY — 420 nafar.

MAQSADLI QABUL:

Sog‘liqni saqlash (1 173);

Maktab ta’limi (626);

San’at sohasi (4).

IMTIYOZLI KVOTALAR:

5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun (2 500 ta);

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun (3 907 ta).

QOʻSHIMCHA KVOTALAR:

Mehribonlik uyi va bolalar shaharchalarining bitiruvchilari uchun (1 953 ta);

Qurolli Kuchlar 5 foizli (9 766 ta)

👉 @OTM_XORAZM
4👍2🔥2
⚡️ O‘tish bali | 56,7 ball bu yil ham o'zgarishsiz qoldi

▫️Davlat qabul komissiyasining tegishli bayoni bilan respublika oliy ta’lim muassasalariga

davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali68,0 ball (maksimal 189 ballning 36 %),

to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30 %) etib belgilandi.

👉 @OTM_XORAZM
😱7🙊54😢4
Magistratura_turdosh_2025.pdf
424 KB
#Qabul_2025 #Magistratura_turdosh

⚡️ MAGISTRATURAga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati

Siz mazkur roʻyxatdan qaysi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi davlat oliy taʼlim muassasalari MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh ekanligini bilib olishingiz mumkin.

👉 @OTM_XORAZM
👍2🔥2👏2
Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani?

Abituriyentlarga yo‘nalish tanlash huquqi berilganda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilashi mumkin.

👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:

🔹 Davlat grantini tanlasa — tanlagan barcha taʼlim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida saralanadi;

🔹 Ta’lim yo’nalishini tanlasa — avval har bir taʼlim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi.

Yuqoridagi suratda buning ketma-ketligi ko’rsatilgan.

‼️Abituriyentlar ustuvorlikni belgilashda eʼtiborli bo‘lishlari kerak. Mandat chiqqandan keyin, “voy, men bu yo’nalishda o’qimayman, ikkinchida o’qimoqchi edim, beshinchida o’qimoqchi edim” degan gaplar befoyda bo’ladi.

👉 @OTM_XORAZM
4👍3🔥2
⚡️ Xotin-qizlar uchun qaysi viloyatga qancha kvota berilgan?

◾️ Bu yil xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qo‘shimcha 4 000 ta davlat granti ajratildi (o‘tgan yili 2000 ta edi)

Quyida ushbu qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti:

Unga ko‘ra:

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 284;
📍Andijon viloyati – 312;
📍Buxoro viloyati – 180;
📍Jizzax viloyati – 233;
📍Qashqadaryo viloyati – 337;
📍Navoiy viloyati – 196;
📍Namangan viloyati – 382;
📍Samarqand viloyati – 508;
📍Surxondaryo viloyati – 318;
📍Sirdaryo viloyati – 140;
📍Toshkent viloyati – 218;
📍Farg‘ona viloyati – 529;
📍Xorazm viloyati – 275;
📍Toshkent shahri – 88.

@OTM_XORAZM
1🔥1👏1