O‘rta Chirchiqda
43 subscribers
51 photos
6 videos
24 links
Download Telegram
#челленж
#коррупциястоп

Ўрта Чирчиқ туманида фаолият олиб борувчи корхона ва ташкилотлар ходимлари "Биз коррупция қаршимиз!" челленжида иштирок этишди.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | www.ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#DOLZARB_90

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida, oʻzgacha iqtidor egalari boʻlgan yoshlarimizni talantlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali qoʻllab quvvatlanish maqsadida "Iqtidorli yoshlar" kichik formatdagi intervyu loyihasini yoʻlga qoʻydik.

Demak mini intervyu loyihamizning ilk talanti Oʻrta Chirchiq tumanidan
Abduvoitov Zafarbek

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama
🔥211👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#бу_қизиқ

⁉️Сиз қанча ойлик оласиз?

Ойлигингиз ўзингизга етадими?

↗️Ойликчиларга жўнатворурасизлар текис

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama
🔥1🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Gaz sarfi va xarajatlarini onlayn rejimda kuzatish imkonini beruvchi mobil ilova test sinovida ishga tushirildi

“Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan aholi isteʼmolchilarining tabiiy gaz sarfi va xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini beruvchi “Hudud Gaz Taʻminot” mobil ilovasi test sinovida ishga tushirildi.

Ayni paytda isteʼmolchilar mazkur ilovani Android hamda iOS operatsion tizimi qurilmalari orqali bepul yuklab olishlari mumkin. Mobil ilova dasturi avtomatlashtirilgan holda yangilab boriladi.

Mazkur ilova orqali isteʼmolchilar bevosita kunlik va oylik kesimida tabiiy gaz isteʼmolini kuzatib borish, xususan, gaz hisob raqamlariga toʻlov qilish hamda suyultirilgan gaz isteʼmolchilari oʻz hisoblarini toʻldirish va biriktirilgan ballonlar roʻyxatini koʻrib borish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Ilovani yuklab olgandan keyin unga tegishli shaxsiy hisob raqami hamda One ID xizmati orqali ulanish mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | TikTok | ok.ru | gov.uz/oz/ortachirchiq | Murojaat | Muhokama
🎼🎹🥁🎷🎤🪗🎸🪕🎻🪈🩰🎭🎨
Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Nurafshon shahar 12-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabi 2025-2026 óquv yili uchun óquvchilarni óqishga qabul qiladi.

🎼  Musiqa yo‘nalishi  🎼

O‘qish  muddati  7 yil:

1. fortepiano (akademik va estrada);
2. skripka.

O‘qish  muddati  5 yil:

1. o‘zbek xalq cholg‘ulari (qashqar rubobi, afg‘on rubobi,  rubob-prima,  doira,  dutor);
2. хalq cholg‘ulari (gitara, akkordeon);
3. damli  cholg‘ular (saksofon,truba,fleyta);
4. zarbli cholg‘ular;
5. an’anaviy xonandalik;
6. an’anaviy cholg‘u  ijrochiligi  (dutor, doira);
7. akademik xonandalik;
8. estrada xonandaligi, estrada ijrochiligi.

🎭 San’at  yo‘nalishi 🎭

O‘qish  muddati  5 yil:

1. xoreografiya;
2. tasviriy san’at ;
3. amaliy san’at ;
4. teatr san’ati.

📝 12-sonli BMSM ga o‘qishga kirish uchun hujjatlar
1 avgustdan 25-avgustgacha qabul qilinadi.

📍 MANZIL: NURAFSHON SHAHAR, SPORT KO‘CHASI 27 UY
📞 TELEFON: (90)3529295
                        (90)3200839
1
#долзарб_тўқсон_кун

⚡️Ёзги таътил спорт билан!


Ёзги таътил давомида Ўрта Чирчиқ тумани Мактабгача ва мактаб таълими бўлими ташаббуси билан ўқувчилар ўртасида маърифий-кўнгилочар тадбирлар ўтказиб келинмоқда.

Таълим тизимида эълон қилинган "Долзарб тўқсон кун" лойиҳаси доирасида "Ёзги таътилни спорт билан бирга ўтказамиз!" шиори остида спорт мусобақаси бўлиб ўтди.

Унда ҳаваскор спортчи йигит-қизлар спортнинг енгил атлетика, жумладан, 30 метр, 60 метр ва 2 километр масофага югуриш тури бўйича ўзаро беллашдилар.

Якуний натижаларга кўра турли масофаларга югуриш баҳсларида, 29-, 11-, 43- ва 65-мактаб ўқувчилари 3-ўринни ҳамда 11-, 58- ва 65-мактаб ўқувчилари 2-ўринни эгаллади. Ғолиблик эса 15- ва 51-мактаб ўқувчиларига насиб этди.

Ғолиблар Ўрта Чирчиқ тумани ММТБ томонидан тақдирланди.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | TikTok | ok.ru | gov.uz/oz/ortachirchiq | Murojaat | Muhokama
🔥1