Taʼminot toʻxtatiladi
#Amaliyot
Toshkent shahrining ayrim hududlarida gaz taʼminoti oʻchiriladi ❌
Toshkent shahrining ayrim hududlarida gaz taʼminoti toʻxtatiladi. ✅
🟢 Taʼminot soʻzi bu jumlada yetkazib berish maʼnosiga ega. Gaz yetkazib berilishi toʻxtatiladi degan mazmun koʻzlangan. Taʼminotning oʻchish, yonish, oʻchirilish yoki yondirilish xususiyati boʻlmaydi.
@oriftolib

👍42🤨1
#Amaliyot
Uncha qimmat bo‘lmagan havo sifatini monitoring qiluvchi sensorlar ❌
Uncha qimmat bo‘lmagan, havo sifatini monitoring qiluvchi sensorlar ✅
Havo sifatini monitoring qiluvchi uncha qimmat bo‘lmagan sensorlar ✅✅

👍42🔥25😎7🤨2😱1
#Amaliyot
Ular maxsus pufaklardan ajoyib hayvonlar shaklini yasashdi 🤔
Ular maxsus pufaklardan hayvonlarning ajoyib shakllarini yasadi ✅

👍46🔥21🤨3😱2💯1
#Amaliyot
Soliha bodroqni 3 kg dan kichik paketlarga joyladi. ❌
Soliha bodroqni kichik paketlarga 3 kg dan joyladi. ✅

👍80🔥8💯8
#Amaliyot
O‘zbekistonda yuzdan ortiq tadbirkor “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi ✅
O‘zbekistonda yuzdan ortiq tadbirkorlar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi ❌
🟢 Tadbirkor soʻzini takrorlamaslik ham mumkin:
O‘zbekistonda yuzdan ortiq ishbilarmon “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi ✅
🔄 Mavzuga aloqador:
-lar qoʻshimchasini qoʻllashdagi xatolar

👍65🔥23😢1
#Amaliyot
Tadbirkorlar ommaviy elektr tokidan uzildi ❌
Tadbirkorlar elektr tokidan ommaviy uzildi ✅

👍60🔥14😎5
#Amaliyot
Norvegiya toʻliq elektromobillarga oʻtgan dunyodagi birinchi davlatga aylanishi mumkin ❌
Norvegiya dunyoda elektromobillarga toʻliq oʻtgan birinchi davlatga aylanishi mumkin ✅
Norvegiya elektromobillarga toʻliq oʻtgan birinchi davlatga aylanishi mumkin ✅
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube

🔥41👍32🤣6💯5🤨5😱3
#Amaliyot
Britaniya samolyoti favqulodda qoʻnishni amalga oshirdi ❌
Britaniya samolyoti favqulodda qoʻndi ✅

👍53💯7🔥6🤨5
#Amaliyot
Samarqandlik yangi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohiblari ❌
Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining samarqandlik yangi sohiblari ✅
Agar ayol-qizlarni taʼkidlab koʻrsatish kerak boʻlsa, sohiba soʻzini ishlatish zarur:
Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining samarqandlik yangi sohibalari ✅
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz

👍27💯11🔥3
Juda iliq havo qanaqa boʻladi?
#Amaliyot
Xatosi bor jumlani qadamma-qadam tuzatamiz:
Hafta davomida juda havo iliq boʻlishi kutilmoqda ❌
Hafta davomida havo juda iliq boʻlishi kutilmoqda ✅
Bu oʻrinda soʻzni yanglish oʻrinda qoʻllash bilan bogʻliq xato tuzatildi.
Endi ikkinchi xatoni tuzatamiz. Juda iliq degan ibora toʻgʻrimi oʻzi? Iliq soʻzi biroz, sal-pal issiqni bildiradi. Juda ravishi haddan tashqari, ortiq darajada ekanlikni anglatadi, uni biroz, sal-pal sifati bor soʻzga nisbatan ishlatish mantiqan toʻgʻri emas. Juda iliq deyish oʻrniga shunchaki issiq deyish yetarli va toʻgʻri.
📌 Demak:
Hafta davomida havo issiq boʻlishi kutilmoqda ✅✅

👍87🔥17💯10
Aniqlovchining oʻrni aniq boʻlsin
#Amaliyot
Prezident qarori bilan kam taʼminlangan oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi.
Shunaqa sarlavhali xabarlar tarqaldi. Kulgili. Oilalar prezident qaroriga asosan kam taʼminlanganmi?
Gapda aniqlovchi sifatdosh bilan ifodalansa, undan oldingi toʻldiruvchiga bogʻlanib qoladi.
Kam taʼminlangan oilalarga Prezident qarori bilan elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi. ✅
Manba: Farrux Jabborbek
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
#Amaliyot
Prezident qarori bilan kam taʼminlangan oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi.
Shunaqa sarlavhali xabarlar tarqaldi. Kulgili. Oilalar prezident qaroriga asosan kam taʼminlanganmi?
Gapda aniqlovchi sifatdosh bilan ifodalansa, undan oldingi toʻldiruvchiga bogʻlanib qoladi.
Ayni holatda “Prezident qarori bilan” kerak emas. Juda ishlatgingiz kelsa, oilalarga soʻzidan keyin qoʻygan yaxshi:
Kam taʼminlangan oilalarga Prezident qarori bilan elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi. ✅
Manba: Farrux Jabborbek
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
2🤣74👍69🔥28💯8
#Amaliyot
Google telefondagi zilzila haqida ogohlantirish tizimi qanday ishlashini tushuntirdi ❌
Google telefonning zilzila haqida ogohlantirish tizimi qanday ishlashini tushuntirdi ✅