Ona tilini oʻrganmoqchi boʻlsangiz
Koʻpincha mendan testga oid yoki grammatikaga oid savollarni soʻrab qolishadi. Test boʻyicha mutaxassis emasligimni aytaman. Ayni shu yoʻnalishda ishlaydigan mutaxassislar bor.
YouTubeʼda ona tili grammatikasini tushuntiradigan yangi sahifa ochilibdi. Videodarslar koʻrgazmali olib borilar ekan. Yaʼni shunchaki maʼlumot aytib berilmaydi, misollar bilan tushuntiriladi.
Marhamat, koʻrib oʻzingiz baho bering:
🛜 @proeducation_uz
@oriftolib

👍34🔥2😎1
Baron Myunxauzen qachon, qayerda yashagan?
Bu mashhur adabiy qahramon real shaxs boʻlgan, XVIII asrda yashagan. U yoshligida Germaniyaning Bodenverder shahridan Rossiyaga keladi. Harbiy xizmatga kiradi, unvoni rotmistrgacha koʻtariladi.
Soʻng yurtiga qaytadi. U yerda Rossiyadagi xizmat haqida ajabtovur hikoyalar soʻzlab beradi va shu bilan shuhrat qozonadi. Masalan, Peterburgga boʻri qoʻshilgan aravada borgani, Ochakovda qoq ikkiga boʻlinib ketgan otni koʻrgani, bugʻuning boshida oʻsgan olcha daraxti haqidagi gaplari tinglovchilarni hang-u mang qilib qoʻyadi.
Shu singari lofnamo sarguzashtlar, shuningdek, boshqa mualliflar baronga nisbat berib yozgan hikoyalar adabiyotda Myunxauzen obrazi paydo boʻlishiga olib keldi.

👍44🔥9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Al” va uning imlosi | 4️⃣2️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👍24💯5😎1
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
45%
Haqiqatan, bu fikringizda jon bor.
55%
Haqiqatdan, bu fikringizda jon bor.
👍40🤨21😎15😢6💯3
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
35%
Rostan, bu fikringizda jon bor.
65%
Rostdan, bu fikringizda jon bor.
😎44👍24😢10💯7🤨6🔥5
Forwarded from Bolalar yozuvchisi
“Yosh kitobxon” tanloviga 2024-yil uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
Tanlovning 10 – 14 yosh toifasi uchun mo‘ljallangan adabiyotlar ro‘yxatida “Galaktikada bir kun” asarining har ikki qismi ham kiritilgan.
“Yosh kitobxon” tanlovi uchun @yoshkitobxon_bot telegram boti orqali arizalar 1-sentabrga qadar qabul qilinadi.

👍40🔥5💯2
Shoir toʻqigan ot
Rus ayollari nomi – Svetlana aslida slavyan tillarida boʻlmagan. Uni shoir Aleksandr Vostokov oʻylab topgan va “Svetlana va Mstislav” (1802) romansida ishlatgan. Bu nomni yasash uchun u svet (nur) va lan (qadimgi rus tilida dala) soʻzlarini qoʻshgan. Natijada nurafshon dala maʼnosidagi ism paydo boʻlgan.
1813-yili shoir Vasiliy Jukovskiy “Svetlana” degan ballada yozadi va bu ism ommalashib ketadi.

👍57😎9🔥5😱2
Mavzu nomlari qanday yoziladi?
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada mavzu nomlari imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.
👉 https://youtu.be/uPvqwcNfpKQ

👍24
Haqiqatan va haqiqatdan
Haqiqatan soʻzi arab tilidan kirgan, oʻzbekchada rosti bilan, chindan kabi maʼnolarni anglatadi:
Boshliqning avzoyi haqiqatan ham tashvishli edi.
N. Aminov, “Suvarak”.
Haqiqatan soʻzi modal soʻz boʻlib kelganda, yaʼni soʻzlovchining fikrga munosabatini bildirganda vergul bilan ajratiladi:
Haqiqatan, bu fikringizda jon bor.
Bu jumlada soʻzlovchi oʻzining va suhbatdoshining fikrini maʼqullayapti.
Haqiqatan soʻzi arab tilidan aynan olingan. Haqiqat soʻziga -dan qoʻshimchasi qoʻshib soʻz yasalganda boshqa maʼno hosil boʻladi:
Haqiqatdan yiroq narsalarni gapirmang.
🟢 Farqlash uchun: haqiqatdan soʻziga nimadan? deb soʻroq berish mumkin, haqiqatan soʻziga bunday soʻroq berib boʻlmaydi. Haqiqatan xuddi masalan, xususan, lutfan, shaxsan soʻzlari kabi yasalgan. Bu soʻzlarni ham masaldan, xususdan, lutfdan, shaxsdan shaklida ishlatish xato. Solishtiring:
Men unga shaxsan uchrashdim. ✅
Men unga shaxsdan uchrashdim. ❌
Demak, haqiqatan va haqiqatdan soʻzlarini mazmuniga koʻra farqlaymiz.

👍78🔥1
Bizni qiynaydigan so‘zlar: biror harf qo‘shib yo tushirib yozadigan so‘zlarimiz
Baʼzi so‘zlarning imlosi bizni qiynaydi. Ular orasida harf qo‘shib yo tushirib yozish holatlari ko‘p uchraydiganlari bor. “Daryo” nashridagi maqolamda ana shunday so‘zlarning baʼzilarini sharhladim.
👉 dy.uz/Trbf7

👍35🔥6
Rostdan va rostan
Rostdan soʻzi rost soʻziga -dan qoʻshimchasini qoʻshish bilan hosil qilingan. Uning yasalishi jumladan, chindan, aftidan kabi soʻzlarga oʻxshaydi. Rostdan soʻzi ravish boʻlib kelganda haqiqatan, chindan ham maʼnolarini anglatadi:
Ishonavering, rostdan aytyapman.
Kirish soʻzi boʻlib kelganda ha, aytganday maʼnosini anglatadi va vergul bilan ajratiladi:
Ha, rostdan ham, bunga eʼtibor bermagan ekanman.
Bu soʻzni baʼzan rostan, rosdan shaklida yozish uchraydi. Har ikki shakl ham xato. Chunki soʻzning bunday varianti yoʻq.
📌 Demak:
Rostdan shunaqa, rostdan ham ✅
Rostan shunaqa, rosdan ham, rosdan shunaqa, rosdan ham ❌

👍62
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
18%
Koʻproq mutoala qiling.
78%
Koʻproq mutolaa qiling.
4%
Koʻproq mutaala qiling.
👍36😎21💯4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mavzu nomlari qanday yoziladi? | 4️⃣3️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👍29
Birinchi taqriz
Mashhur fransuz adibi Gi de Mopassan yozuvchi boʻlishidan oldin dengiz vazirligida masʼul bir vazifada ishlaydi. Oʻn yil umri shu yerda oʻtadi. Biroq adabiyotga muhabbat sabab ishini qoʻyib, oʻqish-oʻrganish, yozish bilan mashgʻul boʻladi. Flober qoʻlida olti yil shu tarzda tarbiyalangach, mashqlari uslub va mazmun jihatidan ustoziga maʼqul tushadi va ularni eʼlon qilishga ruxsat oladi.
Bir necha yillardan soʻng Mopassan ishlagan vazirlik arxividan u haqidagi bir tavsifnomani topishadi. Unda shunday deyilgandi: “Harakatchan xodim, lekin yomon yozadi”.
👉 Mashhurlar hayotidan

👍41🔥7😎4
Mutolaa – diqqat bilan oʻqish
Mutolaa oʻzbekchaga arab tilidan oʻzlashgan, diqqat bilan oʻqish, oʻqib tushunib olish maʼnosini anglatadi. Bu soʻzni oxirgi a harfini tushirib, l harfidan oldin bitta a qoʻshib mutoala shaklida yozish bot-bot koʻzga tashlanadi. Bu albatta xato. Chunki soʻzning bunday shakli yoʻq. Garchi uni shunday talaffuz qilsak-da, mutolaa koʻrinishida yozishimiz kerak:
Husayn boʻsh vaqtlarida... baʼzan tabobatga doir kitoblarni mutolaa qilar edi.
M. Osim, “Ibn Sino qissasi”.

👍42🤨1
Elektron OAV va portallar nomi qanday yoziladi?
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada elektron OAV va portallar nomi imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.
👉 https://youtu.be/tovHDwOCIko

👍26
“Muvaffaqiyat”dagi muvaffaqiyatsizlik
Muvaffaqiyat soʻzi ham arabchadan oʻzlashgan, biror ishda erishilgan yaxshi natijani, yutuq va gʻalabani bildiradi. Bu soʻz ham xato yozilish borasida yetakchilardan. Koʻpincha bir f harfini tushirib, baʼzan esa v yoki q harfini juftlashtirib yozib qoʻyiladi. Bunda ham talaffuzning taʼsiri bor. Biroq imlomiz koʻp oʻrinlarda talaffuzdan farq qiladi. Demak, soʻzning toʻgʻri shakli – muvaffaqiyat:
Kurashchilarimiz xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyat qozondi.

👍51😱3🔥1😢1
Begim kuni bu – ...
Anonymous Quiz
27%
Dam olish kuni
30%
Bozor kunidan boshqa kun
43%
Payshanba va yakshanba
🤨56😎23👍16🔥10😱7😢7💯6
Forwarded from Orif Tolib
Ramazon
Hijriy-qamariy yil hisobida toʻqqizinchi oy shunday nomlanadi. Bu oy davomida musulmonlar roʻza tutadi.
Maʼlumotlarga koʻra, bu soʻz qadim tarixga ega. Ramazon dastlab juda issiq kunlarga toʻgʻri kelgani uchun unga ramazon – juda issiq, kuydiradigan issiq deb nom berganlar. Soʻzning ana shu maʼnosidan kelib chiqib, bu oyda roʻza tutgan odamning gunohlari kuyib, yoʻq boʻladi degan fikr ham aytiladi.

👍59🔥19😎1