Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Yomon illat

Soʻzni ortiqcha ishlatish, bir maʼnoni ifodalovchi qismlarni qoʻllash fanda pleonazm deb ataladi. Xoʻsh, yomon illat iborasining nimasi xato? Bu yerda nima ortiqcha? Holbuki, bu iborani qoʻllash juda urf boʻlgan:

Baxillik – yomon illat.
Giyohvandlik – yomon illat.

Yomon illatlarga qarshi birgalikda kurashamiz.

Endi oʻylab koʻraylik: illatning yaxshisi boʻladimi? Albatta, boʻlmaydi. Illatning hammasi – yomon. Kasallik, ayb, jinoyat kabi maʼnolarni ifodalovchi bu soʻz koʻchma maʼnoda meʼyoriylikni buzuvchi salbiy narsa, qusur, kamchilik mazmunini tashiydi. Demak, oʻzi salbiylik maʼno qirrasiga ega soʻzga yana xuddi shu maʼnodagi soʻzni tirkash oʻrinsiz.

Biror illat ajratib koʻrsatilgandagina yomon soʻzidan foydalanish mumkin:

Baxillik – eng yomon illat.

@oriftolib
👍49🔥13
Amaliyot: ortiqcha soʻzni qisqartiramiz

Xabar sarlavhasi:
Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida ayiq yirtqich hayvoni qishloqlardan biridagi mahallaga hujum qilgani aytilayotgan video tarqaldi

Tahrirdan soʻng:
Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida ayiq qishloqqa hujum qilgani haqida video tarqaldi

Yanayam qisqartirmoqchi boʻlsak:
Chiroqchidagi qishloqqa ayiq hujum qilgani aytilyapti

Agar videosi borligini ham taʼkidlash zarur boʻlsa:
Chiroqchidagi qishloqqa ayiq hujum qilgani aytilyapti (video)

🟢 Birinchi jumladan qisqartirib tashlangan soʻzlar nima uchun ortiqcha? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring.

@oriftolib
👍46💯6
Ezgu fazilat

Ezgu fazilat
iborasi haqida ham yuqoridagi kabi fikrlarni aytish mumkin:

Keksalarni eʼzozlash – ezgu fazilat.

Yoshlarimiz mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatli insonlar boʻlib voyaga yetsin.

Fazilat
soʻzida ijobiy maʼno mujassam. U faqat ezgu boʻladi. Yomon fazilat boʻlmaydi. Bu soʻz oʻzbek tilida ijobiy xislat, yaxshi xulq yoki xususiyatni, afzallik, ustunlikni anglatadi. Shunday ekan, u bilan ezgu sifatini qoʻllash mutlaqo ortiqcha:

Keksalarni eʼzozlash – fazilat.

Yoshlarimiz mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, fazilatli insonlar boʻlib voyaga yetsin.

@oriftolib
👍31🔥7😱2
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
74%
Hovliqma!
26%
Xovliqma!
👍39😁18🔥16💯12
❗️Doʻstlar, Sinaps taʼlim loyihasiga tarjimon, muharrir va musahhihlar kerak!

Sinaps bu — ilmiy-ommabop portal. Biz rus va ingliz tillaridan maqolalarni oʻzbek tiliga tarjima qilamiz.

ASOSIY TALABLAR QANDAY?
→ yozma oʻzbek tili — mukammal darajada (tekshiramiz 😎);
→ ingliz va/yoki rus tillarini tushunish (muharrir/musahhih uchun);
→ ingliz va/yoki rus tillarini tarjima qilish uchun yetarli darajada bilish (tarjimon uchun);
→ kopirayting va rerayting koʻnikmalari qoʻllab-quvvatlanadi;
→ masʼuliyat (!).

SHART-SHAROITLAR-CHI?
→ yarim yoki toʻliq stavka;
yaxshi maosh (kelishiladi);
→ moslashuvchan ish jadvali;
→ masofadan yoki ofisda ishlash imkoniyati.

👀 Sizga qiziqmi? Unda quyidagi sinov vazifani bajaring (10-15 daqiqa vaqtingizni oladi), muvaffaqiyatli bajarganlar bilan aloqaga chiqamiz:

Tarjimonlar uchun: bit.ly/3JhBUvK
Muharrirlar va musahhihlar uchun: bit.ly/3brTEYB

• • •

Qoʻshimcha savollar boʻyicha → @sinaps_admin

Reklama
👍17🔥4💯4
👍48💯11🤨8🔥5😢1
Narvondan yuqoriga koʻtarildi

👉 Narvon bilan yuqoriga koʻtarildik.

Bu iborada nima xatoligi yaqqol koʻrinib turibdi. Narvonga chiqish oʻzi yuqoriga harakatni ifodalaydi. Koʻtarilish soʻzi ham yuqoriga harakatni bildiradi. Demak, bu oʻrinda shunchaki narvondan chiqdik yoki narvondan koʻtarildik, narvondan yuqoriladik deyish yetarli.

Ammo narvondan pastga tushish mumkin. Deylik, biror oʻraga narvon qoʻyilgan boʻlsa, narvondan pastga tushdi deyish oʻrinli. Tomdan tushayotganda esa narvondan tushdi deyish yetarli. Agar harakat narvon orqali bajarilganiga eʼtibor qaratish zarur boʻlmasa, tomdan tushdi iborasini qoʻllash kerak.

@oriftolib
👍40💯6
Qay biri toʻgʻri?

Qovoq-dimogʻini solmoq, lab-lunjini osiltirmoq; araz qilmoq – ...
Anonymous Quiz
19%
Mingʻaymoq
60%
Mungʻaymoq
21%
Ikkovi ham toʻgʻri.
🤨25👍19💯4😱2
U gapini qayta takrorladi

Takrorlash soʻzi qaytarish soʻzining maʼnodoshi. Bir soʻzni uning sinonimi bilan sifatlash shakar shirin ekanini taʼkidlashday gap. Birovga shakar shirin boʻladi deb uqtirib koʻring-chi. Sogʻ ekaningizga shubha qilib qolsa ajab emas.

Yuqoridagi iborada ham shunday. Oʻrinsiz taʼkid bor. Jumlada ikki soʻzdan birini qoʻllash kerak:

U gapini takrorladi.

U gapini qaytardi.

@oriftolib
👍18🔥16💯5🤨1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
43%
Qavarmoq
24%
Qabarmoq
33%
Ikkovi ham toʻgʻri.
👍24💯1
​​Amaliyot: auditoriyaning maqsadi nima?

Ingliz tilidan tarjima qilingan bir kitobni oʻqiyotib, shunaqa jumlaga duch keldim:

Muqova sahifasidagi matn auditoriya maqsadiga muvofiq oʻzgartiriladi.

⚠️ Nimasi xato?

Jumlaga koʻra, sarlavha auditoriya maqsadiga muvofiq oʻzgartirilar ekan. Auditoriyaning maqsadi nima? Maqsadi bormi oʻzi? Qayerdan bilish mumkin auditoriyaning maqsadini?

☑️ Toʻgʻrisi qanaqa?

Gap moʻljaldagi, koʻzlangan auditoriya haqida ketyapti. Maqsadli auditoriya degan atama bor, inglizcha target audience yoki ruscha целевая аудитория iboralarining tarjimasi. Axborotdan foydalanishi koʻzlangan guruhni anglatadi. Masalan, agar matn talabalarga moʻljallangan boʻlsa, talabalar – maqsadli auditoriya. Vrachlar uchun boʻlsa, vrachlar – maqsadli auditoriya.

Yuqoridagi jumlada maʼno toʻkis anglashilmagan. Asosiysi – oʻzbek bunaqa gapirmaydi. Oʻzbekcharoq toʻn kiygizsak, jumla mana bunday koʻrinishga keladi:

Muqova sahifasidagi matn maqsadli auditoriyaga moslab oʻzgartiriladi.
Matn auditoriyaga moslanganining oʻzi gap maqsadli auditoriya haqidaligiga ishora qiladi. Sahifasidagi soʻzi ham ortiqcha. Muqova soʻzida sahifaning bir turi maʼnosi bor. Demak, yanada soddaroq, tushunarliroq berish mumkin:

Muqovadagi matn auditoriyaga moslab oʻzgartiriladi.

👉 Biroq tahrirda matnning ixtisosligiga ham eʼtibor qaratish zarur. Men oʻqiyotgan kitob informatika yoʻnalishida, maktab oʻquvchilari uchun. Shu bois sahifasidagi soʻzini qoldirish kerak. Chunki MS Word dasturining sahifasi nazarda tutilyapti.

@oriftolib
👍25
👍26🔥6💯4
Unutilgan oʻzbekcha soʻzlar: “namoz”, “behi”, “kaptar”, “million” kabi soʻzlarning turkiychasi nima?

Til muntazam rivojlanishda, oʻzgarishda. Vaqt oʻtgani sari unga yangi soʻzlar qoʻshiladi, baʼzi soʻzlar foydalanishdan chiqib ketadi. Bu jarayonda baʼzan asl soʻzlar boy berilib, til qashshoqlashishi, ular anglatgan maʼno-mazmunni ifodalash qiyin boʻlib qolishi, baʼzan esa chetdan kirgan soʻzlar ularning oʻrnini egallab olishi mumkin.

“Daryo” nashrining “Tilimizni bilamizmi?” ruknida bir paytlar tilimizda ishlatilgan, keyinchalik kitoblar qaʼrida qolib ketgan baʼzi soʻzlar haqida mushohada yuritdim.

Toʻliq oʻqish:
👉 https://daryo.uz/2023/05/15/tilimizni-bilamizmi-unutilgan-ozbekcha-sozlar-namoz-behi-kaptar-million-kabi-sozlarning-turkiychasi-nima

@oriftolib
👍37🔥4
Ingliz tilidan tarjima qilingan matnlar tahriridagi oʻziga xosliklar: til iyerarxiyasi va ekvivalentlik

Soʻnggi vaqtlarda asliyatdan, jumladan, ingliz tilidan tarjimalar soni oshdi. Biroq ularning sifati, tahrir darajasi turlicha. Tahrir tarjima matnlar darajasini belgilaydigan, unga bevosita taʼsir qiladigan muhim jarayon boʻlsa-da, bu boʻyicha oʻzbek tilida tadqiqotlar olib borilmagan.

Ingliz tilidan tarjima qilingan matnlar tahriri boʻyicha ilmiy ish olib boryapman. “Oʻzbekistonda xorijiy tillar” jurnalida chop etilgan maqolamda ingliz tilidan oʻgirilgan matn tahririning oʻziga xosliklari, tarjimada til iyerarxiyasining xususiyatlari, ekvivalentlikni taʼminlash masalalari tadqiq qilingan.

Qiziqqanlar tanishib chiqishi mumkin:

👉 https://journal.fledu.uz/uz/ingliz-tilidan-tarjima-qilingan-matnlar-tahriridagi-o%CA%BBziga-xosliklar-til-iyerarxiyasi-va-ekvivalentlik

@oriftolib
👍16🔥9💯1
Noqonuniy brakonyerlar qoʻlga olindi

Izohli lugʻatga koʻra, brakonyerlik – yovvoyi hayvonlarni man qilingan joyda va davrlarda yoki man qilingan qurollar bilan, muayyan ruxsatsiz ovlash yoki yoʻq qilish, noqonuniy ovdir. Oʻzi noqonuniy narsaga yana bu sifatni berish xato, axir brakonyerlikning qonuniysi boʻlmaydi-ku. Ammo amaliyotda bu kabi xatolar uchrab turadi:

Choʻl hududida kiyiklarni noqonuniy ovlagan brakonyerlar qoʻlga olindi.

Nazorat tadbirlari doirasida noqonuniy ov qilgan brakonyerlar qoʻlga olindi.

Yuqoridagi gaplarda noqonuniy soʻzi mutlaqo ortiqcha.

📌 Demak:

Choʻl hududida kiyik ovlagan brakonyerlar qoʻlga olindi.

Nazorat tadbirlari doirasida brakonyerlar qoʻlga olindi.

@oriftolib
👍58
👍41💯12🤨4😱3🔥1
Behi – ayva

Behi
soʻzi fors tilidan kirgan. Asliyatda beh – yaxshi, yoqimli soʻzidan hosil boʻlgan, hidli, yoqimli hidli meva maʼnosiga ega. Izofa orqali yangi maʼno kasb etib, olmalar turkumiga kiruvchi xushboʻy mevani anglatishni boshlagan. Oʻzbekchada raʼnodoshlar oilasiga mansub mevali daraxt va uning yoqimli isli mevasini bildiradi.

Behi soʻzi tilimizga XIV – XV asrlarda kirib kelgan. Bundan oldin turkiy xalqlar bu mevani ayva, avya deb atagan. Mahmud Koshgʻariy “Achigʻ avya tishigʻ qamatti” jumlasini “Nordon behi tishni qamashtirdi” deb izohlaydi. Ayva soʻzi tilimizni Navoiy davridayoq tark etib ulgurgan. Chunki shoir asarlarida undan foydalanmagan, forscha behi soʻzini ishlatgan.

Hozir turk, qozoq, qirgʻiz, ozar, chuvash, yoqut kabi turkiy tillarda, ukrain, rus, belorus kabi slavyan tillarida ayva soʻzi ishlatiladi va behi maʼnosini anglatadi.

@oriftolib
👍50🔥2🤨2
Ortga chekindi: oldga chekinish mumkinmi?

Ortga chekinmoq, orqaga chekinmoq iboralarini qoʻllash juda urfga kirgan. Chekinish orqaga tisarilishni, dushman hujumi natijasida ilgarigi pozitsiyalarni tashlab, orqaga ketishga majbur boʻlishni anglatadi. Soʻzning oʻzida orqaga harakat maʼnosi bor. Shunday ekan, yana ortga, orqaga kabi soʻzlarni tirkash oʻrinsiz. Axir oldinga qarab chekinilmaydi.

Demak:

Dushman qoʻshini Xersondan ortga chekindi.

Dushman qoʻshini Xersondan chekindi.

@oriftolib
👍51🔥9
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
20%
Vos kechmoq
71%
Voz kechmoq
9%
Ikkovi ham toʻgʻri.
🔥15👍11💯4
​​Oʻz, oʻz, oʻz...

Ortiqcha soʻzlarni qoʻllash tarjima tiliga ergashish, kalka tarjima qilish natijasida ham kelib chiqadi. Tarjimon hatto tinish belgilarini qoʻllashda ham asliyatga taqlid qilib qoʻyishi hech gap emas.

Oʻzingizga tasavvur qiling jumlasi ruscha predstavte sebe iborasining kalka tarjimasidir. Oʻzbek tilida oʻzingizga soʻzi mutlaqo ortiqcha. Odam oʻziga tasavvur qilmaydi, toʻgʻridan toʻgʻri tasavvur qiladi. Uning tasavvuri oʻzi uchun, boshqaga emas:

Zarar koʻlamini oʻzingizga tasavvur qiling.

Zarar koʻlamini tasavvur qiling.

Oʻz soʻzi koʻpincha ruschadan tarjima qilingan va shu qolipdagi matnlarda haddan ziyod uchraydi. Hatto oʻzbekcha yozganda ham hamma yoqni “oʻz”lashtirib tashlash odatiy holga aylangan. Bunday oʻrinlarning aksariyatida oʻz soʻzidan bemalol voz kechib yuborish mumkin:

Oʻz fikrini bildirdi, oʻz oilasi bagʻriga qaytdi, oʻz ijodiy ishlarimdan namunalar, oʻz atrofingga nazar tashla, oʻz manzilimizga yetdik – fikrini bildirdi, oilasi bagʻriga qaytdi, ijodiy ishlarimdan namunalar, atrofingga nazar tashla, manzilimizga yetdik.

@oriftolib
👍49💯6🔥1😱1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
54%
I oʻrin
46%
I-oʻrin
👍34🤨18💯8🔥2