Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.62K subscribers
24.9K photos
1.59K videos
44 files
3.18K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#Ogoh_boʻling

IS GAZIDAN ZAHARLANISH — BU QANDAY ROʻY BERADI?

Statistik maʼlumotlarga koʻra, respublikada soʻngi uch yil ichida kuzgi-qishki isitish mavsumida sodir boʻlgayotgan favqulodda vaziyatlarning aksariyati is gazidan zaharlanish holatlari bilan bogʻliq.
Is gazi organizmga nafas aʼzolari orqali taʼsir etadi. Ushbu gaz gemoglobin bilan kislorodga nisbatan 300 marotaba kuchli birikma - karboksigemoglobin hosil qiladi. Oqibatda gemoglobinning toʻqimalarga kislorod tashish xususiyati keskin pasayib, gipoksiyaga, ogʻir holatlarda esa - anoksiyaga olib kelishi hamda shu tariqa inson hayotdan koʻz yumishi mumkin.
Tahlillarga koʻra, is gazidan zaharlanish holatlarining aksariyati quyidagi sabablarga koʻra yuzaga kelmoqda:
👉 fuqarolar tomonidan gaz va muqobil yoqilgʻi (koʻmir, oʻtin va boshqa) turlaridan foydalanishda xavfsizlik choralariga rioya etmaslik;
👉 nostandart (qoʻlbola yasalgan) yoki sertifikatga ega boʻlmagan isitish pechlari va anjomlaridan foydalanish;
👉 isitish pechlarining dudburonlarini notoʻgʻri oʻrnatish;
👉 gaz yoki boshqa muqobil yoqilgʻiga moslashtirilgan isitish pechlari (anjomlari)ni dam olish (uxlash) xonalariga olib kirish;
👉 havo almashmaydigan xonalarni isitishda ochiq olov (koʻmir va oʻtin choʻgʻlari)dan foydalanish;

👉 havoni almashtiruvchi shamollatish shaxtalari yoki tuynuklarni berkitib (toʻsib) qoʻyish.
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan sabablarga koʻra isitish uchun foydalanilayotgan yoqilgʻi (gaz, koʻmir, oʻtin va boshqa)ni chala yonishi natijasida is gazi hosil boʻladi.
❗️Bunday sabablarning kelib chiqishiga yoʻl qoʻymang! Is gazidan zaharlanishdan ogoh boʻling!
Is gazidan zaharlanish va boshqa turdagi Favqulodda vaziyatlarga duch kelsangiz darhol quyidagi raqamlarga qoʻngʻiroq qiling:
101, 1050 - Yongʻin qutqaruv xizmati
102 - Ichki ishlar organlari
103 - Tez-tibbiy yordam xizmati
104 - Gaz-avariya dispetcherlik xizmati

Oqqoʻrgʻon tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi

kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/oqqorgon_hokimligi
#Ogoh_boʻling

Respublikaning koʻplab hududlarida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi

2023-yil 11-16-yanvar kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining sezilarli oʻzgarishlari sababli respublikaning togʻli hududlarida, jumladan, Toshkent viloyatining Parkent, Ohangaron, Boʻstonliq tumani va Chotqol tizmasining “Chimyon” togʻlarida qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi.

Togʻli hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda mazkur yoʻnalishda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini koʻrish soʻraladi

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tezkor
#dolzarb
#ogoh_boʻling

"Mehnatobod" GTSh dan "Madaniyat" MFY hududidan oʻtuvchi D-219 mm boʻlgan yerusti yuqori bosimli gaz quvuridagi avariya holati toʻla bartaraf etildi. Aholiga gaz uzatish boshlandi. Shu sababli Oqqoʻrgʻon tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tumanimiz aholisidan tabiiy gazdan xavfsiz foydalanish qoidalariga rioya etish orqali oʻzi va yaqinlarini yongʻin xavfi hamda is gazidan zaharlanishdan himoya qilishlarini soʻraydi
#Ogoh_boʻling

Toshkent viloyatining bir nechta hududiga sel kelishi mumkin!

“Oʻzgidromet” shoshilinch axborot eʼlon qildi. Unga koʻra, 1-3-fevral kunlari respublikadagi 9 ta viloyatning togʻ va togʻ oldi hududlarida, jumladan Toshkent viloyatining Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari hamda Angren, Olmaliq shaharlarida kuchli yomgʻir yogʻishi natijasida sel kelish xavfi mavjud.

Togʻ oldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli yoʻllarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrish soʻraladi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#FVB
#ogoh_boʻling

Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan sel oqimlari, toshqinlar va koʻchki hodisalari bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha ustuvor vaziflar muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida mavjud holat hududlar kesimida chuqur tahlil qilinib, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy hodisalarning oldini olish va bartaraf etish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar hamda hokimliklar rahbarlariga topshiriqlar berilgan edi.

Noxush holatlarning oldini olish maqsadida Sizlarni ogohlik va hushyorlikka chorlagan holda, ichki mahalliy koʻcha ariqlarini tozalash choralarini koʻrishga chaqiramiz.

Eslatib oʻtamiz, favqulodda holat yuzaga kelganda FVVning qisqa raqamli 101 yoki 1050 raqamlariga qoʻngʻiroq qilib, zudlik bilan xabar berishlaringizni soʻraymiz.

Oqqo‘rg‘on tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi