Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.61K subscribers
24.7K photos
1.57K videos
43 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#ayni_dam
#o‘rganish

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabar asosida tuman hokimi Alisher Karimdjanov shaxsan o‘zi nazoratiga oldi.

Oqqarg‘on tumani “Navbahor” MFYda yashovshi ushbu B. Yakulov oilasi ekani aniqlanib, ular zudlik bilan “Sultonobod” MFYdagi ko‘p qavatli uydan 2 xonali xonadonga joylashtirildi. Oilaga moddiy-manaviy ko‘mak ko‘rsatildi. Oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlandi.

Oilani sog‘lom turmush tarziga o‘tgunicha nazorat va moddiy-manaviy ko‘mak berish yuzasidan mutasaddilarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Oila boshlig‘i, yani erkagini doimiy ish bilan ta’minlash, doimiy uy-joy qilishiga yordamlash yuzasidan mutasaddilarga alohida, uqtirib topshiriq berdi.

Shuningdek, tuman hokimi, mazkur oilaning ota-onasi shart-sharoitlarini o‘rgandi. Oilaning keksa onasi sog‘lig‘ini tiklash uchun ham moddiy yordam ajratilashini ta’kidladi.
#o‘quv_seminar

Obod va xavfsiz mahalla tashkil etish o‘z qo‘limizda

Oqqo‘rg‘on  tumani "Ishga marhamat" monomarkazida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilashga qaratilgan respublika ishchi guruhining o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda tuman hokimligi vakillari, sektor rahbarlari, Respublika ishchi guruh aʼzolari, mahallalardagi beshlik ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda IIV, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, Yoshlar siyosati va sport vazirliklarining qaroriga ko‘ra mahallalarida huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoxud huquqbuzarlikdan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslar bilan kunlik yakka tartibda ishlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Shuningdek, fuqarolarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordam ko‘rsatish borasida ham manzilli ishlar olib borish bo‘yicha mahalla beshligi aʼzolariga zarur topshiriqlar berildi.
#jarayon
#o‘rganish

Oqqo‘rg‘on tuman hokimi o‘rinbosari Z.Normatov 2023-2024 o‘quv yilida qurib foydalanishi kutilayotgan 40- va 42-maktablarda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.

Z.Normatov qurilish tashkiloti mutasaddilariga qurilish ob’ektida qilinishi lozim bo‘lgan yumushlar borasida tavsiyalar berdi.