Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.59K subscribers
24.8K photos
1.58K videos
43 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#eʼtibor

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan oʻgʻil-qizlarga amaliy yordam koʻrsatiladi

Toshkent viloyati hokimining tegishli farmoyishiga koʻra, mahalliy byudjetning 2022-yil III chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolarini hal etish, ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida viloyat “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini  shakllantirish uchun 2 milliard soʻm mablagʻ ajratiladi.

Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari M.Fayziyev va viloyat hokimining oʻrinbosari O.Sultonbekov zimmasiga yuklatilngan.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼtibor #Aksiya #Yurakdan_yurakka

Bugun Xalqaro nogironligi boʻlgan shaxslar kuni.

Shu munosabat bilan Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida xayriya aksiyasi oʻtkazilmoqda.

Marosimda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ushbu sana munosabati bilan xalqimizga murojaatini Zoyir Mirzayev oʻqib eshittirdi.

#YurakdanYurakka xeshtegi ostida oʻtayotgan aksiyada viloyatimizdagi maxsus maktablar tarbiyalanuvchilari tomonidan yasalgan amaliy sanʼat namunalari sotuvi tashkil etildi.

Shuning maxsus xayriya qutisiga ishtirokchilar koʻngilli ravishda naqd pul shaklida saxovat koʻrsatishdi.

Aksiyada, shuningdek, viloyatimiz shahar va tumanlarining hokimlari, korxona, tashkilot hamda boshqarma boshliqlari, tadbirkorlar va boshqa koʻngillilar qatnashmoqda.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#YurakdanYurakka #Eʼtibor

Avval xabar berganimizdek, bugun Xalqaro nogironligi boʻlgan shaxslar kuni munosabati bilan Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida xayriya aksiyasi oʻtkazildi.

Unda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, bir qator tuman hokimlari va boshqa masʼul shaxslar ishtirok etdi.

Shundan soʻng, “Yalpiz” tantanalar majmuasida viloyat hokimligi tomonidan dasturxon yozildi. Madaniyat boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan badiiy dastur namoyish etilmoqda.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eʼtibor_va_ehtirom

Qarisi bor uyning parisi bor, deyishadi. Tumanimizning piru badavlat, yuz bilan yuzlashgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Fayzullo ota duosini olishga hamma birdek oshiqadi. Farishtali otaxon uyi bugun mehmonga toʻldi.

Bugun tuman hokimi Alisher Karimdjanov va tuman Mahalla va nuroniylar boʻlimi boshligʻi Ikrom Rahmonqulov bayram oldidan Fayzullo ota xonadonida boʻlib, viloyat hokimining tabrigi hamda sovgʻa-salomlarini topshirdilar.
#eʼtibor

Viloyatdagi milliy madaniy markazlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida mablagʻ ajratildi

Toshkent viloyati hokimining farmoyishi asosida mahalliy byudjetning iqtisod qilingan qismidan viloyatda faoliyat yuritayotgan 29 ta milliy-madaniy markazlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 650 million soʻmdan ortiq mablagʻ ajratildi.

Mazkur sarmoya ommaviy tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish uchun musiqa asboblari, milliy liboslar va boshqa zarur vositalar harid qilish uchun sarflanadi.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, bugungi kunda markazlar uchun keng sharoitlar yaratilib, ular uchun soliq, majburiy toʻlovlar boʻyicha muayyan imtiyozlar berib kelinmoqda.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM