Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
3.22K subscribers
30K photos
1.88K videos
51 files
3.87K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#Oqqo‘rg‘on_tumani
#Harbiy_vatanparvarlik_oyligi
#Vatan_aziz_jasorat_mangu

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 33-yilligi hamda Harbiy vatanparvarlik oyligi doirasida tumandagi ixtisoslashtirilgan maktabidaVatan-aziz, jasoratmangu!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida Chirchiq Oliy Tank qo'mondonlik muhandislik bilim yurti ofitseri A.Janobiddinov, RMMM tuman bo‘linmasi rahbari O‘.Botirova, tuman Mudofaa ishlari bo‘limi xodimlari, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi hamda maktablardagi Vatan tayanchi ortryadi a'zolari ishtirok etib, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi. O‘quvchi-yoshlari uchun harbiylar faoliyatiga doir videofilmlar namoyish etildi.

Shuningdek, Harbiy vatanparvarlik doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlarda faol mutaxassislar RMMM tuman bo‘linmasi tomonidan munosib taqdirlandi.

@oqqorgon_hokimligi