Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.62K subscribers
24.7K photos
1.57K videos
43 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sogʻliqni_saqlash

Viloyatdagi ehtiyojmand, kam taʼminlangan, chuqur texnologik operatsiyalarga muhtoj bemorlar malakali mutaxassislar tomonidan davolanmoqda.

🎥
Batafsil videolavhada.

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sogʻliqni_saqlash

Anomal sovuq kunlarida barcha tibbiyot muassasalarining uzluksiz va barqaror ishlashi taʼminlanadi

Xabar qilinganidek, 10-15-yanvar kunlari yurtimizda anomal sovuq harorat kuzatiladi. Bunday ob-havo sharoitida tibbiyot muassasalarining barqaror va uzluksiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlash maqsadida Toshkent viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan quyidagi chora-tadbirlar koʻrildi:

Tizimga qarashli davolash muassasalari uchun 13 ta qoʻshimcha dizel generatori xarid qilinib, joylarga yuborildi.

2 ta oilaviy poliklinika, 3 ta oilaviy shifokorlik punktida hamda viloyat shifoxonalar 250 kVt. quvvatga ega quyosh panellari, 10800 litr hajmli quyosh suv isitish qurilmalari oʻrnatiladi.

24 ta oilaviy shifokor punkti va oilaviy poliklinikalar uchun 720 kVt. quvvatga ega quyosh panellari xarid qilindi.

Texnik sabablarga koʻra, biror tibbiyot muassasasida generator ishlamay qolsa, zudlik bilan muammoni bartaraf etish maqsadida viloyatimizda kunu tun xizmat koʻrsatuvchi navbatchi generatorlar tashkil qilindi.

Anomal sovuq kunlarida tibbiyot muassasalari qay tartibda faoliyat koʻrsatadi?

23 000 nafardan ziyod shifokor va hamshiralardan iborat tibbiy brigadalar tomonidan, birinchi navbatda, homilador ayollar, bolalar, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar yashaydigan xonadonlardan xabar olish, oʻz navbatida, “onlayn patronaj” xizmati koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi.

Ambulator-poliklinika tizimidagi 1000 ga yaqin kunduzgi shifoxona oʻrinlarida uydan ajralmagan holda davolanish imkoniyati yaratiladi.

109 ta koʻp tarmoqli va oilaviy poliklinika, 66 ta oilaviy shifokor punkti hamda 77 ta mahalla tibbiyot punkti aholiga tibbiy xizmat koʻrsatadi.

Viloyat, tuman va shahar shifoxonalari, ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari odatdagi tartibda ishlaydi.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filiali, tumanlardagi 30 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul boʻlimi hamda tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi.

Viloyatimiz boʻyicha 224 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan boʻladigan chaqiriqlar asosida kunu tun xizmat koʻrsatadi.

20 ta tugʻuruq, 20 ta bolalar davolash muassasaci ham uzluksiz ish olib boradi.

☎️ Toshkent viloyati Call-markazi (1103) orqali tibbiyotga tegishli savollaringizga malakali mutaxassislardan kechayu kunduz javob olishingiz mumkin.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sogʻliqni_saqlash

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning Toshkent viloyati filiali mutaxassislari tomonidan Oqqoʻrgʻon tumanida salomatlik sayillari oyligi doirasida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklar tashkil etildi.

Ushbu sayilga shoshilinch tibbiy yordam xizmati mutaxassislari Yaponiya texnologiyalari asosida jihozlangan soʻnggi rusumdagi maxsus mobil kompyuter tomografiya avtomashinasi bilan tashrif buyurdi.

Mazkur uskuna yordamida kasalliklar aniqlangan bemorlar shu yerning oʻzida yuqori texnologiyali amaliyotlarga tavsiya etildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM