Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
3.21K subscribers
30K photos
1.88K videos
51 files
3.87K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#Oqqoʻrgʻon_tumani
#Mahmudhoʻja_Behbudiy_150_yilligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori asosida Mahmudxo‘ja Behbudiy ijodi va hayoti bo‘yicha tadbirlar tashkil etish belgilangan bo‘lib, tumandagi ixtisoslashtirilgan maktabida RMMM tuman bo‘linmasi hamda tuman Axborot kutubxona markazi hamkorligida ma'maviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda RMMM tuman bo‘linmasi rahbari O‘.Botirova hamda tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan yoshlarga Behbudiyning hayoti va ijodi, ijtimoiy hayotning taraqqiyoti uchun kurashganliklari haqida tushunchalar berildi. O‘quvchi-yoshlar tomonidan ijro etilgan sahna ko‘rinishlar tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Shuningdek, tadbirda faol ishtirok etgan o‘quvchilarga RMMM tuman bo‘linmasi tomonidan badiiy adabiyotlar taqdim etildi.

@oqqorgon_hokimligi