Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#IT_innovatsiya
Toshkent viloyati yoshlari o‘rtasidagi “HACKATHON” tanloviga start berildi (video)
Toshkent viloyati hokimi kubogi uchun tanlov 4-5-iyul kunlari ham davom etadi.
3-iyuldan e’tiboran, Astrum IT-akademiyasida Toshkent viloyati hokimi kubogi uchun “HACKATHON” tanloviga start berildi.
Tanlovdan maqsad viloyat yoshlarining IT-sohasiga qiziqishlarini yanada oshirish, intiluvchan va iste’dodli yoshlarni aniqlash, ularni rag‘batlantirish, dasturlash tizimlari orqali ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni bosqichma-bosqich raqamlashtirish hamda mazkur sohadagi innovatsion loyiha va ishlanmalarni, IT-texnologiyalarini amaliyotda qo‘llashga qaratilgan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirish va mazkur loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdir.
Toshkent viloyati hokimligi har bir loyihani amaliyotga tatbiq etish va loyiha mualliflarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida umumiy hisobda 1 000 000 000 so‘m (bir milliard so‘m) miqdorida pul ajratdi.
Tanlovda g‘olib bo‘lgan loyihalar viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini bosqichma-bosqich raqamlashtirishga xizmat qiladi.
Tanlov yo‘nalishlari:
⏺ Sun’iy intellekt
⏺ Ijtimoiy yo‘nalishlar
⏺ Kiberxavfsizlik
⏺ Tadbirkorlik va moliya
⏺ O‘yinlar
⏺ Maxsus yo‘nalish
Yuqoridagi har bir yo‘nalish sovrindorlari quyidagicha mukofotlanadi:
😀 -o‘rin — 70 mln so‘m
😅 -o‘rin — 40 mln so‘m
🥰 -o‘rin — 30 mln so‘m
Tanlovda ishtirok etish uchun 600 dan ortiq arizalar, 250 dan ortiq loyihalar kelib tushdi, 110 ga yaqin loyihalar saralab olinib, tanlovda ishtirok etishi uchun ruxsat berildi. Tanlovda 16 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishmoqda.
Toshkent viloyati hokimi kubogi uchun tanlov 4-5-iyul kunlari ham davom etadi.
🌐 Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Toshkent viloyati yoshlari o‘rtasidagi “HACKATHON” tanloviga start berildi (video)
Toshkent viloyati hokimi kubogi uchun tanlov 4-5-iyul kunlari ham davom etadi.
3-iyuldan e’tiboran, Astrum IT-akademiyasida Toshkent viloyati hokimi kubogi uchun “HACKATHON” tanloviga start berildi.
Tanlovdan maqsad viloyat yoshlarining IT-sohasiga qiziqishlarini yanada oshirish, intiluvchan va iste’dodli yoshlarni aniqlash, ularni rag‘batlantirish, dasturlash tizimlari orqali ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni bosqichma-bosqich raqamlashtirish hamda mazkur sohadagi innovatsion loyiha va ishlanmalarni, IT-texnologiyalarini amaliyotda qo‘llashga qaratilgan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirish va mazkur loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdir.
Toshkent viloyati hokimligi har bir loyihani amaliyotga tatbiq etish va loyiha mualliflarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida umumiy hisobda 1 000 000 000 so‘m (bir milliard so‘m) miqdorida pul ajratdi.
Tanlovda g‘olib bo‘lgan loyihalar viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini bosqichma-bosqich raqamlashtirishga xizmat qiladi.
Tanlov yo‘nalishlari:
Yuqoridagi har bir yo‘nalish sovrindorlari quyidagicha mukofotlanadi:
Tanlovda ishtirok etish uchun 600 dan ortiq arizalar, 250 dan ortiq loyihalar kelib tushdi, 110 ga yaqin loyihalar saralab olinib, tanlovda ishtirok etishi uchun ruxsat berildi. Tanlovda 16 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishmoqda.
Toshkent viloyati hokimi kubogi uchun tanlov 4-5-iyul kunlari ham davom etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM