Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.62K subscribers
24.9K photos
1.59K videos
44 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#bayonot

Toshkent viloyatida shu kunga qadar “DOK-1 MAKS” dorisidan oʻlim holati kuzatilmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent viloyatida (Oʻrtasaroyda) ”Dok-1 Maks“ dori vositasini isteʼmol qilgan 2 yoshli bola vafot etdi”, degan mazmundagi xabarlar tarqalmoqda.

Ushbu xabar yuzasidan Toshkent viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Hozirgi kungacha Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filialiga “DOK-1 MAKS siropi” isteʼmoli natijasida zaharlanish belgilari bilan 9 nafar bola olib kelingan. Ulardan 5 nafari sogʻayib, uyiga qaytarildi, 4 nafarining ahvoli esa barqaror holatda, ularga tegishli standartlar asosida muolajalar davom ettirilmoqda.

Shuni qayd etish kerakki, Toshkent viloyatidagi sogʻliqni saqlash muassasalarida shu paytgacha “DOK-1 MAKS” preparatidan zaharlanish tufayli oʻlim holati kuzatilmagan.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, hozirda hududlardagi barcha dorixonalarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari va tuman-shahar tibbiyot birlashmalari xodimlari tomonidan oʻrganish olib borilib, “Quramax” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalari yigʻishtirib olingan.

Aholi orasida dori-darmonlarni shifokor koʻrsatmasisiz, palapartish isteʼmol qilishning salbiy oqibatlari boʻyicha shifokor va patronaj hamshiralari tomonidan uyma-uy yurib, tushuntirish olib borilmoqda. Bu jarayonda xonadonlardagi shaxsiy dori qutilari ham koʻzdan kechirilmoqda.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bayonot

Anomal ob-havo sharoitida umumtaʼlim maktablarida taʼlimni tashkil etish yuzasidan
bayonot

Viloyat hokimining topshirigʻiga asosan, Toshkent viloyatidagi barcha hududlarda hokim, maktab direktori va mahalla raislari bilan maktablardagi issiqlik taʼminoti holati oʻrganildi, telefon orqali ularning fikrlari olindi.

Oʻrganish ishlari kecha 23:00 da tugallandi. Quyidagi yakuniy xulosaga kelindi:

11-yanvardan viloyat boʻyicha 77 ta maktabda dars boʻladi.

Ushbu maktablarning oʻquvchilari darslar boshlanishi haqida ota-onalar kengashi orqali xabardor qilingan.

Boshqa umumtaʼlim maktablarida oʻqishlar, mavjud sharoitlarni inobatga olgan holda, 12-yanvardan bosqichma - bosqich boshlanadi.

Bugun soat 14:00 da ertadan boshlab dars boshlanadigan boshqa maktablar roʻyxati eʼlon qilinadi.

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

#Баёнот

Аномал об-ҳаво шароитида умумтаълим мактабларида таълимни ташкил этиш юзасидан баёнот

Вилоят ҳокимининг топшириғига асосан, Тошкент вилоятидаги барча ҳудудларда ҳоким, мактаб директори ва маҳалла раислари билан мактаблардаги иссиқлик таъминоти ҳолати ўрганилди, телефон орқали уларнинг фикрлари олинди.

Ўрганиш ишлари кеча 23:00 да тугалланди. Қуйидаги якуний хулосага келинди:

11 январдан вилоят бўйича 77 та мактабда дарс бўлади.

Ушбу мактабларнинг ўқувчилари дарслар бошланиши ҳақида ота-оналар кенгаши орқали хабардор қилинган.

Бошқа умумтаълим мактабларида ўқишлар, мавжуд шароитларни инобатга олган ҳолда, 12 январдан босқичма - босқич бошланади.

Бугун соат 14:00 да эртадан бошлаб дарс бошланадиган бошқа мактаблар рўйхати эълон қилинади.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TEZKOR
#BAYONOT

"Mehnatobod" GTSH dan Oqqoʻrgʻon tumani "Xalqobod", "Hamzaobod", "Navbahor", "Madaniyat", "Hosildor" MFYlariga yoʻnaltirilgan D-219 mm boʻlgan yerusti yuqori bosimli gaz quvuri yorilishi natijasida gaz sizib chiqishi (avariya) holati yuzaga kelgan. Ushbu holat “Hududgaz Toshkent GTF” Oqqo‘rg‘on tuman bo‘limi, tuman FVB va boshqa mutasaddilar tomonidan oʻrganilib, voqea joyida avariya holati to‘liq bartaraf etildi.

Nazorat tekshiruvidan keyin aholiga tabiiy gaz yetkazish bir soat ichida toʻliq tiklanadi.

Oqqoʻrgʻon tuman FVB aholidan tabiiy gaz taʼminoti tiklangunga qadar yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlarini soʻraydi.
#Bayonot

Toshkent viloyati, Oqqoʻrgʻon tumani, “Bayguli” MFYdagi 17 maktab oʻquvchilari darsga kiritilmay, sim karta sotib olish uchun 10 ming soʻmdan 20 ming soʻmgacham pul olib kelish uchun oʻz xonadonlariga joʻnatilayotganiga oid videolar tegishli tashkilotlar tomonidan oʻrganilmoqda.

Bugungi kunda keng ommalashib, xalq ovoziga aylanib borayotgan “Open byudjet” kampaniyasini bunday talqin qilish, bolalardan foydalanishni oqlab boʻlmaydi.

Vaziyat viloyat hokimining oʻrinbosari Otabek Sultonbekov tomonidan nazoratga olindi va oʻrganish boshlandi.

Toshkent viloyati hokimligi yaqin soatlarda holat boʻyicha batafsil va asoslantirilgan axborot beradi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM