Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.6K subscribers
24.7K photos
1.58K videos
43 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#Мaxsus_dayjest

Anomal sovuq kunlarida sektor rahbarlari va saxovatpesha homiylar hamkorligida markazdan chekka hududlardagi hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanmoqda. Quyida shu haqida.

🔘Yoshlar ishlari agentligi. Viloyat boshqarmasi hamda hududlardagi yoshlar yetakchilari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi.

🔘Yangiyoʻl tumani. Uyda taʼlim olayotgan va nogironligi boʻlgan yoshlar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 100 nafariga kundalik ehtiyoj mahsulotlari yetkazib berildi.

🔘Angren shahri. Sektor rahbarlari “Nishbosh”,  “Lashkerak”  mahallalarida boʻlib, ogʻir ijtimoiy ahvoldagi fuqarolarga koʻmak koʻrsatdi.

🔘Ohangaron shahri. 4-sektor rahbari va soliq inspeksiyasi xodimlari “Yangiobod” MFYda yashovchi urush qatnashchisi Bekmirza ota Abdusalomovning holidan xabar oldi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. “Taraqqiyot” mahalla fuqarolari yigʻini xodimlari hamda hokim yordamchisi Z. Normatov tomonidan mahalladagi kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan, nogironligi mavjud boʻlgan fuqarolar turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan yoʻqlandi.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. Sektor rahbarlari tomonidan anomal sovuq kunlari koʻchaga chiqishga qiynalayotgan yolgʻiz qariya, nogiron, chin etim, ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan 120 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

🔘Piskent tumani. Oybek mahallasi hududidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj 10 ta oilaga ijtimoiy koʻmak koʻrsatildi.

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM