Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.62K subscribers
24.7K photos
1.57K videos
43 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#Biz_siz_uchun_xizmatdamiz

Viloyatimizda havo harorati keskin pasayishiga qaramay "Hududgaz Toshkent" gaz taʼminoti filiali va uning tuman gaz taʼminoti boʻlimi masʼullari, isteʼmolchilarga qahraton qishning qirovli kunlarida, bir meʼyorda, uzluksiz tabiiy gaz yetkazib berish uchun oʻz ish faoliyatini tun-u kun davom etirmoqda.

Soha xodimlari tomonidan hududlarga chiqqan holda joylardagi har bir yuqori va oʻrta bosimli GTPlarida koʻrik jarayonlari oʻtkazilmoqda.

Bundan koʻzlangan asosiy maqsad Toshkent viloyati tabiiy gaz isteʼmolchilariga havo haroratining keskin pasaygan davrida bir meʼyorda tabiiy gaz yetkazib berishdan iborat.

"Hududgaz Toshkent" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#TEZKOR

BEKOBOD VA OQQO'RG'ON TUMANLARINING AYRIM HUDUDLARIDA VAQTINCHA GAZ TAʼMINOTI TOʻXTATILDI

Bekobod tumanida joylashgan "Shirin" GTSH dan aholi xonadonlariga yoʻnaltirilgan D-325 mm boʻlgan yer usti yuqori bosimli gaz quvuri yorilishi natijasida gaz sizib chiqish (avariya) holati yuzaga kelgan. Shu sababli Bekobod tumanidagi 40 ta MFYdagi jami 16 000 ta aholi xonadonlarida vaqtincha tabiiy gaz taʼminoti toʻxtatildi.

"Mehnatobod" GTSH dan Oqqoʻrgʻon  tumani  "Xalqobod", "Hamzaobod", "Navbahor", "Madaniyat", "Hosildor" MFYlariiga yoʻnaltirilgan D-219 mm boʻlgan yer usti yuqori bosimli gaz quvuri yorilishi natijasida gaz sizib chiqishi (avariya) holati yuzaga kelgan. Shu sababli yuqorida koʻrsatilgan manzildagi jami 2680 ta aholi xonadonlarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatilgan.

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali taʼmirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun tabiiy gaz isteʼmolchilaridan uzr soʻraydi.

Hududgaz Toshkentgaz taʼminoti filiali matbuot xizmati

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Iqtibos

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev bugun kunning birinchi yarmida ZOOM platformasi orqali yigʻilish oʻtkazdi. Unda viloyat rahbari ayni paytda dolzarb boʻlib turgan bir qator masalalarga toʻxtaldi va masʼullarga aniq topshiriqlar berdi.

Yigʻilishdan ayrim iqtiboslar:

Maktablarning isitish tizimlarini oʻrganish, ayniqsa, qozonxonalarda suv muzlab qolmaganini tekshirish kerak. Koʻmir bilan isitiladigan maktab pechlarini esa bir kun avvaldan yoqmasa isimaydi;

Faoliyatini boshlayotgan maktablarga boradigan yoʻllarni qor va muzdan tozalashga barcha kuch va vositalar safarbar qilinishi shart;

Xalq taʼlimi boshqarmasi har ikki soatda faoliyat boshlagan yoki boshlash arafasida turgan maktablardagi holat boʻyicha viloyat hokimiga axborot berib boradi;

Viloyat hokimligi tomonidan biriktirilgan vakillar oʻsha hududlarda boʻladi, maktabga kiradi, boshqaruv servis kompaniyalari, kasalxonalarga kiradi, vaziyatni nazorat qilishda hokimlarga yordam beradi;

Hamma rahbarlar xizmat mashinasida yoʻl boʻyida kutib turgan yoʻlovchini koʻrsa, mashinasida manzilga olib ketsin. Agar kasalxonaga borayotgan boʻlsa, joyigacha eltib qoʻyinglar;

Obodonlashtirish boʻlimi xodimlari sovqotishi kerakmas. Ularga issiq ovqat, kiyim-bosh berilishi zarur;

Bozorda narx-navolarning nazorati bir daqiqa ham susaytirilmasligi kerak. Bekobod shahrida yogʻ narxi sunʼiy koʻtarilgan. Holbuki zaxiramizda yetarli dajarada yogʻ mahsulotimiz bor.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Ҳиндистон Республикаси Бош вазири Нарендра Модининг таклифига биноан 12 январь куни “Глобал Жануб овози” онлайн-саммитининг ялпи мажлисида иштирок этади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Премьер-министра Республики Индия Нарендры Моди 12 января примет участие в пленарном заседании онлайн-саммита «Голос глобального Юга».

#Mirziyoyev #sammit #Hindiston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TEZKOR
#BAYONOT

"Mehnatobod" GTSH dan Oqqoʻrgʻon tumani "Xalqobod", "Hamzaobod", "Navbahor", "Madaniyat", "Hosildor" MFYlariga yoʻnaltirilgan D-219 mm boʻlgan yerusti yuqori bosimli gaz quvuri yorilishi natijasida gaz sizib chiqishi (avariya) holati yuzaga kelgan. Ushbu holat “Hududgaz Toshkent GTF” Oqqo‘rg‘on tuman bo‘limi, tuman FVB va boshqa mutasaddilar tomonidan oʻrganilib, voqea joyida avariya holati to‘liq bartaraf etildi.

Nazorat tekshiruvidan keyin aholiga tabiiy gaz yetkazish bir soat ichida toʻliq tiklanadi.

Oqqoʻrgʻon tuman FVB aholidan tabiiy gaz taʼminoti tiklangunga qadar yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlarini soʻraydi.
#tezkor
#dolzarb
#ogoh_boʻling

"Mehnatobod" GTSh dan "Madaniyat" MFY hududidan oʻtuvchi D-219 mm boʻlgan yerusti yuqori bosimli gaz quvuridagi avariya holati toʻla bartaraf etildi. Aholiga gaz uzatish boshlandi. Shu sababli Oqqoʻrgʻon tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tumanimiz aholisidan tabiiy gazdan xavfsiz foydalanish qoidalariga rioya etish orqali oʻzi va yaqinlarini yongʻin xavfi hamda is gazidan zaharlanishdan himoya qilishlarini soʻraydi
#dolzarb

“Madaniyat” MFY hududidan oʻtuvchi gaz quvurida yuzaga kelgan avariya holati bartaraf etildi.
Favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida tuman FVB bugun soat 00:30da shaxsiy tarkibga aholini ogohlantirish boʻyicha yoʻriqnoma oʻtkazdi. Tuman FVB xodimlari mahalla aholisini ogohlantirish uchun xonadonlarga tarqalishdi.
OQQOʻRGʻON TUMANINING AYRIM HUDUDLARIDA VAQTINCHA GAZ TAʼMINOTI TOʻXTATILDI

"Mexnatobod" GTSH dan Oqqoʻrgʻon  tumani "Xalqobod", "Hamzaobod", "Navbahor", "Eltamgʻali", "Madaniyat", "Hosildor" MFYlariiga yoʻnaltirilgan D-273 mm boʻlgan yer usti yuqori bosimli gaz quvuri yorilishi natijasida gaz sizib chiqishi (avariya) holati yuzaga kelgan.
Shu sababli, yuqorida koʻrsatilgan manzildagi jami 3200 ta aholi xonadonlarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatilgan.

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali taʼmirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun tabiiy gaz isteʼmolchilaridan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati