Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.66K subscribers
25.2K photos
1.6K videos
44 files
3.19K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
Audio
🟦🟦🟩🟩

Seshanba - Hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari bilan muloqot va yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish kuni.

🔘
O'rta Chirchiq tumani. Dubayda mental arifmetika fanidan o'tkazilgan Xalqaro olimpiadada O'rta Chirchiq tumani "Xalqobod" mahallasida joylashgan "Umbrella" o'quv markazining o'quvchi yoshlari faxrli o'rinlarni egallashdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tumanda mutasaddilar ishtirokida konstitutsion islohotlarga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.

🔘Bo'ka tumani. Tuman hokimi boshchiligida mahallalarda hokim yordamchilari faoliyati, ular zimmasidagi ustuvor vazifalar hamda aholini ish bilan ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bo'yicha tahliliy masalalar muhokamasiga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi.

🔘Oqqo'rg'on tumani. Viloyat fermerlar kengashi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalari shuningdek, tuman hokimligining tegishli mutasaddilari ishtirokida Prezidentimizning 20- va 373-sonli qarorlari ijrosini taʼminlashga qaratilgan seminar tashkil qilindi.

🔘Toshkent tumani. Tuman markaziy Madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent Davlat yuridik universiteti hamda tuman Adliya bo‘limi mas'ullari boshchiligida seminar bo‘lib o‘tdi.

🔘Bekobod tumani. Sportning shaxmat va shashka turlari bo'yicha o'tkazilgan viloyat musobaqasida Bekobod tumanining ikki nafar fan o'qituvchilari faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritib, g'oliblik shohsupasidan joy oldilar.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
#Bayonot

Toshkent viloyati, Oqqoʻrgʻon tumani, “Bayguli” MFYdagi 17 maktab oʻquvchilari darsga kiritilmay, sim karta sotib olish uchun 10 ming soʻmdan 20 ming soʻmgacham pul olib kelish uchun oʻz xonadonlariga joʻnatilayotganiga oid videolar tegishli tashkilotlar tomonidan oʻrganilmoqda.

Bugungi kunda keng ommalashib, xalq ovoziga aylanib borayotgan “Open byudjet” kampaniyasini bunday talqin qilish, bolalardan foydalanishni oqlab boʻlmaydi.

Vaziyat viloyat hokimining oʻrinbosari Otabek Sultonbekov tomonidan nazoratga olindi va oʻrganish boshlandi.

Toshkent viloyati hokimligi yaqin soatlarda holat boʻyicha batafsil va asoslantirilgan axborot beradi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

Oqqoʻrgʻon tumani “Boygʻuli” MFY hududida joylashgan 17-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktab oʻquvchilari “Openbudjet” ga pul yigʻishga jalb etilgani yuzasidan rasmiy munosabat

Mazkur holat viloyat hokimining topshirigʻiga koʻra, maxsus ishchi guruh tomonidan oʻrganildi. Oʻquvchilarni “Openbudjet”ga ovoz yigʻish uchun jalb qilish boʻyicha topshiriq maktab direktori tomonidan berilgani aniqlandi.

Vaziyat mazkur maktabning filialida sodir boʻlgan. Filialda 45 nafar boshlangʻich sinf oʻquvchisi tahsil oladi. Oʻquvchilarni kampaniyaga jalb qilgan sinf rahbarlariga intizomiy jazo berildi, maktab direktori L.Usmanova egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Maktab filiali yaqinda taʼmirdan chiqarilgan boʻlib, zarur jihozlar bilan taʼminlangan. Maktab jamoasi oʻz tashabbusi bilan “Openbudjet” kapaniyasida qoʻshimcha elektron doska, kompyuter jihozlari olish uchun ishtirok etgan. Soʻralgan mablagʻ miqdori – 300 million soʻm.

Toshkent viloyati hokimi, viloyat Taʼlim kengashi raisi Zoyir Mirzayev tegishli mutasaddilarga ushbu jihozlarga ehtiyoj haqiqatda mavjudligini oʻrganish, shundan soʻng, mahalliy byudjet hisobidan maktabni soʻralgan jihozlar bilan taʼminlash boʻyicha koʻrsatma berdi.

Maʼlumot oʻrnida, Toshkent viloyati hokimligi bugungi kunda keng ommalashib, xalq ovoziga aylanib borayotgan “Openbudjet” kampaniyasini bunday talqin qilish, bolalardan foydalanishni qatʼiyan qoralaydi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Iftorlik

Ramazon sahovat oyi!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2023-yil 13-mart kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida bergan topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida
Muborak Ramazon oyi davomida Oqqo‘rg‘on tumani mahallalarida o‘tkazilayotgan iftorlik tadbirlarning navbatdagisi bugun 3-sektor hududida joylashgan “Hamid Olimjon” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan "Rayhon" tantanalar saroyida “Mahalla" hayriya jamoat fondi tomonidan tashkil etildi.

Iftorlikda mahallada istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oila a'zolari, faol xotin-qizlari va nuroniy oqsoqollar ishtirok etishdi.

✍️ Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati

👉Kanalga qo‘shilish:👇

https://t.iss.one/oqqorgon_hokimligi
Аграр секторни замонавий қишлоқ хўжалиги техникалари билан таъминлашни рағбатлантиришнинг қўшимча чора-тадбирлари тўғрисида

Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори

📍 https://uza.uz/posts/467714

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
▪️Mazkur infografikalarda 2022-yil yakunlari bo‘yicha Ochiqlik indeksining yakuniy natijalari, xususan:

vazirliklar;

mahalliy davlat hokimiyati organlari;

qo‘mita, agentlik va boshqa tashkilotlar;

aksiyadorlik jamiyatlari va banklar kesimidagi tahlili
aks etgan.

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Абдурашид Йўлдошев, хонанда:

— 30 апрель куни бўлиб ўтадиган референдумда оила аъзоларим билан қатнашамиз. Сизларни ҳам фаолликка чақирамиз. Азиз юртдошлар, Ватанимиз, фарзандларимиз келажаги учун бефарқ бўлманг!

@menbefarqemasman
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Музаффар Джалалов, Тошкент шаҳридаги ИНҲА университети ректори:

— Ҳар қандай муваффақият тарихи бу — сифатли таълимдир. Ёшларимиз олий маълумот олишлари учун кенг имкониятлар бор. Биргина мисол, 5 йил олдин университетлар сони 60 тадан сал кўпроқ эди, ҳозирда 210 тадан ошди. Нодавлат ва хусусий университетлар ҳам очилди. Уларда ҳам давлат грантлари ажратиладиган бўлди. Муҳими, профессор-ўқитувчилар мажбурий ишларга жалб қилинмаяпти. Шу каби ислоҳотларга мен #befarqemasman!

@menbefarqemasman
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Олимжон Худойназаров, "ҚВЗ" ассоциацияси бадиий раҳбари:

— Янги таҳрирдаги Конституциямизнинг Оила, болалар ва ёшларга оид 9-бобида иккита банд эътиборимни тортди. Яъни 77-бандда ота-оналар ва уларнинг ўрнини босувчи шахслар ўз фарзандларини вояга етгунига қадар боқиши, тарбияси, таълим олиши, соғлом, тўлақонли ва ҳар томонлама камол топиши хусусида ғамхўрлик қилишга мажбурдирлар, дейилади. 80-моддада эса вояга етган меҳнатга лаёқатли фарзандлар ўз ота-оналарига ғамхўрлик қилишга мажбурдирлар, дейилмоқда. Бу эртанги кунимиз ҳақида ўйлаб қилинаётган ишдир. Шунинг учун ўзингиз ва фарзандларингиз тақдирига бефарқ бўлманг, референдумда иштирок этинг.

@menbefarqemasman