Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi
🔰 Quyidagi joylarda transport vositasining qayrilib olishi taqiqlanadi:
● piyodalarning o'tish joylarida;
● tunnellarda;
● ko'priklar, yo'l o'tkazgichlar, estakadalar va ularning ostida (tegishli yo'l belgilari bilan bunday manyovrni bajarish ruxsat berilgan yo'l qismlari bundan mustasno);
● temir yo'l kesishmalarida;
● yo'lning ko'rinishi biror-bir yo'nalishda 100 metrdan kam bo'lgan joylarda.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin

❗️Ishga qabul qilinayotganda qanday hujjatlar so'raladi?
✅ Yangi Mehnat kodeksiga ko'ra, ishga qabul qilish chog'ida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
🔹pasport yoki uning o'rnini bosuvchi hujjat yoxud identifikasiyalovchi ID karta (16 yoshgacha bo'lgan shaxslar esa tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma yoki identifikasiyalovchi ID karta);
🔹oxirgi ish joyi bo'yicha tasdiqlangan qog'oz shaklidagi mehnat daftarchasi yoki elektron mehnat daftarchasidan ko'chirma (bundan birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar mustasno).
❕ O'rindoshlik asosida ishga kirayotganlar mehnat daftarchasi o'rniga asosiy ish joyidan ma'lumotnoma;
🔹harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar uchun tegishincha harbiy guvohnoma yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma;
🔹oliy yoki o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim tashkilotini tamomlaganligi to'g'risidagi diplom;
❕qaysi ishni bajarish uchun faqat maxsus ma'lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega bo'lgan shaxslar qo'yilishi mumkin bo'lsa, o'sha ishga kirish chog'ida ushbu ishni bajarish huquqiga doir guvohnoma (sertifikat) yoxud boshqa tegishli hujjat;
🔹soliq to'lovchining identifikasiya raqami (STIR);
🔹jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami (JSHSHIR);
🔹jamg'arib boriladigan pensiya daftarchasi, birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno.

💰 Yoshlarning tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash maqsadida har bir tashabbuskorga 50 mln so'm miqdorida, jami 10 mlrd so'mgacha grantlar ajratiladi.
🔰 Bunda grant mablag'lari:
▫️onlayn to'lovlarni qabul qiluvchi veb-sayt yaratishga, xorijdagi turizm ko'rgazma va yarmarkalarida ishtirok etishga yo'naltiriladi;
▫️grant mablag'lari xorijdan O'zbekistonga 3 yil kamida 200 nafar turistlar uchun tur tashkil qilish sharti bilan ajratiladi.

❗️ Davlat organlari va tashkilotlari pochta jo'natmalarini Yagona milliy tizim orqali yuboradi
🔰 Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlari jismoniy va yuridik shaxslar nomiga yo'llanuvchi xat-xabarlar, xabarnomalar, chaqiruv qog'ozlari va boshqa yuridik hujjatlarni Yagona milliy tizimdan foydalanilgan holda pochta aloqasi obyektlari tarmog'i orqali yetkazib beradi.
🏢 Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan quyidagi pochta jo'natmalari Yagona milliy tizim orqali yo'llanadi:
🔹 yuridik va jismoniy shaxslar nomiga yuboriluvchi xat-xabarlar, shu jumladan, ular tomonidan yo'llangan murojaatlarga yozilgan javob xatlari;
🔹 to'lov xabarnomalari va bildirishnomalar;
🔹 chaqiruv qog'ozlari, sud xabarnomalari va prosessual hujjatlar;
🔹 davlat xizmatlarini ko'rsatishning natijalari;
🔹 ma'muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun jarimaga tortish to'g'risidagi qarorlar.

📝 Xodimlarni bayram (ishlanmaydigan) kunlari ish beruvchining farmoyishi bo'yicha ishga jalb etishga faqatgina jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo'lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo'mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilangan asoslar bo'yicha yo'l qo'yiladi.
☑️ Ishlab chiqarish-texnika sharoitlari va boshqa sharoitlarga ko'ra ishni to'xtatib turish mumkin bo'lmagan joylarda, aholiga xizmat ko'rsatish zarurati bo'lgan ishlarda, shuningdek, kechiktirib bo'lmaydigan ta'mirlash va yuk ortish-tushirish ishlarida bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlashga yo'l qo'yiladi.
💰 Dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to'lanadi.
‼️ Bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Nikoh yoshi to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun qanday javobgarlik bor?
🔰Qonunchilikka muvofiq, nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilanadi.
Uzrli sabablar bo'lganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tug'ilishi, voyaga yetmagan shaxsning to'la muomalaga layoqatli deb e'lon qilinishi), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko'ra tegishli tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko'pi bilan 1 yilga kamaytirishi mumkin.
☑️ Nikoh yoshi to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish ma'muriy javobgarlikka sabab bo'ladi.
⏩ Xususan:
▫️ nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish 1,5 mln so'mdan 3 mln so'mgacha;
▫️ ota-ona yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish 2,1 mln so'mdan 4,5 mln so'mgacha;
▫️ nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish 3 mln so'mdan 6 mln so'mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
❗️Ushbu huqubuzarliklarni ma'muriy jazo chorasi qo'llanilgandan keyin takroran sodir etish jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi.

🔰Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransportni ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha uzaytirilgan:
🔹2010-yilgacha bo'lgan davrda berilganlari – 2023-yil 31-martgacha;
🔹2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-iyungacha;
🔹2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-sentabrgacha;
🔹2015-yildan keyin berilganlari – 2023-yil 31-dekabrgacha.
❗️ Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

🏢 Uy-joylarni sotib olish va ipoteka kreditlarini rasmiylashtirish jarayonlarida fuqarolarga qo'shimcha qulayliklar yaratish maqsadida viloyatlar markazlarida ipoteka markazlari tashkil etiladi.
✅ Shuningdek, ipoteka markazlarida hududda uy-joy qurilishini amalga oshirayotgan qurilish-pudrat tashkilotlarining sotuv ofislari, tijorat banklarining bank burchagi va kassalari hamda xususiy notarial idoralar joylashtiriladi.

🔰 Qonunchilikka ko'ra, o'zini o'zi band qilgan shaxslar uchun nazarda tutilgan faoliyat turlari bilan shug'ullanuvchi, ishtirokchilari soni kamida 3 nafar bo'lgan oilaviy korxonalar aylanmadan soliqni belgilangan miqdordan 50 foizga kamaytirilgan stavkada to'laydilar.

📝 Mahalladagi yoshlar yetakchilari tavsiyasi asosida yoshlarga beriladigan yordam turlarining ro'yxati.

🔰 Qonunchilikka ko'ra, umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga o'zboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gazni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoki bunday hisobga olish asboblarining ko'rsatkichlarini o'zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish:
➖ fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln so'mdan 4,5 mln so'mgacha);
➖ mansabdor shaxslarga esa 20 baravaridan 25 baravarigacha (6 mln so'mdan 7,5 mln so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

✅ Hududlarni tozalash:
➖obodonlashtirish obyektlarida – shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari;
➖ko'p kvartirali uylar atrofida – xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki boshqaruvchi tashkilotlar;
➖yakka tartibdagi turar joy uylari va tashkilotlarning yerlarida – jismoniy va yuridik shaxslar;
➖avtomobil yo'llari va sun'iy yo'l inshootlarida ajratilgan yerda – ushbu obyektlarga xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlar;
➖temir yo'llarda ajratilgan yerda – temir yo'l tashkilotlari;
➖bozorlar hududi va ularga tutash hududlarda – bozorlar ma'muriyati;
➖jamoat transporti bekatlarida joylashgan vaqtinchalik savdo va xizmat ko'rsatish obyektlarida – obyekt egalari;
➖savdo do'konlari yoki boshqa savdo nuqtalariga, ko'chma shoxobchalarga tutash hududlarda 5 m radiusda – shu sohadagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan amalga oshiriladi.

✅ Sotuvchi xaridorga kartoshka, meva-sabzavot tovarlarini sotishda savdo jarayonida vujudga kelgan yaroqsiz va sifati past mahsulotlarni ajratib tashlashga majburdir.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
✅ Sotuvchi xaridorga kartoshka, meva-sabzavot tovarlarini sotishda savdo jarayonida vujudga kelgan yaroqsiz va sifati past mahsulotlarni ajratib tashlashga majburdir.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi
✅ Mahallalarda kichik biznes va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, yoshlar va xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan band qilishni davom ettirish maqsadida:
🔹2023-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun 13 trillion soʻm yoʻnaltiriladi;
🔹kreditlar ustuvor ravishda dasturlar boʻyicha avval kreditlardan foydalanmagan aholi va tadbirkorlarga ajratiladi;
🔹dehqon xoʻjaliklari va kichik tadbirkorlikga 50 mln soʻmgacha garovsiz kredit beriladi;
🔹hokim yordamchisining tavsiyasiga koʻra kredit summasining 10 mln soʻmgacha boʻlgan qismi (hunarmandlar uchun 20 mln soʻmgacha) bank kartalariga (naqdlashtirish imkoniyatini cheklagan holda) oʻtkazib beriladi;
🔹dasturlar doirasida kreditlarni yillik 14 foiz stavkada ajratish tartibi saqlab qolinadi.

💰 Qonunchilikka ko'ra, qishloq hududlarida xorijiy tillarni o'qitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlarga 50 mln so'mgacha bir martalik subsidiya ajratiladi.

🔰 Oilalarda bolaga qarab turish va ularni parvarish qilish xizmati (enagalik) o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar shug‘ullandigan faoliyat turi hisoblanadi.
📝 Mazkur shaxslar soliq organlarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
📲 Ro‘yxatdan o‘tish soliq organlarining mobil ilovasi, elektron platformasi yoki my.gov.uz orqali, shuningdek soliq organiga kelgan holda amalga oshiriladi.
📃 Ro‘yxatdan o‘tgan shaxsga QR-kodli ma’lumotnoma beriladi.
❗️O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar daromad solig‘i to‘lamaydi.
➡️ Mazkur shaxslar ishlagan davrini ish staji sifatida hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda BHMning 1 baravari miqdorida (330 ming so‘m) ijtimoiy soliq to‘laydi.
📁 Shuningdek, enaga sifatida 16 yoshdan shug‘ullanish mumkinligi belgilangan.

🔘 Qonunchilikka ko'ra, 2025-yil 1-yanvargacha:
▫️kasanachilarga daromad solig'i kasanachilikdan olinadigan jami daromadni 50 foizga, 1 oyda ko'pi bilan 1 million so'mgacha kamaytirgan holda hisoblanadi;
▫️kasanachilar ijtimoiy soliq to'lovini o'zini o'zi band qilgan shaxslar uchun belgilangan tartibda amalga oshiradi;
▫️olis va chekka hududlardagi mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga dastlabki 3 oydagi faoliyati uchun 1 oylik o'rtacha daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi.

✅ Qonunchilikka ko'ra, xodimlari umumiy sonining kamida 70 foizi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bo'lgan kasanachilikni tashkil etgan va imtiyoz berilgan davrda ularning bandligini saqlab qolgan tadbirkorlar davlat mulkidagi bino va inshootlar uchun ijara haqi to'lovidan 2027 yil 1 oktabrgacha ozod etilishi belgilangan.
📌Shuningdek, “Ayollar daftari”dagi kamida 5 ta ishsiz xotin-qizlarni kasanachilik asosida ishga qabul qilgan tadbirkorlar tomonidan davlat mulkidagi bino va inshootlarni ijaraga olishda ijara haqi 50 foiz miqdorda undiriladi.

💰 Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarga kommunal xizmatlar uchun majburiy to'lovlar bo'yicha BHMning 50 foizi (165 ming so'm) miqdorida har oyda kompensasiya pul to'lovlari to'lanadi.
📊 Bunda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etayotgan ko'chaboshi va uyboshilar faoliyati samaradorligi bir qator asosiy ko'rsatkichlar orqali baholanadi.
☑️ Mazkur shaxslar faoliyatini baholashda ular biriktirilgan ko'cha yoki uyda kamida 3 oy davomida faoliyat ko'rsatganligi inobatga olinadi va mezonlardan kelib chiqqan holda 70 balldan yuqori ball to'plagan taqdirda to'lanadi.