Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.6K subscribers
24.8K photos
1.58K videos
43 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor #muhim
#beetibor_bo‘lmang

❄️ Sovuq ob-havoga tayyorlanamiz: Oktyabr oyida Oʻzbekiston aholisi uchun yogʻingarchilik va -1° gacha sovuq tushishi kutilmoqda.

Oʻzgidromet kelgusi oktyabr oyiga ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi. Kechasi 0-13°, kunduzi 10° dan 23° gacha oʻzgarib turadi.

Oy davomida sovuq boʻlishi mumkin va yomgʻir yogʻish ehtimoli katta.
#Tezkor

⚡️⚡️⚡️Qozogʻiston va Oʻzbekiston chegarasidagi “Zangiota-Qoplonbek” avtoyoʻl oʻtkazish punkti 19-oyga yopiladi.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Navoiy” chegara bojxona posti bilan chegaradosh boʻlgan Qozogʻiston Respublikasining “Qoplonbek” avtoyoʻl oʻtkazish punkti modernizatsiya qilinishi hamda texnik tomonidan jihozlashnishi rejalashtirganligi bois, mazkur oʻtkazish punktini joriy yilning 1-noyabr kunidan boshlab vaqtincha yopilishi maʼlum qilinadi.

Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tezkor_dolzarb

Diqqat yoʻl vaqtincha yopiladi

Hurmatli fuqarolar Yangiyoʻl tumani "Koʻkalamzor" va “Baytish” mahallalarini bogʻlovchi (4R23 Yangiyoʻl-Quyichirchiq-Oqqoʻrgʻon) yoʻnalishidagi koʻprikni ta’mirlash ishlari boʻlayotganligi uchun bir sutkaga yopilishini inobatga olib vaqtincha aylanma yoʻllardan foydalanib turishingizni soʻraymiz.

📍 Lokatsiya
#Tezkor_dolzarb

“Oqqoʻrgʻontumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi va tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi OGOHLANTIRADI!

Hurmatli tumandoshlar!


Havo haroratining keskin sovib ketganligi sababli tabiiy gazga boʻlgan extiyoj yanada ortmoqda. Tuman hududida olib borilayotgan  reydlar jaryonida isteʼmolchilar tomonidan uylarini isitish maqsadida  gazdan foydalanish va yongʻin xavfsizligi qoidalariga zid ravishda qoʻlbola isitish jihozlaridan foydalanish holatlari kuzatilmoqda.

Sodir boʻlishi mumkin boʻlgan noxush holatlarning oldini olish maqsadida xonadonningizdagi isitish pechlari, dudboʻronlarini koʻrikdan oʻtkazing va muntazam ravishda nazorat qilib turing.

Xonada gaz hidini sezsangiz elektr jihozlarini yoqib-oʻchirmang. Zudlik bilan xonani shamollatib, 70-55-22-360 yoki (+99899)-656-10-04 telefon raqamlari orqali tumangaz avariya xizmatini chaqiring.

“Oqqoʻrgʻontumangaz” GTB , tuman FVB
#tezkor

Oqqoʻrgʻon tumani elektr energiyasi isteʼmolchilari diqqatiga!!!

Bugun soat 9:00dan 13:00gacha “S.Rahimov”, “BIRLIK” QOʻRGʻONCHA" MFYlar ayrim hududlarida  taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan elektr energiyasida uzilishlar boʻladi.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun Oqqoʻrgʻon tumani elektr taʼminoti korxonasi isteʼmolchilardan UZR soʻraydi.
#tezkor

Ob-havoning keskin sovib ketishi tufayli joylarda energiya taʼminotida avariya holatlari koʻpaymoqda.

Shu sababli Oqqo‘rg‘on tumanning ayrim hududlarida soat 17:30ga qadar tuman hududida elektr toki vaqtincha uzildi. Energiya taʼminotidagi uzilishlarni zudlik bilan taʼmirlash choralari koʻrilmoqda.

Mazkur holatlar tufayli Oqqo‘rg‘on tumani elektr tarmoqlari korxonasi iste’molchilardan uzr so‘raydi.
#tezkor_dolzarb

Ob-havoning keskin sovub ketishi gaz bosimining pasayishiga olib kelmoqda.

Xususan, Oqqoʻrgʻon tumanida gaz bosimi kamayganligi sababli aholi xonadonlarni isitish maqsadida tuman hokimligida kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish boʻyicha tashkil etilgan shtab tomonidan tuman yoʻl qurilish boʻlimi (DRSU) binosida koʻmir zaxirasi shakillantirildi.

Koʻmirga extiyoji bor xonadonlar oʻz mahalla raisingiz orqali “S.Rahimov” MFY raisi B.Nodirovga murojaat etishlari mumkin.

Jumladan, bugun “S.Rahimov” MFY raisi B. Nodirovga murojaat qilgan fuqarolarga koʻmir mahsuloti yetkazib berildi.
#TEZKOR

BEKOBOD VA OQQO'RG'ON TUMANLARINING AYRIM HUDUDLARIDA VAQTINCHA GAZ TAʼMINOTI TOʻXTATILDI

Bekobod tumanida joylashgan "Shirin" GTSH dan aholi xonadonlariga yoʻnaltirilgan D-325 mm boʻlgan yer usti yuqori bosimli gaz quvuri yorilishi natijasida gaz sizib chiqish (avariya) holati yuzaga kelgan. Shu sababli Bekobod tumanidagi 40 ta MFYdagi jami 16 000 ta aholi xonadonlarida vaqtincha tabiiy gaz taʼminoti toʻxtatildi.

"Mehnatobod" GTSH dan Oqqoʻrgʻon  tumani  "Xalqobod", "Hamzaobod", "Navbahor", "Madaniyat", "Hosildor" MFYlariiga yoʻnaltirilgan D-219 mm boʻlgan yer usti yuqori bosimli gaz quvuri yorilishi natijasida gaz sizib chiqishi (avariya) holati yuzaga kelgan. Shu sababli yuqorida koʻrsatilgan manzildagi jami 2680 ta aholi xonadonlarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatilgan.

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali taʼmirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun tabiiy gaz isteʼmolchilaridan uzr soʻraydi.

Hududgaz Toshkentgaz taʼminoti filiali matbuot xizmati

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TEZKOR
#BAYONOT

"Mehnatobod" GTSH dan Oqqoʻrgʻon tumani "Xalqobod", "Hamzaobod", "Navbahor", "Madaniyat", "Hosildor" MFYlariga yoʻnaltirilgan D-219 mm boʻlgan yerusti yuqori bosimli gaz quvuri yorilishi natijasida gaz sizib chiqishi (avariya) holati yuzaga kelgan. Ushbu holat “Hududgaz Toshkent GTF” Oqqo‘rg‘on tuman bo‘limi, tuman FVB va boshqa mutasaddilar tomonidan oʻrganilib, voqea joyida avariya holati to‘liq bartaraf etildi.

Nazorat tekshiruvidan keyin aholiga tabiiy gaz yetkazish bir soat ichida toʻliq tiklanadi.

Oqqoʻrgʻon tuman FVB aholidan tabiiy gaz taʼminoti tiklangunga qadar yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlarini soʻraydi.
#tezkor
#dolzarb
#ogoh_boʻling

"Mehnatobod" GTSh dan "Madaniyat" MFY hududidan oʻtuvchi D-219 mm boʻlgan yerusti yuqori bosimli gaz quvuridagi avariya holati toʻla bartaraf etildi. Aholiga gaz uzatish boshlandi. Shu sababli Oqqoʻrgʻon tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tumanimiz aholisidan tabiiy gazdan xavfsiz foydalanish qoidalariga rioya etish orqali oʻzi va yaqinlarini yongʻin xavfi hamda is gazidan zaharlanishdan himoya qilishlarini soʻraydi
#tezkor_dolzarb

Hurmatli tadbirkorlar va eksportyoralar!

Mamlakatimizda kechayotgan anomal sovuq havo sharoitida ishlab chiqarish  faoliyatiningizda uzilishlar kuzatilayotgan boʻlsa, mazkur uzilishlar taʼsirida soliqlar, kredit toʻlovlari va boshqa shartnomaviy majburiyatlarni bajarishda qiyinchilikga duch kelayotgan boʻlsangiz Toshkent viloyati hokimligi huzurida tashkil etilgan TEZKOR SHTABga darxol xabar qiling.

Murojaatlaringizni +998993149353 raqamiga qoʻngʻiroq qilib yoki telegram ijtimoiy tarmogʻidan yuborishingiz mumkin.

Tezkor shtab har bir murojaatni oʻrganib ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli ishlarni amalga oshiradi.
#tezkor

❗️Toshkent viloyatining 8 ta hududiga sel xavfi kelishi kutilmoqda

Gidrometeorologiya markazi joriy yilning 11-12-mart kunlari respublikaning 9 ta viloyatini sel-suv toshqini xavfidan ogohlantirdi.

Unga koʻra, Toshkent viloyatining Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrta Chirchiq hamda Yuqori Chirchiq tumanlarida, shuningdek, Angren va Olmaliq shaharlarida sel-suv toshqini xavfi mavjud.

Togʻli va togʻ oldi hududlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini koʻrishingizni soʻraymiz.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tezkor

Toshkent viloyati, ayniqsa, togʻli hududlarida keskin yomgʻirli mavsum davom etadi

Oʻzgidromet 5-7-aprel kunlari respublikaning koʻplab hududdarida keskin koʻrinishda yogʻinlar boʻlishi haqida ogohlantirish xabari ishlab chiqdi.

Ogohlantirish xabariga koʻra, 5-7-aprel kunlari Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Toshkent va vodiy viloyatlarida kuchli yogʻingarchiliklar kuzatilishi mumkin.

Yogʻinlar xalq tilida aytadigan boʻlsak, “polosa” koʻrinishda boʻlib, juda ham yaqin hududlarda turli taqsimotga ega.

Respublikaning 9 viloyati togʻ va togʻ oldi tumanlarida sel kelish xavfi saqlanadi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM