Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.62K subscribers
24.9K photos
1.59K videos
44 files
3.18K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#dekada

Viloyatda “Xayr-ehson 10 kunligi” eʼlon qilindi

Joriy yilning 15-noyabridan 25-noyabriga qadar viloyatda “Xayr-ehson dekadasi” hamda “Oʻzbekiston Qizil yarim oy jamiyati viloyat tashkilotining insonparvarlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash xayriya oʻn kunligi” eʼlon qilindi.

Bunda Oʻzbekiston Qizil yarim oy jamiyati viloyat tashkiloti hamda shahar, tuman boʻlimlari, hududlarda faoliyat koʻrsatayotgan korxona, muassasa va tashkilotlar, mahalla fuqarolar yigʻinlari bilan birgalikda ixtiyoriy va begʻaraz yordam koʻrsatish, shuningdek, xayriya oʻn kunligi davomida turli tadbirlar, marafonlar oʻtkazish rejalashtirildi.

Xayr-ehson dekadasi”ni uyushqoqlik bilan oʻtkazilishini taʼminlash, xayriya tadbirlari va aʼzolik markalaridan tushgan mablagʻlar jamoa roziligi asosida Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining 10 (oʻn) foizgacha miqdorida Oʻzbekiston Qizil yarim oy jamiyati viloyat tashkiloti hisob raqamiga oʻtkaziladi.

Mazkur mablagʻlar hisobidan favqulodda vaziyatlar yuz bergan holatlarda aholiga Qizil yarim oy jamiyati viloyat tashkiloti tomonidan toʻlaqonli insonparvarlik yordami koʻrsatish, tuman va shaharlarda zaxira omborlarini tashkil qilish, shuningdek, omborlarni zaruriy vositalar bilan taʼminlash reja qilingan.

Shuningdek, tadbir davomida xayriya konsertlari, teatrlashtirilgan tomosha tadbirlari tashkil etiladi. Ulardan tushgan mablagʻlarni Oʻzbekiston Qizil yarim oy jamiyati viloyat tashkiloti hisob raqamiga oʻtkazish tavsiya etiladi.

Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM