Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.73K subscribers
25.7K photos
1.6K videos
45 files
3.2K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
Audio
#Dayjest

Seshanba — viloyatimizda hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari bilan muloqot va yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish kuni sifatida belgilangan. Demak, bugun joylarda shu mavzu tevaragidagi xabarlar tafsilotiga nazar solamiz.

🔘
Yuqori Chirchiq tumani. Xalqimiz joylardagi hokim yordamchilarining mamlakat rivoji, jamiyatimiz taraqqiyotiga katta hissa qoʻshishidan umidvor.

🔘Bekobod tumani. “Obod qishloq” dasturi — amalda. Unga koʻra, “Farhod” va “Bunyodkor” mahallalarida qator ijtimoiy soha obyektlari yangilanadi.

🔘Toshkent tumani. “Xonadonbay” soʻrovlar oʻtkazish mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarining hayotiyligini taʼminlovchi bosh omildir.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Oʻrta Chirchiq farzandi — jahon chempionati gʻolibi.

🔘Ohangaron tumani.Goʻshsoy” mahallasi yoshlar yetakchisi Nizomiddin Qoʻldoshev yoshlarning qiziqishlarini oʻrganish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ishsiz yoshlar badligini taʼminlash harakatida.

🔘Angren shahri. Talabgorlarga “Yoshlar jamgʻarmasi” orqali kontrakt toʻlovlari boʻyicha tushuncha berildi.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. Hokim mahallalardagi "uchlik" bilan muloqot qildi. Hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va ayollar faollari fikrlari tinglandi.

🔘Yangiyoʻl tumani. "Shoʻralisoy" mahalla fuqarolar yigʻini raisining maktab taʼlimiga boʻlgan eʼtibori va tashabbuskorligi koʻpchilikka oʻrnak boʻlmoqda.

🔘Qibray tumani. Tuman yoshlari oʻzlariga yetakchi tanladilar

🔘Boʻka tumani. "Yosh kitobxon" koʻrik-tanlovining 2-sektor bosqichiga start berildi. Koʻrik-tanlovning tuman bosqichi doirasida 1000 nafarga yaqin yoshlarni qamrab olish koʻzda tutilgan.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KOʻRISH
Audio
#Dayjest

15-oktyabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni. Xususan, joylarda mazkur sana munosabati bilan "Xalqaro qishloq ayollari" kuniga bagʻishlangan tadbirlar tashkil etildi.

Bugungi xabarlarimiz orqali shular haqida qisqacha toʻxtalib oʻtamiz.

Oila va xotin-qizlar boshqarmasi. “Xalqaro qishloq ayollari” kunida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tashabbusi bilan 22 ta tuman-shaharda faoliyat olib borayotgan har sohada ilgʻor ayollarga atlas va adras liboslar topshirildi.

Piskent tumani. Qishloq ayolini qanchalik ulugʻlasak kam. 300 nafardan ortiq ilgʻor va faol xotin-qizlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Boʻka tumani. Agrotexnologiyalar texnikumida ToshDYU universitetining “Yuridik klinika”si va xotin-qizlar ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Yuqori Chirchiq tumani. Yangi hayot” mahallasida “Oqila ayol-oila baxti!” nomli maʼrifiy suhbat oʻtkazildi.

Bekobod tumani. Sektor rahbarlari “Yoshlik-2”, “Guliston” va “Mallaboy” mahallalarida qishloq ayollarini muborakbod etdilar.

Chinoz tumani. Sutbuloq” mahallasida “Oqila ayollar” yetakchilari va ilgʻor xotin-qizlar yuzma-yuz muloqot qildilar.

Oqqoʻrgʻon tumani. “Yoshlar bogʻi”da “Qishloq javohirlari” nomli bayram kechasi tashkil etildi.

Yangiyoʻl shahri. 8-IDUMda boʻlib oʻtgan bayram tadbirida hunarmand ayollar oʻz koʻrgazmalarini namoyish etdi.

Ohangaron shahri. Oʻtkazilgan tadbirda turli sohalarda mehnat qilayotgan 200 nafardan ziyod fidoyi xotin-qizlar ishtirok etdi.

Qibray tumani. Oila va xotin-qizlar boʻlimi va IIB masʼullari tomonidan “Turkiston” mahallasida ochiq muloqot tashkil etildi.

Olmaliq shahri.Ayollar daftari”da roʻyxatga olingan 15 nafar ayolga subsidiya asosida tikuv mashinalari yetkazib berildi.

Boʻstonliq tumani. Viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi Umid Shoumarov boshchiligida “Ayollar daftari”dagi xotin-qizlar bandligini taʼminlash yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Chirchiq shahri. Chirchiq davlat pedagogika universitetida “Ayol - jamiyat koʻrki” nomli tadbir bo'lib o'tdi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RSIH
Audio
#Dayjest

Dushanba – viloyat hokimligida hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganiladigan va muhokama qilinadigan kun. Shuningdek, bugungi kun “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish masalalariga bagʻishlangan. Demak, joylardan olingan xabarlarda mana shu mavzular tafsilotlari bilan tanishing.

🔘Oila va xotin-qizlar boshqarmasi. Piskent tumani “Birlik” MFY hududidagi 2 ming ish oʻrniga ega “MARK FORMELLE” masʼuliyati cheklangan jamiyati tekstil korxonasida mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtdi.

🔘Yoshlar ishlari agentligi viloyat boʻlimi. Oʻtgan 9 oyda 3000 dan ortiq yoshlarning toʻlov kontrakt pullari “Yoshlar jamgʻarmasi” tomonidan toʻlab berildi.

🔘Ohangaron shahri. “Baxt” mahallasida istiqomat qiluvchi Anvarbek Mutalov “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari ko'magida novvoylik faoliyatini boshladi va 2 nafar tengqurlarini ish bilan taʼminladi.

🔘Olmaliq shahri. 20 yoshli Begzod Mutalov yoshlar yetakchisi tavsiyasi bilan 300 million soʻm imtiyozli kredit olib, oʻquv markazi faoliyatini yoʻlga qoʻydi.

🔘Bekobod tumani. Hokim oʻrinbosari D.Mirzakulov jismoniy hamda yuridik shaxslar murojaatlari bilan olib borilayotgan ishlarni tanqidiy oʻrgandi.

🔘Qibray tumani. Tuman hokimi tijorat bank rahbarlarining kechiktirilayotgan kreditlarni undirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlari qoniqarsiz ekanini tanqid qilib, mazkur muammolarni tizimli hal etish boʻyicha koʻrsatma berdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Hudud hokimi birinchi oʻrinbosari A.Tastanbekov rahbarligida hokimlik apparatining navbatdagi yigʻilishida amalga oshirilayotgan islohotlarning tumandagi ijrosi tahlil etildi.

🔘Oqqorgʻoʻn tumani. Barcha mahalla yoshlar yetakchilari tomonidan yoshlarning muammolarini aniqlash, takliflarini oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RSIH
Audio
#Dayjest

Hafta davomidagi muhim xabarlar

Yakuniga yetgan hafta turli yangilik va voqealarga boy boʻldi. Bugungi xabarlarimiz orqali ularning eng muhimlariga qisqacha toʻxtalib oʻtamiz.

🔘Viloyat prokuraturasi. Viloyat prokurori Shavkatjon Raximov boshchiligida Olmaliq shahrida joylashgan 80-sonli kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati hududida 200 tup pavloniya, kashtan va boshqa turdagi manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.

🔘Xalq taʼlimi boshqarmasi. Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan 800 dan ortiq taʼlim maskanlarida olimlar, taniqli yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar ishtirokida bayram tadbirlari boʻlib oʻtdi.

🔘Olmaliq shahri. 4 ta sektor rahbarlari ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv tkazilib, ularning huquqiy muammolari joyida hal etildi.

🔘Chirchiq shahri. 439 mln. 696 ming so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilib, 179 nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlandi.

🔘Bekobod shahri. 180 nafar ishsiz fuqaroga kredit asosida asbob-uskunalar olib berildi.

🔘Oqqorg'o'n tumani. “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlarida tumanda 446 ming. 450 ta tup manzarali va mevali ko‘chatlar o‘tkaziladi.Bugun ushbu umummilliy loyihasida tuman irigatsiya bo‘limi xodimlari tomonidan 350 tup tut va tok ko‘chatlari o‘tkazildi.

🔘Qibray tumani. Guliston-Oʻnqoʻrgʻon-Chinobod yoʻnalishining 6-12-kilometrlarida 4K699 umumfoydalanuvdagi markaziy koʻchani taʼmirlash, aholiga qulaylik yaratish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.

🔘Zangiota tumani. Zoyir Mirzayev “Nazarbek” qoʻrgʻonidagi koʻprik qurilishi yuzasidan muhokama oʻtkazdi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RSIH
#Dayjest

Dushanba – hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganilib, muhokama qilinadigan, "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari" bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kun sifatida belgilangan. Qisqa xabarlarda olib borilayotgan ishlarga nazar tashlaymiz.

🔘Yoshlar ishlari agentligi. Toshkent viloyati Yoshlar ishlari agentligi rahbari Miraziz Mirsultonovning maʼlum qilishicha, viloyat agentligi yoshlarni zamonaviy kasblarga yoʻnaltiradigan yangi loyihani ishga tushirmoqda.

🔘Ohangaron shahri. Ayollar daftari”da turuvchi 50 nafar xotin-qizlar Buxoro shahriga sayohatga yuborildi.

🔘Oqqorgʻon tumani. 29 mahalladagi ayollar faollariga soʻngi rusumdagi planshetlar topshirildi.

🔘Olmaliq shahri. Shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligida navbatdagi “hokimlik soati” yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

🔘Boʻka tumani. Tuman hokimligida “Yashil makon” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi bajarilishi lozim boʻlgan masalalar muhokama qilindi.

🔘Yangiyoʻl shahri. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga tadbirkorlik koʻnikmalarini shakillantirish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil qilindi.

🔘Qibray tumani. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oʻgʻil-qizlarningning 651 nafariga “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amaliy yordam berildi.

🔘Bekobod tumani. “Farhod”, “Beshyuz” va “Saryuz” mahallalarida istiqomat qiluvchi “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar oʻrtasida huquqiy targʻibot tadbiri tashkil etildi.

🔘Piskent tumani. Joriy yilning 3-choragida Piskent tumani hokimligi Vasiylik kengashi tomonidan “Yoshlar daftari”dagi 108 nafar yoshga kontrakt toʻlovlari hamda moddiy yordam va davolanish harajatlari uchun jami 346 mln 576 ming soʻm mablagʻ toʻlab berilgan.

🔘Zangiota tumani. Zangiota tumani Madaniyat saroyida “Yil ayoli” milliy tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.

🔘Chinoz tumani. Mahallalardagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga koʻrsatilgan yordamlarning haqqoniyligi oʻrganildi.

️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#Dayjest

Seshanba - Hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari bilan muloqot va yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish kuni

🔘Oqqoʻrgʻoʻn tumani. “Yoshlar daftari”ga roʻyxatga olingan oʻgʻil-qizlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollari subsidiya asosida olib berildi.

🔘Yangiyoʻl shahri. “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida gʻolib boʻlgan mahalla yoshlari shahar bosqichida ishtirok etadi.

🔘Yangiyoʻl tumani. 87 nafar doimiy daromadga ega boʻlmagan, ishsiz yoshlarga safarbarlik chaqiruv rezervi uchun 6 mln. 467 ming 600 soʻmdan, jami 569 mln. 148 ming 800 soʻm badal pullari toʻlab berildi.

🔘Boʻstonliq tumani. “Qoʻshqoʻrgʻon” mahallasi hokimi yordamchisi oʻtgan 9 oy mobaynida amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot berdi.

🔘Olmaliq shahri. 4-maktabda jurnalistika sohasi boʻyicha yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

🔘Chinoz tumani. Hokim yordamchilari tashabbusi bilan "Yovvosh" va "Ehtirom" mahallasidagi 4 nafar fuqaroga kredit asosida issiqxona qurib berildi.

🔘Boʻka tumani. Korxona-tashkilot rahbarlari 44 ta mahallada faoliyat yuritib kelayotgan yoshlar yetakchilari bilan uchrashdi.

🔘Angren shahri. Hududdagi ixtisoslashtirilgan 34-sonli maktab-internatida “Barmoqlarda olam tafti” nomli koʻrik-tanlov oʻtkazildi.

🔘Bekobod shahri. “Yoshlar daftari”ga roʻyxatga olingan
oʻgʻil-qizlarga amaliy yordam koʻrsatildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. “Guliston” mahalla fuqarolari yigʻinida jami 30 nafar fuqaroga subsidiya asosida asbob-uskunalar topshirildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RSIH
Audio
#Dayjest

Chorshanba - Investitsiya, eksport masalalarini oʻrganish va sanoat zonalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish kuni.

🔘
Olmaliq shahri. “Elegant garment textile” xorijiy korxonasi tomonidan suv tozalash inshootini qurilmoqda.

🔘Ohangaron tumani. Investitsiya va tashqi savdo yoʻnalishida joriy yilning 9 oyi davomida qilingan ishlar yuzasidan press-tur tashkil etildi.

🔘Piskent tumani. Xitoylik investorlar tomonidan temir chiqindilaridan temir oksidli pigment ishlab chiqaruvchi “MGA STAR GOLD” MCHJ uchun 23,2 mlrd. soʻm investitsiya kiritildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. “Yevro Global Invest” korxonasi yirik yigʻma temir-beton panellari tayyorlashga ixtisoslashgan. Mazkur qurilish materiallari ishlatilgan uylar tannarxi boshqalarga nisbatan 30 foiz arzon boʻladi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Toshkent viloyati hokimining oʻrinbosari Shukrulla Mahmudov boshchiligida shahardagi “BIOKIMYO” va “YANGISIFAT” kichik sanoat zonalari faoliyati oʻrganildi.

🔘Chirchiq shahri. Shahar hokimligi mutasaddilari ishtirokida holiga koʻp tarmoqli tibbiyot xizmatlarini koʻrsatishga ixtisoslashgan “Global Healthcare” MCHJdagi haqiqiy holat oʻrganildi.

🔘Yangiyoʻl tumani. “Said ota” mahallasi hududida “PROMEAT AGRO” MCHJ “Chorvachilik faoliyatini rivojlantirish boʻyicha 2-bosqich kengaytirish” loyihasi amalga oshirildi.

🔘Parkent tumani. Tibbiyot qoʻlqoplarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “MED GLOVES” MCHJ yaqinda oʻz faoliyatini boshlaydi.

🔘Oqqorgʻoʻn tumani. Kichik sanoatzonasida faoliyat koʻrsatayotgan “LEGUMES” QK MCHJ joriy mavsumda 5000 tonna mosh mahsuloti eksport qilishni rejalashtirgan.

🔘Bekobod tumani. Qoʻshma jaroxatlar davlat dasturi asosida Xitoy davlatidan 11 mlrd soʻmdan oshiq mablag' evaziga 33 turdagi tbbiy apparatlar tuman tibbiyot birlashmasiga keltirildi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. “TCT sluster” koʻp tarmoqli klasteri tomonidan bunyod etilayotgan zamonaviy toʻqimachilik fabrikasida press-tur tashkil etildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RSIH
Audio
#Dayjest

Viloyatimizda qulay ishbilarmonlik muhiti, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar yangi loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilmoqda. Jarayonga esa sektor rahbarlari va biriktirilgan masʼullar salmoqli hissa qoʻshishmoqda. Qisqa xabarlarimizda shu mavzu atrofida soʻz yuritamiz.

🔘
Viloyat prokuraturasi. Qibray tumani prokurori “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida rekonstruksiya qilinayotgan 12-maktabgacha taʼlim tashkiloti, 40-umumtaʼlim maktabida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

🔘Davlat soliq boshqarmasi. Oqqoʻrgʻon tumanida viloyat davlat soliq boshqarmasi boshligʻi Ravshan Raimov ishtirokida fuqarolar bilan sayyor uchrashuv tashkil etildi.

🔘Yangiyoʻl tumani. “Obod” mahallasidagi “AVTO YUK SHINOMONTAJ” MCHJning 3 gektar maydondagi issiqxonasida yetishtirilayotgan mahsulotlar Rossiyaga eksport qilinmoqda.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. “Fayzobod” mahalla fuqarolar yigʻinidagi 2-sektor binosida tuman hokimi Ixtiyor Qosimovning fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzidagi qabuli boʻlib oʻtdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tuman hokimi Uskenboy Atemov 25 hamda 32-umumtaʼlim maktablarining foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan yangi binolaridagi shart-sharoitlarni oʻrgandi.

🔘Zangiota tumani. Tuman hokimi va sektor rahbarlari birgalikda tumandagi ixtisoslashgan maktab binosining mukammal taʼmirlanishini koʻzdan kechirishdi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Shahardagi “Bahor” va “Nov” mahallalari “Obod mahalla” davlat dasturiga kiritilgan boʻlib, hozirda dastur doirasida keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.

🔘Piskent tumani. Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi tomonidan ishbilarmonlar uchun uchrashuv tashkil etildi. Ta’kidlanganidek, soliq imtiyozlari qo‘llangach, tumanda tadbirkorlar soni 1800 nafarga yetadi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#Dayjest

Dushanba - viloyat hokimligi, hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganiladi va
muhokama qilinadi. Shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kuni.

🔘
Bekobod tumani. Bolalar masalalari boʻyicha Bekobod tumani komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

🔘Olmaliq shahri. Hokimlikda 2022-yilning oxirgi choragiga moʻljallangan ish rejalari yuzasidan shahar hokimi oʻrinbosarlarining hisobotlari tinglandi.

🔘Ohangaron shahri.Yashil makon” loyihasi, tomorqa xoʻjaliklarini rivojlantirish va kommunal sohalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati muhokama qilindi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. 45-sonli STEM maktabida nazorat qiluvchi idoralar hamkorligida “Davomat” va “Tigʻ” nomli reyd tadbirlari boʻlib oʻtdi.

🔘Chinoz tumani.Sutbuloq” mahallasida yashovchi Mahfuza AbishovaAyollar daftari” bergan imkoniyat bilan tadbirkorga aylandi.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani.Ayollar daftari”dagi 30 nafar xotin-qiz Jahon banki hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi seminarida tadbirkorlikdan ilk saboqlar olishdi.

🔘Yangiyoʻl shahri.Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, davlat xizmatchilarining odob-axloqi, jamoatchilik bilan munosabatlariga doir masalalar muhokama qilindi.

🔘Yangiyoʻl tumani.Chamanzor”lik “Ayollar daftari”da turuvchi Gulruxsor Aliyevaga issiqxonada qulupnay yetishtirish uchun 33 mln soʻm imtiyozli kredit ajratildi.

🔘Piskent tumani. Hokim oʻrinbosari Sarvar Xamdamov boshchiligida yoshlar uyma-uy xatlovdan oʻtkazilmoqda. Maqsad - 29 ta mahalladagi 30 yoshgacha boʻlgan 22 mingdan ortiq yoshlarni qamrab olishdir.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RSIH
Audio
#dayjest

Shanba — Qishloq xoʻjaligi sohasi va fermerlar kuni, shuningdek, “Yashil makon” tadbirlari bilan izchil shugʻullaniladigan sana. Bugungi qisqa xabarlarimiz mana shu mavzu tevaragidadir.

🔘
Favqulodda vaziyatlar vazirligi. Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi koʻchat ekish aksiyasida 10 000dan ziyod nihol oʻtqazishni maqsad qilgan. Hozirgacha 7500 dan ortigʻi ekildi.

🔘Xalq taʼlimi boshqarmasi. Bekobod tumani XTB tasarrufidagi umumtaʼlim maktablarda “yashil makon” doirasida 17500 dona mevali, manzarali koʻchat va qalamchalar ekish maqsadida qizgʻin ish olib borilmoqda.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. Yosh sportchilar “Tabiat uchun birlashaylik” shiori ostida 4000 tupdan ortiq daraxt koʻchatlari ekmoqda.

🔘Bekobod shahri. Bugun kasb-hunar maktabida 70 tup archa, 10 tup mevali va 100 tup terak qalamchalari ekildi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Ixtiyor Kasimov va sektor rahbarlari “Rovatak” hududidagi “Nurli kelajak” xoʻjaligida 2 570 tup pavloniya koʻchatlari oʻtqazishni boshlab berishdi.

🔘Bekobod tumani. Farxod mahallasi hududida mutasaddi rahbarlar ishtirokida hashar oʻtkazildi va 90 tup mevali va 60 tup manzarali koʻchatlar ekildi.

🔘Qibray tumani. “Yashil makon” tadbirlarida IIB, FV boʻlimi, korxona-tashkilot xodimlari ishtirokida 25 gektardan ortiq qarovsiz maydonlar obodonlashtirilib, 80 mingdan ortiq daraxt koʻchatlari ekildi.

🔘Chirchiq shahri. Viloyat prokurori Sh.Raximov tashabbusi bilan 2-sektor hududida “Yashil makon” barpo etildi.

🔘Yangiyoʻl shahri. “Oʻzmilliybank” viloyat boshqarmasi va hududiy filliallari hamda shahar hokimligi bilan hamkorlikda “Yangi obod” mahallasiga 1800 tup pavloniya koʻchati ekildi.

🔘Piskent tumani. Tuman hokimi “Yashil makon” doirasida ishsiz ayollarga uydan chiqmay 1 mln tup rayhon koʻchati yetishtirish taklifini berdi.

🔘Olmaliq shahri. 52 ta mahalladagi hokim yordamchilari tomonidan “Dolzarb 40 kunlik” doirasida jami 2500 tup daraxt koʻchati ekish rejalashtirilgan.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RSIH
Audio
#Dayjest

Dushanba - viloyat hokimligi, hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganiladi va
muhokama qilinadi. Shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kuni.

🔘Bekobod tumani. Hokimlikda ijro intizomi tahlil qilinib, jismoniy hamda yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash holati tanqidiy oʻrganildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan 16 nafar ishsiz va “Ayollar daftari”dagi xotin-qizlar tikuvchilikka oʻqitildi.

🔘Ohangaron shahri. Hokimlikda “Yashil makon”, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va hokim yordamchilarining faoliyati koʻrib chiqildi.

🔘Olmaliq shahri. Navbatdagi “hokimlik soati”da 4-chorak ish rejalari, kommunal toʻlovlar, jismoniy va yuridik shaxslarning kredit qarzdorligi, koʻchat ekish ishlarini borishi tanqidiy tahlil qilindi.

🔘Zangiota tumani. Ijtimoiy himoyaga muhtoj 8 nafar yoshga davolanishi uchun 115 million soʻm mablagʻ ajratildi.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. XTB tasarrufidagi maktablarning 9-10-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Yosh kitobxon” tanlovi oʻtkazildi.

🔘Yangiyoʻl tumani. Sektor rahbarlari Islohot mahallasining ichimlik suvi muammosini oʻrganib, 2 yarim km dan toza suv keltirishni rejalashtirdilar.

🔘Chinoz tumani. Xotin-qizlar faollari uchun oʻquv-seminarida “Ayollar daftari” asosida koʻrsatilgan yordam taxlil qilindi.

🔘Yangiyoʻl shahri. F.Mirzayev boshchiligida “hokimlik soati”da kuz-qishga tayyorgarlik va “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.

📹
DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#Dayjest

Viloyatimizda qulay ishbilarmonlik muhiti, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar yangi loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilmoqda. Jarayonga esa sektor rahbarlari va biriktirilgan masʼullar salmoqli hissa qoʻshishmoqda. Qisqa xabarlarimizda shu mavzu atrofida soʻz yuritamiz.

🔘Olmaliq shahri. Shahardagi qurilishi tugallanmagan nasos stansiyasi binosini “E-auksion” onlayn platformasiga joylashtirishda yuzaga kelayotgan muammolar boʻyicha shahar hokimligi tomonidan tuzilgan Ishchi guruh masʼullari tomonidan oʻrganish oʻtkazildi.

🔘Bekobod tumani. Tuman hokimligining tegishli mutasaddaliri hududdagi 51 mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari va tadbirkorlar bilan uchrashdi

🔘Zangiota tumani. Masʼullar tumanda faoliyat koʻrsatib kelayotgan “TAKRO-OSIYO” korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Toshkent viloyati 3-sektor rahbari, viloyat IIBB boshligʻi T. Aripov Yangiyoʻl shahrida boʻlib, “Farovon” va “Bahor” mahallalari aholisi bilan kommunal sohadagi muammolarini bartaraf etish yuzasidan uchrashuv oʻtkazdi.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. Tuman hokimi A.Karimjonov mahallalardagi hokim yordamchilari va tadbirkorlar, tijorat banklari rahbarlari bilan joriy vazifalar yuzasidan amaliy muloqot oʻtkazdi.

🔘Piskent tumani. Tuman hokimi R.Rixsiyev yoqilgʻi quyish va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari rahbarlari bilan korxonalar atrofini obodonlashtirish, manzarali va mevali daraxt hamda butalar oʻtqazish, koʻkalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish boʻyicha fikr almashdi.

🔘Yangiyoʻl tumani. Shoʻralisoy mahallasining hokim yordamchisi tomonidan 9 nafar fuqarolariga motokultivator, motoroller, issiqxona, sutni qayta ishlash va qadoqlash maxsus uskunasi imtiyozli kredit asosida yetkazib berildi.

🔘Parkent tumani. IIB boshlig'i 3 sektor raxbari A.A.Aliasqarov 3-sektor hududa joylashgan Kungay va Olmazor mahalla fuqarolari yig'ini hududida joylashgan ijtimoiy obyektlarini ko'zdan kechirdi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#Dayjest

Dushanba - viloyat hokimligi, hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganiladi va muhokama qilinadi. Shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kuni.

🔘
Ohangaron shahri. Shahar hokimligining navbatdagi yigʻilishida qishloq xoʻjalik mahsulotlari zahiralarini yaratish, “Yashil makon” davlat dasturi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi.

🔘Bekobod tumani. Bekobod tumani hokimligi masʼullari yangi haftani ijro intizomini tahlil qilish bilan boshladilar.

🔘Chinoz tumani.Kattatepalik” mahalla fuqarolar yigʻinida xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlash markazining ochilish marosimi oʻtkazildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tuman hokimi U.Atemov raisligida tumanda kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazish masalalari muhokama qilindi.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. Davlatimizning yoshlarga boʻlgan eʼtibor va gʻamxoʻrligi “Guliston” mahallasida istiqomat qiluvchi Sarvinoz Ashirova hamda Sevinch Abduvaliyeva misolida yana bir bor oʻz ifodasini topdi.

🔘Boʻstonliq tumani. Tuman hokimi hamda sektor rahbarlarining mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari bilan navbatdagi uchrashuvi tashkil etildi.

🔘Bo’ka tumani. Tuman hokimi Nizomiddin Abbosov boshchiligida ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash ahvoli muhokama qilindi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Shahar hokimi boshchiligida boʻlib oʻtgan navbatdagi “hokimlik soati”da kommunal qarzdorliklarni undirish, “Yashil makon” dasturi, tashkilotlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, shuningdek, qurilish, bunyodkorlik ishlarining borishi tahlil qilindi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#Dayjest

Dushanba — viloyat hokimligida hamda hududlarda korxona va tashkilotlarda ijro intizomining ahvolini oʻrganish va muhokama qilish kuni.Shuningdek mazkur sanada “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlab, muammolar oʻrganiladi va amaliy yordam koʻrsatiladi.

🔘Toshkent tumani. “Gultepa” mahallasida oʻzini oʻzi band qilgan 1-guruh nogironi Gulchehra Qirgʻizboyevaga hokimlik tomonidan zamonaviy noutbuk va rangli printer sovgʻa qildi.

🔘Bekobod tumani. Bekobod tumani hokimligi mutasaddilari yangi haftaning ilk ish kunini ijro intizomini tahlil qilish bilan boshlashdi.

🔘Chirchiq shahri. Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”da roʻyhatda turuvchi 18 nafar fuqaroga imtiyozli subsidiyalar ajratildi.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. Tuman yoshlari va ularning ota-onalari ishtirokida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

🔘Angren shahri. “Navroʻz” mahallasi hokim yordamchisi Ozoda Hikmatova faoliyati samaradorligining “sir”i nimada?

🔘Yangiyoʻl tumani. Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun auksionda yer yutib olgan fuqarolarga tegishli maydonlar oʻlchab berilmoqda.

🔘Chinoz tumani. “Eshonobod” mahalla madaniyat saroyida qizlarni oilaga tayyorlashda nuroniy onaxonlar, fidoiy, jonkuyar xotin-qizlar tajribalarini ommalashtirish maqsadida maʼrifiy tadbirlar oʻtkazildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#Dayjest

Viloyatimizda qulay ishbilarmonlik muhiti, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar yangi loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilmoqda. Jarayonga esa sektor rahbarlari va biriktirilgan masʼullar salmoqli hissa qoʻshishmoqda. Qisqa xabarlarimizda shu mavzu atrofida soʻz yuritamiz.

🔘Olmaliq shahri. Hokimlik masʼullaridan iborat Ishchi guruh shahardagi boʻsh turgan bino va inshootlardan samarali foydalanish orqali yangi investitsiya loyihalarini joylashtirish maqsadida “Kamalak” mahallasidagi obyektlarni oʻrgandi.

🔘Boʻstonliq tumani. Yangi yil bayrami munosabati bilan 2-sektor hududida istiqomat qiluvchi “Temir daftar” roʻyxatiga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan 86 ta oila holidan xabar olindi.

🔘Angren shahri. Shahardagi 43-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida ichki ishlar idoralarida fidokorona xizmat qilgan marhum hodimlar xotirasiga bagʻishlab “Xotira burchagi” tashkil qilindi.

🔘Ohangaron tumani. 2-sektor rahbari, tuman prokurori tashabbusi bilan Yangi yil bayrami arafasida “Temir daftar”da turuvchi 5 ta oilaga sogʻin sigir va mayda shoxli qoramollar tuhfa qilindi.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. Tuman hokimi va sektor rahbarlari boquvchisidan mahrum boʻlgan 46 nafar bolaga Yangi yil bayrami munosabati bilan Prezident sovgʻalarini topshirishdi.

🔘Bekobod tumani. Madaniyat boʻlimi tadbirlar zalida Yangi yil bayrami munosabati bilan tumandagi boquvchisini yoʻqotgan, vasiylik va homiylikka olingan bolalar uchun bayram tadbiri oʻtkazildi.

🔘Ohangaron shahri. Shahar davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi, 4-sektor rahbari tomonidan tizimda amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilindi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#dayjest

Shanba - Qishloq xoʻjaligi sohasi va fermerlar kuni, “Yashil makon” tadbirlari bilan izchil shugʻullaniladigan kun. Dayjestimizda shu mavzu atrofida soʻz yuritiladi.

🔘
Davlat soliq boshqarmasi. Arzonlashtirilgan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari savdosi davom etmoqda va oʻz navbatida, kunlik nazorat ham olib borilmoqda.

🔘Olmaliq shahri. Shahardagi umumtaʼlim maktablari tomorqalarida hashar yoʻli bilan obodonlashtirish ishlari olib borildi. Ariqlar chiqindilardan tozalanib, atrof sarishta holatga keltirildi.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. Tumanda qishloq xoʻjaligi tarmoqlarida amalga oshirilayotgan mavsumiy tadbirlar “Oʻzbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” dasturida namoyish etildi.

🔘Piskent tumani. Bozor va savdo rastalarida narx-navoning barqarorligini taʼminlash maqsadida tuman hokimligi, hududiy departament xodimlari nazorat olib borishdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Chorva mollarini gidroponika usulida oziqlantirish yoʻlga qoʻyilishi natijasida mayda shoxli qoramollarning tirik vazni 18-20 foizga hamda sut mahsuldorligi 5-20 foizga oshmoqda.

🔘Angren shahri. Shahar dehqon bozori hududida arzonlashtirilgan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkalari uchun yangi loyihalar ishlab chiqildi.

🔘Boʻstonliq tumani. Sektor rahbarlari hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tuman boʻlimi tashabbusi bilan “Bunyodkor”, “Tolebi”, “Obod” mahallalari aholisi uchun arzonlashtirilgan narxlarda yarmarka tashkil qilindi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. Tumandagi “TCT Klaster” klasterida 2022-yil mavsumi yakunlariga bagʻishlangan hosil bayramida yuqori hosildorlikka erishgan hudud rahbarlari taqdirlanib, bosh mukofot — “Kobalt” avtomobili Hamza hududi rahbari Jumadulla Oʻrazbayevga nasib etdi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#Dayjest

Dushanba — viloyat hokimligida hamda hududlarda korxona va tashkilotlarda ijro intizomining ahvolini oʻrganish va muhokama qilish kuni.Shuningdek mazkur sanada “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlab, muammolar oʻrganiladi va amaliy yordam koʻrsatiladi.

🔘
Olmaliq shahri. “Mustaqillikning 27 yilligi” koʻchasida hokim yordamchisi Bunyod Xayitovning tavsiyasi bilan 33 million soʻm kredit olgan yosh tadbirkor Shahzod Iltanov hududda sport zali ochishga muvaffaq boʻldi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar” roʻyxatida turuvchi 181 nafar fuqaroga subsidiya asosida 1 095,1 mln soʻmlik ish anjomlari topshirildi.

🔘Parkent tumani. Tuman hokimi olis Zarkent va Soʻqoq qishloqlarining “Davlatobod”, “Chashma” hamda “Hurriyat” mahallalaridagi hokim yordamchilari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. “Ayollar daftari”ning hozirda olib borilayotgan xatlov jarayonlarini tizimli tashkil etish yuzasidan mutasaddilar ishtirokida muloqot oʻtkazildi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Shahar hokimligida viloyat hokimi oʻrinbosari Z.Mirgaziyeva ishtirokida “Ayollar daftari”ning 4-bosqichini shakllantirish, kelajakdagi rejalar, mavjud muammolarni bartaraf etishga bagʻishlangan tanqidiy va tahliliy yigʻilish boʻlib oʻtdi.

🔘Chinoz tumani. “Ayollar daftari” bilan ishlashda mutasaddilar oldida turgan galdagi vazifalar ijrosini samarali taʼminlash maqsadida seminar tashkil etildi.

🔘Bekobod tumani. Tuman hokimligi mutasaddilari yangi haftaning ilk ish kunini hududda ijro intizomining ahvolini tahlil qilishdan boshlashdi.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. “Zarbdor” mahallasi yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan ijtimoiy koʻmakka muxtoj Babarahimovlar xonadonida hashar tashkil etildi.

🔘Piskent tumani. “Ayollar daftari”ning toʻrtinchi bosqichi uchun xatlov jarayonlarida mahalla fuqarolar yigʻini masʼul xodimlari alohida faollik koʻrsatishmoqda

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH