Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.59K subscribers
24.8K photos
1.58K videos
43 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#diqqat_bildirish

Bugun Yoshlar va madaniyat markazi faollar zalida “Keksalar haftaligi” munosabati bilan konsert dasturi tashkil etilmoqda.

Konsertda Ovropayu Osiyoni Oqqo‘rg‘oncha milliy folklori bilan lol qoldirgan “To‘rg‘ay” jamoasi chiqishlari Sizga manzur bo‘lishi aniq.

Aytgancha, konsert mutloqo bepul, tekin!..

Konsert bugun soat 14:00 boshlanadi. Barcha tumandoshlarimizni kutib qolamiz.
#statistika

Toshkent viloyatidan joriy yilning 8 oyida 15,7 ming tonna mosh eksport qilindi. Bu raqam nimadan dalolat beradi?

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston 23 ta davlatga qiymati 45 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 59 ming tonna mosh eksport qilgan.

Mosh eksporti hajmi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 20,1 ming tonnaga koʻpaygan.

2022-yilning 8 oyida xorijga eng koʻp mosh eksport qilgan hududlar:

Toshkent viloyati 15,7 ming tonna
— Jizzax viloyati – 15 ming tonna
— Namangan viloyati – 8,2 ming tonna

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Kecha ijtimoiy tarmoqda tarqalgan “Oqqoʻrgʻon tumanida maktab oʻquvchilariga piyodalar yoʻlagi” tashkil etish yuzasidan rasmiy munosabat.

Bugungi kunda Oqqoʻrgʻon tumanida 49 ta umumiy oʻrta taʼlim maktabi faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Aytish joizki, islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bundan taʼlim tizimi ham mustasno emas. Maktablar qayta qurilmoqda, atrofi obodonlashtirib zamon talabiga darajasiga keltirilmoqda.
Taʼkidlash joizki, tumanimizdagi maktablarning 16tasi katta yoʻl yoqasida joylashgan. Ushbu taʼlim muassasalarining 3-, 4-, 9-, 11-, 18-, 31- va 38-umumiy oʻrta maktablari atrofida piyodalar yoʻlaklari mavjud. Yuqorida taʼkidlaganimizdek, ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Xususan, piyodalar yoʻlagi joriy yilda 3- va 18-maktab hududida bo‘lgan, kelgusi yil qamrov yanada kengayib, yana 6ta maktab atrofi zamon talabi darajasida bo‘ladi.
Shuningdek, 2021 yilda 6 km, 2022 yilda 6.5 km velo va piyodalar yo‘lagi qurilgan. Bu jarayon izchil davom etyapti.
#Jarayon

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani “Boyg‘uli” MFY hududidagi 17-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida 15-oktiyabr "Xalqaro qishloq ayoli " kuni munosabati bilan "Ayol aziz" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Davra suhbatida "Boyg‘uli" MFY xotin-qizlar faoli O.Toshboyeva, maktab madaniy ma'rifiy ishlar boyicha G.Rasulova Oqila ayollar, "Ibratli oila" ko‘rik-tanlovi goliblari, IIB xodimi mayyor D.S.Fayzullayeva va 9-11-sinf o‘quvchi qizlari ishtirok etishdi. Ibratli oila vakillari o'quvchi qizlar uchun qishloq ayollarning qadri, erishgan yutuqlari, bosib o'tgan yo'llari haqida o'tirganlarga so'zlab berishdi.
#hashar
#Qishloq_ayoli

Hashar xalqimizga xos an’ana. Ayniqsa, qishloqda hashar jozibasi o‘zgacha.

Bugun, "Sultonobod" MFY J.Manguberdi koʻchasi 14-uyda yashovchi Akmal Abubakirov va Nargiza Axralova xonadonida Qishloq ayollari" kuniga bagʻishlab hashar uyushtirildi. Hashar bahona ushbu xonadonlar obod ko‘rinish kasb etib, oilaning ancha mushkuli oson bo‘ldi.