Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
3.23K subscribers
30K photos
1.88K videos
51 files
3.86K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#keksalar_haftaligi

Keksalar doimiy hurmat, izzatda. Barcha nuroniylar duosini olishga intiladi. Ayni kunlarda bu yana yorqin namoyon boʻlmoqda.

Bugun “Jagʻalboyli” MFYda  yosh tadbirkor “Osiyo un” MCHJ rahbari Olim Neʼmatov “Keksalar haftaligi” munosabati bilan mahalla nuroniylariga bayram dasturxoni yozib, ular duosini oldi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Madaniyat
#Ta'lim

Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlab, Nurafshonda tashkil etilgan tantanali marosimda yosh xonanda Sherali Joʻrayev ijrosidagi qoʻshiq koʻpchilikka manzur boʻlgan edi.

Bugun oʻsha ijroning toʻliq variantini sizga havola etamiz. Dam olish kuningiz maroqli oʻtsin.

Maʼlumot oʻrnida, kuni kecha Zoyir Mirzayev Xalq taʼlimi sohasi mutasaddilari bilan uchrashdi va yangi konsensiya ilgari surildi. Taʼlim sohasiga doir muammo va masalalar kun tartibidagi eng muhim mavzu, deb eʼlon qilindi.

Viloyatimizda taʼlimga eʼtibor, fidoyi oʻqituvchilar mehnatini qadrlash, taʼlim sifatini koʻtarish ustivor masala boʻlib turibdi.

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ayni_dam
#o‘rganish

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabar asosida tuman hokimi Alisher Karimdjanov shaxsan o‘zi nazoratiga oldi.

Oqqarg‘on tumani “Navbahor” MFYda yashovshi ushbu B. Yakulov oilasi ekani aniqlanib, ular zudlik bilan “Sultonobod” MFYdagi ko‘p qavatli uydan 2 xonali xonadonga joylashtirildi. Oilaga moddiy-manaviy ko‘mak ko‘rsatildi. Oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlandi.

Oilani sog‘lom turmush tarziga o‘tgunicha nazorat va moddiy-manaviy ko‘mak berish yuzasidan mutasaddilarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Oila boshlig‘i, yani erkagini doimiy ish bilan ta’minlash, doimiy uy-joy qilishiga yordamlash yuzasidan mutasaddilarga alohida, uqtirib topshiriq berdi.

Shuningdek, tuman hokimi, mazkur oilaning ota-onasi shart-sharoitlarini o‘rgandi. Oilaning keksa onasi sog‘lig‘ini tiklash uchun ham moddiy yordam ajratilashini ta’kidladi.
#kun_tafsiloti

Bugun tuman hokimi “Madaniyat” MFY hududidagi “Durdona” fermer xo‘jaligi paxta dalasida bo‘lib, terim jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Terimchilarga yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.

Fermer xo‘jaligi rahbari va qishloq xo‘jaligi mutaxassislariga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Eʼtibor ⚡️Taʼlim

Yaqinda Nurafshonda oʻtgan «Oʻqituvchi va murabbiylar kuni» bayram dasturining finalida mana shunday taʼsirli sahna, kutilmagan voqea boʻlgan edi.

Dam olish kuningiz maroqli oʻtsin.

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tafsiloti

Bugun tuman hokimi A.Karimdjanov “Xalqobod” MFYda yashovchi ijtimoiy ko‘makka muhtoj, “Ayollar daftari”da turuvchi Aliya opa uchun qurilayotgan uy bilan tanishib, quruvchilarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.